Ravshanov Suvonqul Saparovich

 

 

 

OOMT kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.

Ilmiy - tadqiqot yo‘nalishi:  Mahalliy bug‘doy donlaridan navli un tortishda gidrotermik ishlov berish jarayonini takomillashtirish.

Ilmiy nashrlari: 2 ta uslubiy qo‘llanma,  40 ta ilmiy maqolalari mavjud.

Qabul kunlari: Chorshanba, Juma kunlari,  1600-1700

Elektron adres: suvanbex@mail.ru

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalari:

Mutaxassilik fanlarini o‘qitishda noan’anaviy yondoshuv xamda ta’lim jarayonida soxa muammolari va istiqbollarini namoyon etadigan ishlab chiqarish muxitini yaratish ;

  • ta’lim jarayonida tizimli yondashuvni amalga oshirish;
  • bo‘lajak kasbni o‘ziga xosligini inobatga olib, ta’lim mazmunini modulkompetentlik asosida tuzish;
  • har bir ta’lim shaklida integratsiya jarayonining muvofiqligini ta’minlash;
  • bilim olishga qiziqishni, mustaqillik, faollik darajasini oshiradigan innovatsion interfaol usullarni qo‘llash;
  • o‘quv jarayonini kompetentlik asosida ta’minlaydigan ta’lim muassasasining yetarlicha moddiytexnik bazasi (chet tillarni o‘qitish sifati, o‘quv jarayonining axborot resurslari bilan ta’minlanganligi, laboratoriya asbob-uskunalar mavjudligi, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘z tarkibida amaliy yo‘llangan ma’lumotlar bilan ta’minlangan o‘quv-uslubiy majmualar, modullar, adabiyotlar, o‘qitishning texnik vositalari kompyuterlar, elektron saytlar v.b.) mavjudligi bilan belgilanadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad: ta’lim oluvchilarni yuksak tayyorgarlik darajasi, raqobatbardoshligi, malakasi, madaniy va ma’naviy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi hamda uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida ta’lim sifatini oshirish; ta’lim muassasalari tuzilmasini modernizatsiyalash va ta’lim muassasalarida ta’lim sohasida davlat siyosatinining prinsiplari asosida faoliyat yuritishga intilish; ta’lim turlarini (o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy) uslubiy ketma ketligini ta’minlash, yuqori va innovatsion texnologiyalarni egallagan va respublikamizning real iqtisodiyotiga chuqur bazaviy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni yetkazib berishdir.

Ta’lim jarayonida bugungi kunda mavjud ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar etgan holda quyidagi yondashuvlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblayman:

  • darslarda talabalarga kompyuterdan foydalanish, chet tilini o‘zlashtirish, mutaxassislik bilimlarini chuqur egallash orqali reyting ballarini to‘plash va baholanish asosiy maqsad emas, balki o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotga tatbiq etish ta’limning asosiy maqsadi ekanligini singdirib borishimiz lozim. Ushbu vazifani biz talabalarda yaratuvchanlik ruhiyatini, ijodiy faollikni, fidoiylik fazilatlarini shakllantirish orqali bajarishimiz mumkin;
  • kafedra mudirlari o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning salohiyati, pedagogik mahorati, talabalarning davomat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borishi, sifatni talab etish borasida manfaatdorbo‘lishlari kerak;
  • bugungi kunda sohalar bo‘yicha tayyorlayotgan mutaxassislarimizni o‘quv jarayonini tashkil etishdanoq ishlab chiqarish bilan bog‘liqligini ta’minlashni talab etmoqda. Bu borada mutaxassislik fanlarini o‘qitilishida ma’ruza darslarida ishlab chiqarish vakillarini taklif etib, ular ishtirokida soha muammolari va istiqbollari haqida davra suhbatlari uyushtirish orqali o‘quv jarayonida ishlab chiqarish muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim;
  • mustaqil ta’limni rivojlantirish talabalarda aqliy mehnatga, zaruriy axborotlarni izlab topish va tahlil qilishga, o‘quv jarayoniga yondoshuvni ijobiylashishiga maksimal darajada undaydi. Shunday ekan, umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratish lozim.