Hindistonning Lucknow shahrida “INDO-UZBEK MEET & International Conference on Trends & Innovations in Food Technology From Farm to Fork” xalqaro konferensiya o’tkazildi

24.11.2022

Hindistonning Lucknow shahridagi Integral Universitetida 24-25 Noyabr kunlariga mo‘ljallangan, “TRENDS & INNOVATIONS IN FOOD TECHNOLOGY FROM FARM TO FORK” TIFT-2022 nomli INDO-UZBEK  Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Hindistonning Integral universiteti bilan birgalikdagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib otmoqda. Ushbu konferensiyada Toshkent kimyo texnologiya institutining “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” hamda “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti” ning 53 nafar professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlari o‘z ilmiy maqolalari bilan  ishtirok etmoqdalar. Ma’lumot uchun, Toshkent kimyo-texnologiya institutidan 3 nafar ishtirokchilar: Biotexnologiya kafedrasi professori, b.f.d., prof. N.A.Xo’jamshukurov, Oziq-ovqat mahsulotlari kafedrasi doktoranti A.Z.Fayzullayev va I.D.Ataxodjayevalar konferensiyada bevosita o’zlarining oziq-ovqat sohasiga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjuman davomida Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar olimlari O‘zbekistonda oziq-ovqat sohasida jadal olib borilayotgan davlat islohotlari, bu borada ilmiy-akademik institutlar tomonidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlari, oziq-ovqat va farmatsevtika, ta'lim, ilmiy va innovatsion yo'nalishlarda yuzasida fikrlar yuritildi. Shuningdek, ushbu anjuman davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti nafaqat ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, balki Integral universiteti va boshqa manfaatdor xorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda o‘zaro akademik almashinuvlar, qo‘shma akademik institutlar va ta’lim yo‘nalishlari, shuningdek, qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha ham samarali kelishuvlar amalga oshirish rejalashtirildi.