“Oliy matematika” fanidan onlayn olimpiada oʻtkazildi.

20.01.2022

19-yanvar kuni Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi IBT va “Oliy matematika” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazish maqsadida @TKTI_Official kanalida “Oliy matematika” fanidan onlayn olimpiada oʻtkazildi.

 

  


Onlayn olimpiada 2-bosqichda:
1-bosqich Test
2-bosqich Masala boʻlib oʻtdi.
Onlayn olimpiadaning
1-bosqich Test uchun 1soat
2-bosqich Masala uchun 2 soat vaqt berildi.
Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun 121 nafar talabalar roʻyxatdan oʻtdi. Onlayn olimpiada savollari @TKTI_Official kanalida PDF variantda eʼlon qilindi va javoblar maxsus @Tktiolimpiada2021bot ga yuborildi. Onlayn olimpiada ishtirokchilari tomonidan yuborilgan javoblarni “Oliy matematika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tekshirildi.

“Oliy matematika” fanidan oʻtkazilgan onlayn olimpiada natijalariga koʻra:
1-oʻrin Norov Xurshid Oʻktam oʻgʻli 30-18 guruh talabasi
2-oʻrin Oralbaeva Sarbinaz Kuralbay qizi 4-20 guruh talabasi;
2-oʻrin Poʻlatov Tohirjon Husniddin oʻgʻli 18-19 guruh talabasi
3-oʻrin Javliyeva Dilnura Toshpoʻlat qizi B21-02 u TM6-guruh talabasi
3-oʻrin Nuriddinov Dilshod Zoyir oʻgʻli 3-19 guruh talabasi gʻolib boʻlishdi.