O'quv ishlari bo`yicha prorektor

Safarov Toyir Tursunovich

texnika fanlari nomzodi, dotsent (1999y.),

Boshlang‘ich ma’lumotlar:

Tel:   998 (71) 244-79-18

Faks: 998(71) 244-79-17

E-mail: prorektor@tkti.uz

Qabul vaqti: Dushanba 15:00-18:00

          Payshanba 15:00-18:00

 

Qisqacha ma’lumot:

T.Safarov 1968 yil 26 iyun kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

1990 yilda Toshkent  Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini tamomlagan.

Bugungi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqola, 10 ga yaqin uslubiy ko‘rsatmalar, bakalavriatura va magistratura yo‘nalishilari uchun 4 ta fandan elektron o‘quv-uslubiy majmualar  mavjud. 10 ta magistrlik dissertatsiya, 50 dan ortiq bakalavr bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qildi.

 

Ilmiy va pedogogik mehnat faoliyati:

1990-1992 yy. - Toshkent politexnika instituti stajyor-tadqiqotchi 

1992-1999 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti  aspiranti, kichik ilmiy xodimi 

1999-1999 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti iqtisod va tadbirkorlik bo‘yicha prorektor yordamchisi

1999-2000 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Moddiy texnik ta’minot bo‘limi muhandisi

2000-2001 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti organik moddalar kimyosi fakulteti dekan muovini, Polimerlar ilmiy tadqiqot laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi

2001-2005 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti  bosmaxonasi boshlig‘i

2005-2007 yy  - Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat ekologiya” kafedrasi dotsenti

2007-2011 yy. - Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i

2011-2014 yy.  - Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi dotsenti

2014-2017 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari-mexanika asoslari” kafedrasi mudiri

2017 yil 11 sentyabrdan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘quv ishlari prorektori.

 

Ilmiy yo‘nalishlari:

-Atsetilen saqlovchi chiqindilar, nitro-va atsetatsselyulozalar asosida lakbo‘yoq ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;

Pedagogik faoliyati (qaysi kursdan ma’ruza o’qiydi)

Materialshunoslik va KMT

Lavozim vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, o‘quv jarayoniga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • O‘quv jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Tegishli bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O‘quv-amaliy konferensiyalarni tashkil etish,  TKTI o‘quv-uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O‘quv-uslubiy ishlarga oid adabiyotlarni  TKTI professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda  institutning barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;