Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor

Adilov Ravshan Irkinovich

Adilov

Ilmiy darajasi: Техника фанлари номзоди
Ilmiy unvoni: dotsent
Lavozimi: Ilmiy ishlar prorektori
Ixtisosligi: Injener-kimyo texnologi
Tamomlagan yili: TKTI ni 1991 yil
TKTI ishlashi: 1991 yildan
Ilmiy ishlari:  35
Mualliflik guvohnomasi: 1

Lavozim vazifalari:

  • Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarni va innovatsion faoliyatni amalga oshirishni tashkillashtiradi va boshqaradi;
  • Institutda ilmiy innovatsion faoliyatga doir ichki normativ- tashkiliy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiradi;
  • Institutning ilmiy-texnik sovetini tashkil qiladi va fakultet va institutning ilmiy tadqiqot ishlarini operativ boshqarishni tashkillashtiradi, ustuvor yo’nalishlarni aniqlaydi va kerakli  topshiriqlarni o’z vaqtida qo’yadi va nazorat qiladi;
  • Institut olimlarini ilmiy-texnik dasturlarda, grantlar tanlovida, stajirovka, ko’rgazma, konferentsiyalar va hokozalarda qatnashishini tashkillashtiradi;
  • Institutning ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkillashtiradi, tizilmasidagi ilmiy ishlanmalarni amalda tatbiq qilish ishlarni boshqaradi;
  • Institutning innovatsion potentsialini samarali foydalanishni ta’minlaydi va investion ilmiy ishlarni qo’llashni tashkillashtiradi;
  • Institutning ilmiy-innovatsion jarayonlari uchun moddiy-texnika bilan ta’minlash bo’yicha qarorlar qabul qiladi;
  • Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda ularni tanlov va olimpiadalarda qatnashishini tashkillashtiradi;
  • Institutning ilmiy va innovatsion salohiyatini amalga oshirish uchun reklama-tashviqot faoliyatlarini tashkillashtiradi;
  • Institutning Innovatsion markazini, stajer tadqiqotchi izlanuvchilar va katta ilmiy hodimlarning, shuningdek yosh olimlar kengashini operativ boshqarishni tashkillashtiradi.


 

Ilmiy yo’nalishlari:

  • Gidroksil guruxli ammoniy oligomerlari, furan oligomerlari
  • Ko’riksimon qattiq poliuretanlar, antipirenlar sintezi va ularni sinab ko’rish

Ilmiy hamkorligi:

  • D.I. Mendeleev nomli Rossiya Kimyo-texnologiya Universiteti;
  • akad. A.Sultanova  nomli UzKFITI;
  • O’zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tekshirish instituti;
  • Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tekshirish korxonasi DUK;
  • TGTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK;
  • O’zbekistondagi kimyo sohasidagi qator kafedralar.

Pedagogik faoliyati (qaysi kusdan ma’ruza o’qiydi)

  • “Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish korxonalari jixozlari” fanidan
  • “Sintetik va tabbiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasida qo’llaniladigan xom-ashyo va materiallar” fanidan

Ma’lumot uchun manzil:

Tel.: (371) 2447921;
Tel./faks: (371) 2449248;
E-mail: adilov.r.i @mail.ru