“FALSAFA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” KAFEDRASI

  

 “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar nomzodi, dotsent

Sirojov Oybek Ochilovich

 

tel: +998911348525

E- mail: falsafa_tkti@mail.ru

 

BAKALAVRIATURA TA’LIM  YO‘NALISHLARI

 

Ta’lim yo‘nalishi: Kasb ta’limi ( yo‘nalishlar bo‘yicha)

5111000

Ta’lim yo‘nalishi: Menejment ( tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230200

ISHLAB CHIQARISH  TEXNIK SOHA

Muhandislik ishi

300 000

300 000

Ta’lim yo‘nalishi: Texnologik mashinalar va jihozlar  ( tarmoqlar bo‘yicha)

5320300

Ta’lim yo‘nalishi: Kimyoviy texnologiya ( ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

5320300

Ta’lim yo‘nalishi: Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

5320500

Ta’lim yo‘nalishi: Oziq-ovqat texnologiyasi ( mahsulotlar turlari bo‘yicha)

5321000

Ta’lim yo‘nalishi: Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

5321300

Ta’lim yo‘nalishi: Metrologiya, standartlash va mahsulot sifati menejmenti

( tarmoqlar bo‘yicha)

5310900

Atrof-muhit muhofazasi

630 000

Ta’lim yo‘nalishi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha)

5630100

 

“Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi 1991-yilda tashkil topgan. Dastlabki kunlardan boshlab kafedraning asosiy maqsadi va vazifasi jahondagi ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida talabalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish va  ma’nan yetuk kadrlarni tarbiyalashni maqsad qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi. 1991-1992-o‘quv yili Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi munosabati bilan institutda “Politologiya va iqtisod” kafedrasi va “Tarix va falsafa” kafedrasi tashkil qilindi. “Politologiya va iqtisod” kafedrasiga professor S.O.Otamurotov, “Tarix va falsafa” kafedrasiga dotsent X.Nasrullayev mudir qilib tayinlandi.

1993-yilning martida mazkur kafedralar birlashtirilib, “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi tashkil qilindi. Unga professor S.O.Otamurotov mudir qilib tayinlandi. Institutda talabalar soni ortib borishi munosabati bilan 1996-1997-o‘quv yili ushbu kafedradan “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedrasi tashkil qilinib, unga dotsent E.H.Qosimov mudir qilib tayinlandi. 2000-200-o‘quv yili esa har ikkala −   “Itimoiy-siyosiy fanlar” va “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedralari bazasida “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2004-2005-o‘quv yilida “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi bilan qayta birlashtirilib, “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga 2011-yilgacha professor S.Otamurodov, 2011-yildan xozirgi vaqtgacha dosent O.Sirojov raxbarlik qilmoqda.

Kafedra tashkil qilinganidan buyon quyidagi malakali professor-o‘qituvchilar va kafedra xodimlari faoliyat olib bordilar:

Professorlar: S.O.Otamurotov, H.A.Aliqulov, A.Q.Qodirov, F.Sh.Sharipov, S.M.Mamashokirov, R.S.Samarov, V.X.Qo‘chqorov.

Dotsentlar: A.P.Sherxonov, E.H.Qosimov, S.Husanov, R.H.Omonboyeva, T.T.Alimardonov, A.P.Goryankova, E.H.Rasulov, O.O.Sirojov, H.O.Yorqulov, D.A.Ismatillayeva.

Katta o‘qituvchilar: G.Sh.Bikkulov, M.Qoriyeva, N.N.Haydarova, S.H.Holiqova, R.U.Mamatqulov, D.S.Mirjavxarova, G.Sh.Siddiqova, A.B.Qilichev, A.F.Sultonov.

O‘qituvchilar: O.Abrorova, M.Yu.Aliqulov, E.Q.Ahmedov.

Kafedra  xodimlari: O.T.Xamrayeva, D.M.Mirzaahmedova, G.Hamdamova, Sh.Nishonboyeva, S.U.Yarashev va boshqalar faoliyat ko‘rsatib keldilar.

Bugungi kunga kelib kafedrada professor S.O.Otamurotov, professor A.Q.Qodirov,  dotsent O.O.Sirojov, dotsent H.A.Yorqulov, katta o‘qituvchilar: R.U.Mamatqulov, D.S.Mirjavxarova, A.B.Qilichev, A.F.Sultonov, o‘qituvchilar E.K.Ahmedov, A.M.Avlakulov, Sh.B.Murzayeva, shuningdek, kafedra xodimlari M.R.Bo’riyev, N.M.Mahkamova va boshqalar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada: Falsafa (mantiq, axloqshunoslik, nafosatshunoslik), Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik, Madaniyatshunoslik, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari; Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi kurslaridan talaba va magistrantlar o‘qitilib kelinmoqda.

1994-yilda kafedrada 09.00.10 – siyosat falsafasi ixtisoslik bo‘yicha aspirantura ochildi. Shu yillar davomida uni H.S.Jumaniyozova, N.Sh.Berdialiyev, O.O.Sirojov, H.O.Yorqulov, R.U.Mamatqulov, D.S.Mirjavxarova, G.Sh.Siddiqova, G.A.Alimovalar tugatdilar.

Kafedrada bugungi kunda 8 ta tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.

 

 

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

 

Ilmiy salohiyatni rivojlantirish kafedra rahbariyatining e’tiborida jiddiy vazifa sifatida qarab kelinmoqda. Jumladan, professor S.O.Otamuratov rahbarligida “Milliy ma’naviy taraqqiyotning ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy muammolari” mavzusida keng jabhada ilmiy izlanish ishlari olib bordi. O‘tgan yillar mobaynida 4 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilindi. Jumladan, Haydarali Uzoqov “O‘zbekistonda mustaqillik uchun kurash tarixi” (1900 – 1940-yillar) 1996-yili himoya qildi va tarix fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; Jo‘raqul Baxronov “Mustaqillik sharoitida shaxsning milliy o‘zligini anglash muammolari” mavzusida 2000-yilda professor S.Otamuratov maslahatchiligida himoya qildi va siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; Rustam Samarov “Qurolli kuchlar tizimining femenizatsiyalashuvi: rivojlanishning o‘ziga xosligi va ijtimoiy mexanizm” (O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari misolida) mavzusida 2005-yilda (ilmiy maslahatchi professor S.Otamuratov) dissertatsiyasini himoya qilib falsafa fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; To‘lqin Alimardonov “Siyosat va ahloq muvozanati muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya uchun ixtisoslashgan ilmiy kengashga topshirgan. Kafedra qoshida 1994-yildan 2013-yilgacha 09.00.10 siyosat falsafasi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu yillar davomida aspiranturani 8 ta yosh mutaxassis tamomladi. Ulardan X.Jumaniyozov “Mustaqillik va milliy rivojlanishining ma’naviy – mafkuraviy salohiyatini shakllantirish muammolari”; N.Berdaliyev “Davlatning mustaqillik sharoitida milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish siyosati”; O.Sirojov “O‘zbekistonning mintaqaviy maummolarini hal etishdagi faoliyati” mavzularida dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qildilar va siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajalarini oldilar.

H.Yorqulov “O‘tish davri davlat siyosatida intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish muammolari” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedra jamoasi shu yillar davomida – 350 dan ortiq monografiya, o‘quv qo‘llanma ilmiy maqola, ilmiy uslubiy qo‘llanma va maslahatlar, fanlardan ma’ruza matnlari ilmiy anjumanlarida qilingan ma’ruza tezislarini e’lon qildi. Professor S.O.Otamuratov 2 ta Xalqaro va 10 dan ortiq Respublika miqyosidagi konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. U Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudirlari va o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan seminarlarda o‘z ma’ruzalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Insitutda tashkil etiladigan an’anaviy ilmiy fan haftaligi konferensiyalarida kafedra professor-o‘qituvchilari va ular ilmiy rahbarlik qilgan talabalar har yili o‘zlarining 30 dan ortiq ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqdalar.

 

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

 

Kafedrada ilmiy o‘quv-uslubiy ishlarga, jumladan, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma tuzishga, darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishga, fanlar va maxsus kurslar bo‘yicha na’munaviy o‘quv dasturlari tuzishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik, 30 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 200 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.

Kafedraning 6 nafar professor-o‘qituvchisi oxirgi yillar mobaynida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tib,  yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z kasbiy mahoratlarini oshirganlar.

 

O‘QITILADIGAN FANLAR

 

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

  1. Falsafa.

  2. Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik.

  3. Madaniyatshunoslik.

  4. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar.

  5. Dinshunoslik

 

Magistratura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

  1. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi.

 

KAFEDRANING ILMIY VA TASHQI ALOQALARI

 

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, K.Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

 

 “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tarkibi

 

Familiyasi, ismi-sharifi

Lavozimi

 1.

O.O.Sirojov

Kafedra mudiri, dotsent (1,0)

  1.  

S.O.Otamuratov

professor (1,0)

  1.  

A.Q.Qodirov

professor  (0,5)

  1.  

V.H.Qo‘chqorov

professor (0,5)

  1.  

H.O.Yorqulov

dotsent (1,25)

  1.  

E.H.Rasulov

dotsent (1,0)

  1.  

R.U.Mamatqulov

katta o‘qituvchi (1,25)

  1.  

D.S.Mirjavxarova

katta o‘qituvchi (0,75)

  1.  

A.B.Qilichev

katta o‘qituvchi (1,25)

  1.  

A.F.Sultonov

katta o‘qituvchi (1,25)

  1.  

E.Q.Ahmedov

o‘qituvchi (1,25)

  1.  

A.M.Avlakulov

o‘qituvchi (1,0)

  1.  

Sh.B.Mirzayeva

o‘qituvchi (0,5)

  1.  

K.Yu.Abdurazakova

o‘qituvchi (0,5)

  1.  

M.R.Bo‘riyev

Xona mudiri, o‘qituvchi (0,5)