Qo‘shma ta’lim dasturlari “2+2” (“double degree”): tahlil, muammolar, afzalliklari

O‘zbekiston hamda Belorussiya Respublikalari Hukumatlararo “Yo‘l xaritasi” ga asosan Toshkent kimyo texnologiya instituti  Bellorussiyaning Mogilyov Davlat oziq-ovqat universiteti bilan 2019 yil 19 fevralda “qo‘sh diplom”  berish (“double degree”) “2+2” tizimida imzolangan Memorandumiga binoan ikkita ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 50 nafar talabalardan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bosh mutaxassisi E.Yu.Berdiboyev va TIQXMMI o‘quv bo‘limi boshlig‘i A.Sh.Do‘rmonovlar tomonidan so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu Qo‘shma dastur  asosida tahsil olayotgan talabalardan ularning hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolagan har ikki oily ta’lim muassasalarini  qanchalik darajada bilishlari, ta’lim jarayonini tashkil etilishi holati, mavjud kamchilik va muammolar, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar, shu bilan birga Qo‘shma dastur negizida shartnoma, o‘quv-meyyoriy hujjatlarni talab darajasida  rasmiylashtirish holati o‘rganildi.