Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor

 

Pulatov Xayrulla Lutpullayevich

Telefon: +998712447924

E-mail: pulatov.x.l@dba.ru

Qabul qilish kuni: seshanba, juma

Qabul qilish vaqt: Soat 15-00 - 17-00

Tug’ilgan vaqti va joyi: 29.04.1983 yil, Toshkent shahri

O’quv muassasasi, tugatgan yili: Toshkent kimyo-texnologiya instituti (bakalavriatura), 2004 yil, . Toshkent kimyo-texnologiya instituti (magistratura), 2006 yil, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura), 2018 yil.

Ilmiy darajasi, unvoni (berilgan yili): texnika fanlari nomzodi (2008 y.),                         dotsent (2015 y.)

Dissertatsiya himoyasi (mavzusi, ixtisosligi, himoya vaqti, ixtisoslashgan kengash): “Polikondensatsion turdagi sulfat kislotali ion-almashinuvchi polimer olish usulini ishlab chiqish va tadqiq qilish”, 05.17.06. “Plastik massalar va shishaplastiklar texnologiyasi va ularni qayta ishlash”, 2008 yil, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Birlashgan ixtisoslashgan kengash.

Ish joyi va lavozimi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor

Lavozim vazifalari:

  • Talaba yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdiradi, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantiradi;
  • Institutda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonining boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib boradi;
  • Institutda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o’qituvchilarga o’z vaqtida yetkazish va har tomonlama tushuntirishni tashkil qiladi;
  • Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilgan hujjatlarini o’quv muassasasi jamoasiga o’z vaqtida yetkazishni va ulardagi tadbirlarni bajarilishini ta’minlaydi;
  • Institutda huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlaydi;
  • Ijtimoiy-gumanitar kafedralar o’qitadigan fanlarni uslubiy va informatsion(adabiyot, qo’llanma va boshqalar) ta’minlashni, professor-o’qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o’rganadi, tegishli takliflar tayyorlaydi;
  • Talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun institutda turli to’garaklar ishini tashkillashtiradi va ularni nazorat qiladi;
  • Institutning talabalar turar joyi sharoitlarini muntazam yaxshilab, talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat qiladi;
  • Institutning sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarini uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qiladi;
  • Kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha muntazam ish olib boradi;
  • Institutning ko’p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini, ularda institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni doimiy yoritib borilishini ta’minlaydi;
  • Fakultetlarda talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg’armalari, mahallalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarni nazorat qiladi;

Ilmiy-tadqiqot ishlari doirasi: atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona fojdalanish, oqova suvlarni tozalashning samarali texnologiyasini yaratish, mahalliy xomashyolar asosida ion-almashinuvchi polimerlarni sintez qilish, oqova suvlardan og’ir metall ionlarini ajratib olish, ekologik ta’lim.

Ilmiy, ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati bilan bog’liq boshqa biografik ma’lumotlar. (Mehnat faoliyati haqida qisqa ma’lumot – ishlagan vaqti va joyi, lavozimi):

2000-2004 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi, 2004-2006 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya  instituti magistranti, 2004-2006 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya  instituti sanoat ekologiyasi kafedrasi katta laboranti, 2006-2008 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti aspiranti, 2008-2009 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya  instituti sanoat ekologiyasi kafedrasi assistenti, 2009-2013 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya  instituti sanoat ekologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi, 2013-2018 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya  instituti sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri, 2018 yil 2 avgustidan Toshkent kimyo-texnologiya  instituti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor.

Ilmiy faoliyati yuzasidan chop etilgan asosiy ilmiy ishlari

Asosiy patent va ixtirolar

  1. Ўзбекистон Республикаси патенти №IAP 03458. Катионитлар олиш усули. Пулатов Х.Л., Туробжонов С.М., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А., Муталов Ш.А. Ташкент, 20.09.2007.
  2. Ўзбекистон Республикаси патенти № IAP 03886. Фосфор кислотали катионит олиш усули. Пулатов Х.Л., Туробжонов С.М., Шарипова У.И., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А. Ташкент, 31.03.2009
  3. Ўзбекистон Республикаси патенти № 04635. Сульфокатионит олиш усули. Пулатов Х.Л., Туробжонов С.М., Бердиева М.И., Муталов Ш.А., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А., Абдуталипова Н.М., Ташкент, 2013.
  4. Ўзбекистон Республикаси патенти № IAP05242. Сульфокатионит олиш усули. Туробжонов С.М., Пулатов Х.Л., Худайбердиев Б., Турсунов Т., Назирова Р.А., Игитов Ф.Б., Ташкент, 2016.

Maqolalar

  1. Пулатов Х.Л., Tурсунов Т.Т., Назирова Р.А., Зокиров Б.Г. Монофункциональные новые сульфокатиониты поликонденсационного типа// Kimyo va kimyo texnoloyasi, 2005. - №1. - С.51-53.
  2. Пулатов Х.Л., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А., Исмаилов К. Сульфокатиониты на основе стирольно-фурфурольного полимера // Kimyo va kimyo texnoloyasi, 2005. - Спец. Выпуск. - С.87-90.
  3. Пулатов Х.Л., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А. Исследование новых монофункциональных сульфокатионитов и их использование в процессах умягчения воды// Kimyo va kimyo texnoloyasi. 2006. - №2. -  С. 65-67. Пулатов Х.Л., Турсунов Т.Т., Шарипова У.И.,  Назирова Р.А. Сорбция ионов металлов фосфорнокислым катионитом // Kimyo va kimyo texnologiyasi, №3, 2008. -37-40 б.
  4. Pulatov Kh.L. Synthesis and research of sorption properties of phosphoric cationite of polycondensation type//Science of Central Asia, №1, 2010. - P.76-79
  5. Пулатов Х.Л. Туробжонов С.М., Турсунов Т.Т., Шарипова У.И., Назирова Р.А. Исследование сорбции и десорбции некоторых ионов фосфорнокислым катионитом//Композицион материаллар. №2, 2010.  – С.38-41.
  6. Пулатов Х.Л., Муталов Ш.А., Бердиева М.И., Назирова Р.А. Полифункциональные сульфокатиониты поликонденсационного типа //Kimyo va kimyo texnoloyasi. №1,  2012 -  С.38-41.
  7. Пулатов Х.Л., Худайбердиев Б.Б., Турсунов Т.Т, Назирова Р.А.,                Мухамедова М.А. Синтез и исследование сульфокатионитов поликонденсационного типа//Узбекский химический журнал, 2012. - №3. – С.45-48.
  8. Pulatov Kh.L., Turabjanov S.M, Tursunov T.T., Nazirova R.A. Furfural based policondensation type sulfonic acid cation-exchange resin//Austrian Journal of Technical and Natural Sciences. – Austria, 2016. – №5-6. – P.75-80.
  9. Пулатов Х.Л., Турабжанов С.М. Синтез новых сульфокатионитов поликонденсационного типа//Kimyo va kimyo texnologiyasi, 2016. - №3. – С. 37-42.
  10. Пулатов Х.Л., Турабжанов С.М., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А. Фосфорнокислые катиониты поликонденсационного типа //Современные материалы, техника и технологии, 2016. - №5. – С.153-159
  11. Пулатов Х.Л., Турабжанов С.М. Сорбционные свойства ионообменных смол поликонденсационного типа//Universum: Технические науки : электрон. Научн. Журн. 2016. № 12(33), URL: http://7universum.com/ru/tech/archive/ item/4092 (дата обращения: 06.01.2017).
  12. Пулатов Х.Л., Турабжанов С.М., Турсунов Т.Т., Назирова Р.А. Исследование возможности применения поликонденсационного сульфокатионита в процессах водоподготовки//Экологический вестник Узбекистана, №3, 2017. – С.20-24.

Chop etilgan ilmiy ishlari va patentlarning umumiy soni: 30  tadan ortiq ilmiy ishlar (Avstriya, Chexiya, Rossiya, Qozog’iston),  jumladan 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 30 dan ortiq -uslubiy qo’llanmalar, 4 ta ixtiroga patentlar, 150 dan ortiq maqola va tezislar.

Uning rahbarligida 6 nafar magistr, 30 nafar bakalar, 2 nafar davlat stipendiatlar tayyorlagan.

Jamoat birlashmalaridagi faoliyati – nomi, lavozimi ( ilmiy va ekspert kengashlari, komissiya va jamiyat, jurnal tahririyati, saylov organlari va boshqalar.): 2018 yildan Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash kotibi;

O’zbekiston ekologik harakati Toshkent shahar Kengashi a’zosi (2015 yildan h.v.);

Xalqaro ekologik havfsizlik Fanlar Akademiyasi (MANEB) muhbir a’zosi (2017 yildan h.v.);