Ulyanovsk davlat texnika universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

20.01.2022

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetiga Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk davlat texnika universiteti Xalqaro institut direktori P.B.Pazushkin boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi va NMKTF dekani Yo.Safarov, XAB boshligʻi Z.Babaxanova, Kafedra mudiri G.Hakimova, prof. Sh.Nurullayev, H.Nurmuxamedov, A.Juraev ishtirokida uchrashuv bo'lib  o'tdi.

  

 

Uchrashuvda Oʻzaro hamkorlik sohalari kelishildi:

✅ mashina-apparatlar,
✅materialshunoslik (polimer va kompozitsion materiallar),
✅ issiqlik energetikasi,
✅ sanoat interneti va sunʼiy intellekt sohalarida
✅ilmiy va oʻquv ishlarda hamkorlik qilish,
✅ oʻqituvchi, talaba va doktorantlar uchun akademik almashinuv,
✅yozgi maktab va yozgi amaliyotlar tashkil etish.

 

 

⚡️Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 4-oktyabr kuni TKTI va UlDTU oʻrtasida Hamkorlik shartnoma imzolangan.

Eslatma!!!