Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo`yicha prorektor

Karabaev Dilshod Timurovich

karabayev

Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: dotsent
Lavozimi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari bo’yicha prorektor
Ixtisosligi: Muhandis-texnolog
Tamomlagan yili: TKTIni 1991 yil
TKTI ishlashi: 1991 yildan
Ilmiy ishlari: 50 dan ortiq
Mualliflik guvohnomasi: 1

 

Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, yoshlarni aqliy va ma`naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda  ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim mazmunining maqsadini uning vazifalarga moslash, ilmiy jixatdan asoslash, ta’limda izchillikni taminlash, hayot bilan bog’lash va ayniqsa o’quvchi-talabalarga mos uslublar, ta’lim vositalarini tanlash bilan asoslanadi. Institutga biriktirilgan turdosh AL va KHKlarida kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning uchinchi bosqichi «Ta’lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi uslubiy manbalar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan  to’liq taminlash» dolzarb vazifalar qatorida belgilab berilgan.

 

Lavozim maqsadi: O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim o’rtasidagi o’zaro uzviylik va uzluksizlikni taminlash maqsadida institut qoshidagi akademik litseylar va institutga biriktirilgan turdosh kasb-hunar kollejlari bilan kompleks hamkorlik faoliyatlarini amalga oshirish.

Lavozim vazifalari:

Respublikaning kimyo sanoati, oziq-ovqat, neft va gazni qayta ishlash  sohasi mutaxassislik  yo’nalishlarida bo’lgan turdosh kasb-hunar kollejlari hamda institutlar qoshidagi Akademik litseylari bilan tuzilgan «Hamkorlik shartnomalari» va hududiy o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan tuzilgan harakat dasturlari asosida:
•    o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan oliy ta’lim o’rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni, kollejlarning o’quvchilariga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni, tashkil etilayotgan o’quv jarayoni hamda o’quv-uslubiy faoliyatni yanada takomillashtirish;
•    o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari istedodli pedagoglarini «Ustoz-shogird» uslubida maqsadli ravishdainstitut mutaxassislik kafedralarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqod ishlariga jalb etish, dissertatsiya mavzularini belgilash, ilmiy rahbarlar tayinlash orqali fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashni yo’lga qo’yish;
•    talab va takliflar asosida institutning professor–o’qituvchilari, stajyor-izlanuvchi-tadqiqodchilarini o’rta-mahsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’rindoshlik asosida pedagogik faoliyat olib borishlarini taminlash;
•    o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagoglarini individual ravishda ko’nikma olishlari va malaka oshirishlari uchun mutaxassislik kafedralarida shart – sharoitlar yaratish;
•    institutning moddiy-texnika va o’quv-metodik bazasida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, axborot-resurs markazidan foydalanish uchun sharoitlar yaratib borish;
•    o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari axborot-resurs markazlarini institut mutaxassislik kafedralaridayaratilgan darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar hamda elektron darsliklar bilan yanada boyitish;
•    davriy ravishda ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar tashkil etish va bu orqali o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi faoliyatini tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar echimini aniqlash;
•    Respublika o’rta mahsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda hududiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlari pedagogik kadrlari saloxiyatini oshirish borasida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha ehtiyojga asoslangan ta’lim dasturlarini hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari bilan shug’ullanadigan mutaxassislari uchun reja asosida seminar-treninglar tashkil etish, masofadan o’qitish va masofadan malaka oshirish mexanizmlarini keng joriyetish. ·  O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Ilmiy yo’nalishlari:

  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
  • Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish

Ilmiy hamkorligi:

  • Vena Universiteti(Avstriya)
  • Vensa texnika universiteti(Avstriya)
  • Myunxen texnika universitet(Germaniya)
  • Buyuk Britaniya ochiq universiteti
  • Al-Forobiy nomidagi Qozog’iston milliy universiteti
  • Qozoq-turk xalqaro universiteti
  • M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti
  • Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
  • Toshkent arxitektura va qurilish instituti
  • Urganchs davlat universiteti

 

Pedagogik faoliyati (qaysi kursdan ma’ruza o’qiydi)

 

  • Avtomatik boshqarish nazariyasi
  • Avtomatlashtirish elementlari va mikroprotsessorli qurilmalar

Ma’lumot uchun manzil:Tel.: (371) 244-77-26;
Tel./faks: (371) 244-79-17;
E-mail: kdtinfo@yandex.ru