Toshkent kimyo texnologiya instituti akademik litseyi haqida

Litsey haqida

Toshkent kimyo texnologiya instituti akademik litseyiga 2006 yil 2 sentyabrda asos solingan bo’lib, O’zbekiston  Respublikasi                          Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning 2017  yil                      26  sentyabrdagi “Oliy  ta’lim  muassasalariga  kirish  uchun  nomzodlarni maqsadli  tayyorlash  tizimini yanada  takomillashtirish to’g’risidagi”  qaroriga  muvofiq  o’quv-metodik  va  moddiy-texnika bazasi  talabga  javob bermaydigan,  ta’lim  sifati  va  oliy ta’lim  muassasalariga  kirish ko’rsatkichlari  past  bo’lgan akademik  litseylar  faoliyati 2019 yil 1 sentyabrdan tugatiladi va  yuqori  ilmiy va  pedagogik salohiyatga,  yetarli moddiy - texnika  bazaga  ega bo’lgan  akademik  litseylar  oliy ta’lim  muassasalari  tasarrufiga o’tkazildi.  

Shu  jumladan, Toshkent  kimyo  texnologiya instituti  qoshidagi  akademik litsey  institut  tasarrufiga o’tkazilib,  “Toshkent kimyo texnologiya  instituti  akademik litseyi”  nomiga  o’zgartirildi  va o’qish  muddati ikki yil etib belgilandi. Bu  esa  akademik  litseyda o’qitish  sifatini  oshirish,  iqtidorli yoshlarni  tanlash  va  maqsadli ta’limga  yo’naltirish,  oliy ta’lim muassasalariga  o’qishga  kirish uchun  munosib  nomzodlarni maqsadli  tayyorlashga  keng  yo’l ochadi. 

 

Akademik litsey direktori

 

(2017 yil 26 yanvardan                 to hozirgi kungacha)

 

Madraimov Akmal Umardjanovich.

Tug’ilgan yili- 01.09.1981 yil

Ma’lumoti- Oliy. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

 

 

 

 

 

 

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

 

(2016 yil 13 sentyabrdan                 to hozirgi kungacha)

 

Aliyev To’lqin

Turgunovich.

Tug’ilgan yili- 12.07.1987 yil

Ma’lumoti- Oliy. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

 

 

 

 

 

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

 

(2018 yil 05 sentyabrdan                 to hozirgi kungacha)

 

Po’latova Dilafruz Rustamovna.

Tug’ilgan yili-16.04.1976 yil

Ma’lumoti- Oliy. O’zbekiston davlat jahon tillari Universiteti

 

  Akademik litsey 720 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, bugungi kunda o‘quvchilar uchun yangi, zamonaviy kimyo, fizika laboratoriyalari, biologiya, matematika, ingliz tili, kompyuter sinflari, zamonaviy axborot-resurs markazi, faollar zali, sport zali - sifatli ta’lim olish uchun barcha qulayliklarga ega akademik litseyning zamonaviy o‘quv binosi faoliyat ko‘rsatmoqda. Akademik litseyda o’quvchilarga o’zlari tanlagan ta’lim yo’nalishlari, aniq kasb va ixtisosliklar bo’yicha chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilimlar malakali pedagogik salohiyatga ega o'qituvchilar  tomonidan berilmoqda.    

Iste`dodli va ilmiy salohiyatga ega bo`lgan yoshlar tarbiyasida litseyning hissasi juda katta. Litseyda tabiiy fanlar, aniq fanlar, Ijtimoiy fanlar va tillar kafedralari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Bundan tashqari barcha umumta’lim  fanlaridan fan va sport to`garaklari akademik litsey o’quvchilarini qamrab olgan holda faoliyat yuritmoqda.

Akademik litseyda hozirgi kunda 2 ta ta’lim yo’nalishi, ya’ni aniq fanlar (matematika-fizika, matematika-ingliz tili) va tabiiy fanlar (kimyo-matematika, kimyo-biologiya) bo’yicha o’quvchilar ta’lim olmoqdalar.

Akademik litseyni tamomlagan bitiruvchilarga “Kimyo laboranti”,“Dezinfektor”,“Ehm operatori”, hamda “Ishyurituvchi” va“Hisobchi” mutaxassisliklariga ega davlat namunasidagi diplom beriladi.

Litsey erishgan yutuqlar

Toshkent kimyo texnologiya litseyi  15 yillik tarixi mobaynida minglab o`quvchilarga ta’lim berish bilan birga, O`zbekiston iftixori bo`lgan Olimpiada g`oliblarini ham tayyorlab, ham tarbiyalab kelmoqda. Akademik litseyda bugungi kunda litsey bitiruvchilari orasida ko`pgina qobiliyatli va salohiyatli yoshlar bor.

O’tgan davrlar mobaynida o’quvchilar umumta’lim fanlari, sport va madaniyat sohalarida Xalqaro, Respublika g’oliblari bo’lib, bir qancha sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandilar.  Shu qisqa muddat ichida litsey o`quvchilari o`z bilim va ko`nikmalarini xalqaro maydonda munosib ravishda ko`rsatib ulgurdilar. Ustozlarning mashaqqatli mehnati o`z samarasini bergani bunga dalil. Bu yutuqlar bilan akademik litseyimiz albatta faxrlanadi.

2014-yil akademik litsey o’quvchisi S.Umarov 47-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida faxrli  2-o’rinni egallab, kumush medali sohibi bo’ldi va Toshkent Stomatologiya institutiga imtiyozli qabul qilindi.

Kimyo fanidan akademik litsey o’quvchisi M.Madraimov          “Inter-Ximik-Yunior 2017” XV-Xalqaro masofaviy olimpiadasida                      2-o’rin g’olibi bo’lib institut rektori tomonidan munosib taqdirlandi.

2017 yil 25-27 may kunlari Jizzax shahrida akademik litsey va kasb-hunar o’quvchilari o’rtasida “Barkamol avlod 2017” sport musobaqalari bellashuvlarida final bosqichida qatnashgan akademik litseyning 3-bosqich o’quvchilari M.Golikov va I.Izmaylovlar sportning basketbol turi bo’yicha umumjamoa hisobida 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.

Akademik litseyni tamomlagan aksariyat bitiruvchi-yoshlar Toshkent kimyo texnologiya instituti, shuningdek tibbiyot, iqtisodiy yo’nalishdagi respublikamizning, hamda horijiy mamlakatlarning, xususan Germaniya, Qozog’iston, Malayziya, Chexiya, Italiya, Polsha, Latvia, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari bo’lishmoqda.

O’quv va o’quv metodik ishlar

Hozirgi kunda akademik litseyda 500 nafar o’quvchi ta’lim olmoqda. Shulardan: 335 nafari 1-kurs, 165-nafari 3-kurs o’quvchilarini tashkil etadi.

 

Akademik litseyda asosiy shtst bo’yicha 30 nafar o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida oqituvchilarning sifat tarkibi quyidagicha:

Bosh o’qituvchi- 2 nafar

Yetakchi o’qituvchi- 8 nafar

Katta o’qituvchilar- 14 nafar

Oliy ma’lumotli o’qituvchi- 6 nafar

 

Akademik litseyda 2 nafar fan doktori va fan nomzodlari, shuningdek 1 nafar “Shuxrat” medali sohiblari faoliyat yuritmoqdalar.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar

Akademik litseyda ta’lim va tarbiya jarayonlarini o’zaro uyg’unligini ta’minlashda ma’naviyat va ma’rifat sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xalqimiz va yurtimiz hayotida muhim o’rin egallagan bayram, tarixiy va shonli sanalar doimiy ravishda rejaga asosan mahalla, ichki ishlar boshqarmasi, notijorat va nodavlat tashkilotlar, tuman hokimiyati, Respublika ma’naviyat va m’arifat markazi, tuman Xotin-qizlar qo’mitasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, voyaga yetmaganlar bo’yicha idoralararo komissiyasi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazib kelinmoqda.

     “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” tuman festivalida                    “Milliy urf-odat timsoli“ nominatsiyasi bo’yicha litsey o’quvchilari g’olib topildilar.

Akademik litsey Axborot resurs markazi fondi darsliklar, siyosiy, badiiy, ilmiy ommabop adabiyotlardan iborat bo’lib, 18681tani tashkil etadi. ARMda darsliklar va o’quv qo’llanmalarning elektron variantlardan foydalanish uchun imkoniyatlar mavjud. Akademik litseyning Axborot resurs markazi tomonidan “Yangi kitob”, “Men sevgan kitob”, “Kitob bilan kelajak sari” aksiyalari o’tkazilib, akademik litsey o’quvchilari, ularning ota-onalari, litsey o’qituvchilari tomonidan 300 dan ortiq kitoblar ARM fondiga sovg’a sifatida taqdim etildi.

Hamkorlik  ishlari

Akademik litsey Toshkent kimyo texnologiya instituti o’rtasidagi hamkorlik ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Jumladan, institut professor o’qituvchilari, dotsent, kafedra mudirlari ishtirokida  haftaning har seshanba va juma kunlari akademik litsey bitiruvchi-o’quvchilarini Oliy ta’lim muassasalariga maqsadli yo’naltirish maqsadida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar, “Master klass”, “Ochiq dars”lar o’tkazib kelinadi.  

TKTI rektori prof. Sh.A.Mutalov va akademik litseyimiz o’quvchilari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Bunday uchrashuvlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritiladi.

Akademik litsey o’quvchilariga ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2018-2019 o’quv yili boshida TKTI rahbariyati tomonidan 20 dona zamonaviy kompyuterlar taqdim etildi.

Kontakt ma’lumotlar

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 3-mavze, 7-uy.

Tel: (99871) 224-87-17, 224-88-55; (99871) 221-61-33