Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi 1991  yil  yangi Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilganidan boshlab shakllandi. Kafedrani  pedogogika fanlari nomzodi, dotsent, katta tennis bo’yicha sport ustasi Almakaeva Rumiya Muxammadievna boshqara boshladilar. Kafedrada sport  sport fahriylari  Bashutov Yu.V., Ortikov X.T., katta o’qituvchi  Ergashev Ya.N., o’qituvchilar Mirzaxmedov M.S., Achilov T.S., Omarova A.M. lar faoliyat ko’rsatmoqdalar. 1991 yildan boshlab kafedrada yuqori malakali o’qituvchilar soni ortib bordi. O’quv yili  mobaynid Kafedrada futbol, voleybol, qo’l to’pi, boks bo’yicha mutaxassislar ishlashgan. O’quv jarayonlaridan tashqari TKTI  Spartakiadasi hamda Toshkent shahri  oliygohlari o’rtasida musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda.  O’quv yili  mobaynida  reja – jadval asosida to’liq mujassamlashgan bir qator sport tadbirlari o’tkaziladi.  Bu esa talabalarning TKTI Spartakidasida, Toshkent shahri va Respublika oliygohlari  o’rtasidagi Universiadada ishtirok etishga imkon beradi.

Professor-o’qituvchilar jamoasi jismoniy tarbiya va sport ishlari  bo’yicha 4 ta fakultetda ish olib boradilar. Ular basketbol, voleybol, futbol, qo’l to’pi, stol tennisi, shashka, shaxmat, engil atletika, suzish, tennis, milliy kurash, dzyudo va turli musobaqalarga talabalarni tayyorlab kelishmoqda. Talabalar “Sog’lom turmush tarzi” mavzusiga oid turli seminarlarda qatnashadilar. Jahon va olimpiada chempionlari (Abbos Atoev, Rishat Sobirov) bilan uchrashuvlar o’tkaziladi. Talabalar har yili o’tkaziladigan  9-may “Hotira va qadrlash” kuniga bag’ishlangan  Kross musobaqalariga hamda Fond-forum tashabbusi bilan “Hayot uchun” hayriya marafonida qatnashib kelmoqdalar.

 

O’quv-uslubiy ishlar:

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi  professor – o’qituvchilari  talabalarni jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qiziqishlarini orttirish masalasi bo’yicha turli  sotsiologik izlanishlar  olib bormoqdalar. Valeologiya – sog’lom turmush tarzi mavzusida o’quv dasturlar ishlab chiqildi. Sport turlarining texnika va taktikasiga o’rgatish, mutahassislashmagan  oliygohlar talabalari o’rtasida jismoniy tarbiya fanini o’tish qoidalari mavzusida izlanishlar olib bormoqdalar.

Sport turlari bo’yicha iqtidorli sportchi talabalarni  saralab,  terma jamoa tuzib, TKTI nomidan turli musobaqalarda qatnashib kelmoqdalar. Jumladan: milliy kurash bo’yicha Tog’aev Javlon, Naimov Faxriddin, engil atletikachi Qurbonov Behzod, stol tennisi bo’yicha Miraxmedov G’ayrat, taekvando bo’yicha Olovuddinova Dilnoza, Alimova Go’zallar institutimizning taniqli sportchilari.

 

O’QITILADIGAN FANLAR

 Bakalavriatura bo’yicha o’qitiladigan fanlar:

MA’RUZA:  VALEOLOGIYA – “SOG’LOM TURMUSH TARZI”

 AMALIYOT: JISMONIY TARBIYA FANINING NAZARIY VA AMALIY USLUBIYATI, BASKETBOL, VOLEYBOL, MINI – FUTBOL, ENGIL ATLETIKA, GIMNASTIKA,  STOL TENNISI, UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK.

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari 

     TKTI “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Milliy Universitet, Iqtisodiyot Universiteti bilan  ilmiy – amaliy ma’noda  uzviy bog’liq. Kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy tezislar bilan ilmiy – amaliy anjumanlarda qatnashib kelmoqdalar.

  

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tarkibi ”

Familiyasi,

ismi-sharifi

Lavozimi

1.

Almakaeva  R.M. Kafedra mudiri, pedogogika fanlari nomzodi, dotsent.

2.

Bakshutov Yu.V. Katta o’qituvchi

3.

Ortiqov X.T. Katta o’qituvchi

4.

Ergashev Ya.N. Katta o’qituvchi

5.

Mirzaxmedov M.S. O’qituvchi

6.

Omarova A.M. O’qituvchi

7.

Ochilov T.S. O’qituvchi

8.

G’iyosova N.N. Xona mudirasi