TAVALDIYEVA GULBAXAR NISHANOVNA

 

    

Ilmiy darajasi:  filologiya fanlari nomzodi

 

 

 

    Teл: +99890 944 81 64

 

    gulbahor_tavaldiyeva

      @mail.ru

                    

Ilmiy unvoni: dotsent

 

 

           

Lavozimi: kafedra mudiri

 

 

Umumiy ma'lumot: Tavaldieva Gulbaxar Nishanovna 1986-yilda ToshDU (O‘zMU)  O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – Filolog. O‘zbek tili o‘qituvchisi.  2009.01.04 yildan  Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Menejment va Kasb ta'limi fakulteti  «Tillar» kafedrasi dotsenti, 2017.08.06 yildan kafedra mudiri.

 

Quyidagi umumkasbiy fanlardan dars mashg‘ulotlari olib boradi:

  • O‘zbek tili (1-kurs bakalavriat rus guruhlari uchun amaliy mashg‘ulot)

  • “Nutq madaniyati” (2-kurs magistrlar uchun ma'ruza va amaliy mashg‘ulot)

  • Davlat tilida ish yuritish va nutq madaniyati (2-kurs bakalavrlar uchun amaliy mashg‘ulot)

 

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: 10.01.02 - «Hozirgi milliy adabiyot (O‘zbek adabiyoti)»

 

Ilmiy faoliyati: 2001-yildan buyon filologiya fanlari nomzodi.  A.Navoiy nomidagi Til va adabiyoti instituti huzuridagi D015.04.01 raqamli Ixtisoslashgan kengashda «Shukur Xolmirzaev hikoyalarida voqyelikni badiiy idrok etish prinsiplari» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. “Hozirgi o‘zbek adabiyotida yozuvchi shaxsi va biografiyasi” mavzuida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

Nashrlari: G.Tavaldieva 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma,  12 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq maqolalar muallifidir. 

 

Tanlovlardagi ishtiroki: 2005-yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi”  respublika tanlovi g‘olibi. 2016-yilda “Yilning eng faol ma'naviyat bilimdoni” ko‘rik tanlovining institut bosqichi qatnashchisi. 2017- yilda  “Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi institut bosqichida gumanitar fanlar sohasida “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rin sovrindori.

    Qabul kunlari: Dushanba 14-1700,  Shanba 9-1400

 

  Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalari:

 

  1. Kafedrada o‘quv-tarbiya jarayo­nining zamonaviy talablar darajasida tashkil etilishini ta'minlash, bunda dars jarayonida o‘qitishning ilg‘or usullarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maqsadli qo‘llash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, darsni kompyuter texnikalari, o‘quv qurollari bilan jihozlangan auditoriyalarda tashkil qilish. 

  2. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish orqali sifatini ta'minlash; talabalarga eng yangi ma'lumotlarni berish, til o‘rgatish orqali ular ma'naviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirish.

  3. Institutning axborot-resurs markazini kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha  yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish.

  4. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini  ro‘yobga chiqarish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning mutolaa madaniyatini oshirish, fan olimpiadalarida, turli tanlovlarda, jumladan, “Kitob – tafakkur manbai”  respublika tanlovida ishtirok etishga tayyorlash.

  5. Talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda  ularning darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mashg‘ulot bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga  oshirish orqali yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash.

  6. Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatini oshirishga erishish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, ijodkor pedagoglarni qo‘l­lab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, o‘qituv­chilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida  ularning ijodiy izlanishi uchun keng imkoniyat yaratish, “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovida qatnashishlariga erishish.