Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

O`zbekiston tarixi va siyosiy fanlar kafedrasi

«O’zbekiston tarixi va siyosiy fanlar» kafedrasi 1994 yil may oyidan beri «O’zbekiston tarixi va kulturologiya» nomi bilan mustaqil faoliyat ko’rsatib  keldi.

2000 yil fevralidan institut ijtimoiy fanlar kafedralarining faoliyatini, samarasini oshirish maqsadida tarkibiy o’zgarishlar kiritildi va kafedra «O’zbekiston tarixi va huquq» deb atala boshlandi.

2005 yilda “O’zbekiston tarixi va xuquq” kafedrasi va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedralarining birlashtirilishi munosabati bilan  u “O’zbekiston tarixi va siyosiy fanlar” deb atala boshlandi.

2004 yil 2 fevraldan boshlab kafedraga t.f.n., dots.O’ljaeva Sh.M. raxbarlik qilayapti.

Kafedra  professor-o’qituvchilari   520000- muhandislik va muhandislik ishi, 540000-ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, 850000–atrof-muhit muhofazasi, 140000-o’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasining 5522400-kimyoviy texnologiya ( ishlab chiqarish turlari bo’yicha) 5522500-neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi, 5522600 – yog’ochsozlik sanoati texnologiyasi, mashinalari va jihozlari 5522900- biotexnologiya, 5541100- oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha), 580100-atrof-muhit muhofazasi, 5140900-kasb ta’limi bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha “O’zbekiston tarixi”, “Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish”,  “Sotsiologiya”, “Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”

 

Ilmiy yo’nalishlar

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari O’zbekiston tarixining dolzarb masalalariga bag’ishlangan bo’lib, xususan “ Amir Temur davri davlatchiligi”, “Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish muammolari”, “Toshkent mahallalar tarixi”, “Amir Temur davlatida qishloq ho’jaligi rivojlanish holati”, “Axmed Zaki Validiyning Amir Temur davlatchiligi tarixi oid ijodi” kabi ko’plab ilmiy mavzularda izlanishlar olib borilmoqda.

2. “O’zbekiston tarixi va siyosiy fanlar” kafedrasining boshqa oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy – tadqiqot institutlari bilan hamkorligi

Kafedramiz jamoasi O’zMUning “O’zbekiston tarixi” kafedrasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedogogika universiteti, Toshkent davlat Yuridik instituti “Davlat va huquq nazariyasi”, “Jinoyat huquqi ” kafedralari, O’zbekiston tarixi instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlik ishlari olib boradi.

3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi

Kafedrada bu o’quv yilida salmoqli ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Agar 2009 yil 16 aprel kuni kafedra o’qituvchisi O. Nasriddinova “Huquqiy madaniyat-fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil” (yoshlar misolida) mavzusidagi  dicsertatsiyacini himoya qilgan, dissertatsiyaning tasdig’i 2009 yil 24 sentyabr OAK tomonidan berilgan bo’lsa hamda. 2009 yil dekabrda kafedra o’qituvchisi M.Hamidova “Qashqadaryo vohasi hunarmandchiligi tarixi (XIX-XX asr boshlari)” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini 2009 yil 18 dekabr kuni himoya qilib, 29.04.2010 yilda OAK dan  nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi tasdig’ini olgan.

Kafedra dotsenti M.F.Hasanova “Toshkent mahallalari tarixi (XIX -XXI asr boshlari) ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Kafedra o’qituvchisi A.Madraimovning dissertatsiya mavzusi “Istoriya Uzbekistana i ego gosudarstvennosti v nauchnom nasledii A.Z.Validi (na primere gosudarstva Amira Temura i temuridov)” O’zR FA Tarix instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashda tasdiqlandi va OAK Byulletenida e’lon qilindi.

Kafedra katta o’qituvchisi S.Abdurahimovning “Amir Temur davlatida qishloq xo’jaligi taraqqiyoti” nomli dissertatsiya  mavzusi O’zR FA Tarix instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlandi va OAK Byulletenida tasdiqlash uchun berildi.

4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash.

Kafedrada 1,3-4  kurs talabalari va orasidan bir qator talabalari kafedrada tashkil etilgan “Tarixim-faxrim” to’garagiga a’zo bo’lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, institut va respublika miqyosida tashkil etilayotgan ilmiy konferentsiyalarda o’z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

 

O’QUV-USLUBIY IShLAR

 

Bugungi kunda reja bo’yicha kafedra jamoasi o’zlariga biriktirilgan vazifalarni oxiriga etkazish ustida ish olib boryaptilar.

O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruza matniga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. Sh.M. O’ljaeva S.Abduraximov bilan hamkorlikda “O’zbekiston tarixi” fanidan elektron uslubiy qo’llanma tuzdi. “Huquqshunoslik O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish”, “Sotsiologiya”, “Politologiya. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan ma’ruzalar yangilandi.Shuningdek, ushbu fanlardan elektron darsliklar olib kelinib kafedraning virtual kutubxonasiga joylashtirildi. 2010-2011 o’quv yilida kafedra o’qituvchilari tomonidan quyidagi o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi:

1.    O’ljaeva Sh.M.  “O’zbekiston tarixi” fanidan Ya/N o’tkazish uchun o’quv-uslubiy qo’llanma.- Toshkent: TKTI 2011. -250 b.

2.    O’ljaeva Sh.M., Hasanova M.F., Hamidova M.S. O’zbekiston tarixidan o’quv-uslubiy majmua. – Toshkent, 2011.

3.    O’ljaeva Sh.M., Hasanova M.F., Hamidova M.S. O’zbekiston tarixidan o’quv-uslubiy majmua. – Toshkent, 2011.

4.    O’ljaeva Sh.M., NasriddinovaO.,  Hasanova M.F., Hamidova M.S. Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish fanidan o’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: 2011.

5.    Hasanova M.F. “Huquqshunoslik”  fanidan seminar mashg’ulotlarini o’tish uchun savol-javoblar majmuasi . -T.: 2010.-112 b.

6.    Hasanova M.F, Nasriddinova O.T. “Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish”  fanidan seminar mashg’ulotlarini o’tish uchun savol-javoblar majmuasi . -T.: 2012. -192 b.

7.    Nurmatova S.S., Abdurahimov S. R. Sotsiologiya fanidan o’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: 2011.

8.    To’ychieva T.T., Qodirova N.I. “Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”fanidan o’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: 2011.


 

KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura bo’yicha o’qitiladigan fanlar:

1.     O’zbekiston tarixi;

2.     Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish;

3.     Sotsiologiya;

4.     Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;

 

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari

Kafedri O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Tabitni muhofaza qilish qo’mitasi, “Foton” OAJ, “O’zelektroapparat-elektroshchit” OAJ, “Maksam-Chirchiq” OAJ, “Qo’ng’irot soda zavodi” UK, “Shurtangaz kimyo majmuasi”, “Shurtanneftegaz” UShK bilan aloqa o’rnatgan.

Shu bilan birga kafedra D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,  Rossiya fanlar akademiyasining Yuqori molekulyar birikmalar instituti va boshqalar.

 

“O’zbekiston tarixi va siyosiy fanlar” kafedrasi tarkibi

 

Familiyasi, ismi-sharifi Lavozimi
1. O’ljaeva Sh.M. Kaf.mudiri, dotsent (1,5)
2. Tuychieva T.T. dotsent (1)
3. Hasanova M.F. Dotsent
4. Potapova N.Yu. Dotsent
5. Abduraximov S.R. Katta o’qituvchi
6. Nurmatova S.S. Katta o’qituvchi
7. Nasridinova O.T. Katta o’qituvchi
8. Madraimov A.A. Katta o’qituvchi
9. Qodirova N.I. Katta o’qituvchi(0,5)
10. Tosheva G. Sh. Assistent (0,25)

 

 

 Kafedrada o’tadigan ilmiy konferentsiyalar, ilmiy seminarlar

 

Institutda har o’quv yilining birinchi yarmida “Xuquq oyligi”, ikkinchi yarmida esa “O’zbekiston tarixi oyligi” o’tkaziladi. Shu bilan birga kafedrada har oyning 3 chorshanbasida O’zbekiston tarixining dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy-naziriy seminarlar ham tashkil etiladi. Ushbu seminarlarda kafedra professor-o’qituvchilari o’z tadqiqot doiralari bo’yicha ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashadilar.

Biz institutning ijtimoiy-gumanitar kafedralardan biri bo’lganimiz tufayli asosiy ta’lim, tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy mas’uliyati bizning zimmamizga yuklatilgan. Shu munosabat bilan institutning har bir tadbirida faol ishtirok etib kelamiz va bu masalaga alohida jiddiy etibor qaratamiz. Jumladan, “Ma’naviyat kunlari”, haftaning dushanba kunida bo’ladigan ertalabki siyosiy-ma’rifiy tadbirlarda keng targ’ibot ishlari olib  borildi. Jadval asosida institutning turli fakultetlarida yurtimizda va xorijda bo’layotgan voqealardan talaba va professor-o’qituvchilarni muntazam ravishda xabardor qilib borildi.

O’quv mashg’ulotlarini olib borish bilan birga talabalarni tarbiyasi va ma’naviy etuk mutaxassis bo’lib etishishlari uchun institut miqyosida, talabalar turar joylarida, dushanba kunlari o’tkaziladigan ertalabki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam qatnashish bilan birga quyidagi tadbirlar ham tashkil etildi:

“Mustaqillikning  20 zarvorli qadamlari va o’zbek millatining dunyoga yuz tutishi”, “Mustaqillik, huquqiy davlat tushunchalari, ularning xalqimiz hayotidagi o’rni”,        “Ekologiya va huquq” mavzusida davra suhbati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi yuzasidan o’tkazgan davra suhbati bo’lib o’tdi.