Is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi

24.11.2022

Ob-havoning keskin sovishi munosabati bilan aholining isitish vositlariga bo‘lgan ehtiyoji sezilarli darajada ortadi. Bunday hollarda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik turli ko`rinishdagi ko‘ngilsiz hodisalarga olib keladi. Ayni maqsadda, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi hamda Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda Is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida mutasaddilar so‘zga chiqib, yurtimizda kuz-qish mavsumi davomida sodir bo‘lgan is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida va ularning oldini olish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tishdi.