Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

FIZIKA VA ELEKTROTEXNIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri:  p. f. n  (pedagogika fanlari nomzodi)   A.I.Khudayberdiyeva 

 tel:   (71)  244-39-71

         (95) 144-41-51

 elektron pochta  Arofat.khudayberdieva@list.ru

Qabul kunlari:    dushanba       9:00 dan  12:00

                           chorshanba     9:00 dan  12:00

                                                               juma                 9:00 dan  12:00

“FIZIKA  VA  ELEKTROTEXNIKA” kafedrasi tarixi

              “Fizika” kafedrasi ilk bor 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil etilgan edi. Kafedrani XX asrning 50-yillarigacha professor N. I. Yaroslavtsev boshqardi. Shundan so‘ng kafedraga quyidagi atoqli olimlar rahbarlik qilishdi:

1957- 60 yillar – akademik G‘. Yo. Umarov,

1961- 62 yillar – dotsent M. A. Azimov,

1963- 65 yillar professor A. A. Abdurazzoqov,

1966- 74 yillar dotsent Z.Sh. Sharipov,

1974- 90 yillar dotsent D.M. Mirkomilov.

1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Toshkent Politexnika Instituti ba‘zasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etildi. “Fizika” kafedrasi shu institut tarkibida o‘z faoliyatini davom ettirdi, unga 2001 yilgacha dotsent D. M. Mirkomilov rahbarlik qildi. 2001-2003 yillarda kafedraga dotsent A. A. Muxamedov, 2003-2010 yillarda  professor M. A. Qosimjonov rahbarlik qildilar. 2010-2011  yillarda dotsent A. Xolov, 2011-2013 yillarda dotsent A. Q. Qosimov, 2013-2015 yillarda katta o‘qituvchi Sh.N.Ernazarov   rahbarlik qildilar. 2015 yildan kafedraga dotsent A. I. Xudayberdiyeva rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedraga  elektrotexnika bo‘limining qo‘shilishi munosabati bilan 2005 yildan “Fizika” kafedrasi “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi deb nomlandi.

“Fizika va elektrotexnika” kafedrasida  bakalavrlar uchun “Fizika”, “Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari” fanlari o‘qitilib kelinmoqda.

Kafedrada mexanika va molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika va atom fizikasi bo‘limlari bo‘yicha hamda elektrotenxnika fanidan o‘quv laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, talabalar tajriba orqali fizika va elektrotexnika fanlarining  asosiy qonuniyatlarini o‘rganadilar.

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan  o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar,  elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari yaratilgan bo‘lib ular zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda  o‘qish jarayoniga tadbiq qilingan.

Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv – uslubiy majmualar shakillantirilgan.

“Fizika va elektrotexnika” kafedrasi quyidagi  muassasasalar bilan ilmiy va amaliy a‘loqalar o‘rnatgan:

– O‘zbekiston Milliy Universiteti fizika fakulьtetining “Fizikaviy elektronika” va “Optika va lazer fizikasi” kafedralari;

– O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Ion plazmasi va lazer fizikasi” ilmiy-tekshirish instiuti;

– Toshkent temir yo‘llar muxandisligi instituti “Elektrotexnika” va “Fizika” kafedralari;

 

1. Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari

 Kafedra professor–o‘qituvchilari tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

    1.“Lazer nurining modda bilan o‘zaro ta‘siri”. Polimerlar eritmalarida yorug‘likning sochilishi, makromolekulalar parametrlarini o‘lchash va ularning termodinamik hossalarini o‘rganish, hamda, shaffof optik materiallarda lazer nurining ko‘pfotonli yutilishi ta‘sirida defektlarning hosil bo‘lish va stabil holatga kelish mexanizmlari va yashil o‘simliklarda fotosintez jarayonlari tadkiq qilinmokda (Professor Qosimjonov M.A., katta o‘qituvchi Ernazarov Sh.N.).

   2. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika fanidan mustaqil ishlar strukturasi va metodikasi” mavzusi bo‘yicha dotsent Xudayberdiyeva A.I. ilmiy-tadqiqot izlanishlarni olib bormoqda.

   3. “Mamlaktimizda muqobil energiya manbalarining fizik asoslari va ulardan foydalanishning amaliy masalalari” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari  katta o‘qituvchi f-m.f.n.Mamatqulov M.N. tomonidan olib borilmoqda.

   4.  “Moddalar tarkibini aktivatsion usul yordamida tahlil qilish” mavzusi bo‘yicha  O‘zR. FA “Yadro fizika” institutida katta o‘qituvchi A.A.Xaydarov hamkorlikda  sho‘g‘illanib kelmokda.

    5. “Kremniydagi kirishma atomlari monokristallining shakillanishi berilgan parametrlarida tashqi ta‘sirlar natijasining fizik asoslarini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha asssitent Kamolov X.U. tadqiqotlar olib bormoqda.

    6. “O‘zbekiston yer hududlarida element tarkibini yadroviy fizika usulida aniqlash” mavzusi bo‘yicha dotsent Asatov U.T. ilmiy-tadqiqot izlanishlarni olib bormoqda.

   7. “Elektronika U003” elektron tezlatish bazasida polimer mahsulotlarini issiqlik ta‘sirida siqiluvchi radiatsiyaviy choklash texnologiyasini yaratish” amaliy loyiha. O‘zR. FA “Yadro fizika” institutida katta o‘qituvchi f-m.f.n. Qurbonov

I.I.hamkorlikda  sho‘g‘illanib kelmokda.

Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ma‘lum hossalarga ega bo‘lgan yangi materiallar olish, ularni mikroelektronika va nanotexnologik jarayonlarga tadbiq etishga qaratilgan.

Kafedrada  ilmiy-uslubiy seminar doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bu seminarda kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar natijalari, hamda fizikaning dolzarb muammolari bo‘yicha ma‘ruzalar muhokama qilinadi.

 2. Doktorlik dissertatsiya himoyasi

Kafedrada professor-o‘qituvchilaridan dots. Xudayberdiyeva A.I., kat. o‘qit. Ernazarov Sh. N., kat.o‘qit.Xaydarov A. A., ass.Kamalov X. U., ass. Sobirov E.E. lar doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

 3.  Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Kafedrada barcha o‘qituvchilar iqtidorli talabalar bilan shug‘ullanadi, ular bilan  ilmiy ishlar olib boradi va fan olimpiadalariga tayyorlaydi. Talabalar ilmiy – texnika konferentsiyalarda o‘zlarining ilmiy ishlari natijalari bilan ishtirok etadilar. Talabalarning ilmiy ishlari konferentsiya ilmiy ishlar to‘plamida chop etilib kelinmoqda.

 

O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavrlar uchun:

1.  Fizika

2.  Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar

“Fizika va elektrotexnika” kafedrasi xodimlari tarkibi

 

          Familyasi, ismi sharifi       Lavozimi

1.           Xudayberdiyeva A.I.     Kaf.mudiri ,dotsent

2.           Ergashev A.I.       Dotsent

3.           Mo‘minova Z.A.  Dotsent

4.           Asatov U.T.         Dotsent

5.           Mamatqulov M.N.        Katta o‘qituvchi  (F-m.f.n)

6.           Qurbonov I.I.       Katta o‘qituvchi  (F-m.f.n)

7.           Ernazarov Sh.N.  Katta o‘qituvchi

8.           Achilova M.M.    Katta o‘qituvchi

9.           Xaydarov A.A.    Katta o‘qituvchi

10.         Usarov R.R.        Katta o‘qituvchi

11.         Tulametov M.A.  Katta o‘qituvchi

12.         Mannopova K.A. Assistent

13.         Kamolov X.U.     Assistent

14.         Sobirov E.E.        Assistent

15.         Baratova G.T.     Assistent

16.         Bedritskiy I.M.    Dotsent (0,5 shtat birligi)

17.         Badalova G.T.     Assistent (0,5 shtat birligi)

18.         Bozorov I.T.        Assistent (0,5 shtat birligi)

19.         Izatillayev J.O.     Assistent (0,5 shtat birligi)