Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi

Kafedra mudiri:

Texnika fanlari doktori, Norqobilov Adham Tilovovich

Qabul kunlari: Seshanba 1000-1100

Elektron adres: adham.norkobilov@gmail.com

Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi tarixi

1991 yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi bilan bir vaqtning o’zida institut tarkibida «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasiga asos solindi. 1996 yilda kafedraga «Informatika va hisoblash texnikasi» kafedrasi qo’shilib, «Informatika va avtomatlashtirish» kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri sifatida 1991-1998 yillarda texnika fanlari doktori Artikov Asqar Artikovich o’z faoliyatini yuritdi. 1998-2004 yillarda esa texnika fanlari nomzodi, dotsent Yunusov Ismat Inog’omovich, 2004-2005 yillarda kafedraga texnika fanlari doktori, professor Ismatullaev Patxulla Raxmatovich rahbarlik qildi. 2005 yildan professor Asqar Artiqovich Artikov kafedrani boshqargan bo’lsa, 2010-2014 yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi Hamidov Bahodir Tadjiddinovich rahbarlik qildi. 2014 yildan boshlab esa, kafedrani texnika fanlari nomzodi  Jahongir Hikmatilloyevich Hasanov boshqarib kelmoqda.

Hozirda kafedrada 3 nafar fan doktorlari, professorlar, 12 nafar fan nomzodlari-dotsentlar, 2 nafar katta o’qituvchilar va 10 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada 2011 yildan 5311000–“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqrishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 2015 yildan boshlab 5A311001–“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqrishni avtomatlashtirish” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Kafedrada o’qitilayotgan fanlarning uslubiy ta’minlanishi bo’yicha uzluksiz ish olib borilib, kafedra yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha barcha fanlardan ma’ruza matnlari, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish, talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar tayyorlanib kelinmoqda. Bakalavr va magistrlar tayyorlashda shaklan va mazmunan yangi laboratoriya ishlarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, MATLAB, MATHCAD, CoDeSys, TRACE MODE va dasturlarda asosida yangi laboratoriya ishlari ishlab chiqilib, o’quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari  asosan oziq-ovqat va kimyo sanoati muammolarini yechishga, jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirishga hamda texnologik jarayonlarga avtomatik boshqarish tizimlarini yaratishga qaratilgan.

Kafedra muntazam ravishda respublikamizning ta’lim tizimi hamda ishlab chiqarishiga yuqori malakali mutaxassis olimlar yetkazib bermoqda. Kafedra Toshkent axborot texnologiyalari huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish Markazi bilan birgalikda, shartnoma asosida hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Respublikamizning barcha texnika va texnologiya yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari bilan o’quv uslubiy aloqalar mavjud. Ayniqsa, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlariga ilmiy va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha maslahatlar berib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari 158918-TEMPUS-1-2009-1-AT-TEMPUS-JPCR CANDI loyihasida  ishtirok etgan.  Kafedrada  2009 yildan  2011 yilga qadar 6 nafar nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan (Hasanov J.H., Mamatqulov O.A., Reynazarova Z.D., Hamdamov A.M.). Yaqin kunlarda Phd ilmiy darajasini olish uchun A.T. Norqobilov Ispaniyaning Kantabriya universitetida, B.I. Yunusov esa  Toshkent kimyo-texnologiya institutida himoya qilishni rejalashtirgan.

Kafedrada “AVR va Arduino asosida qurilmalar qurish ” deb nomlangan to’garak tashkil etilgan bo’lib, bu to’garakda asosan 2-4 kurs talabalar hamda 1-2 kurs magistrantlari bilan tegishli mavzularda ilmiy rahbarlar boshchiligida ilmiy-tadqiqotlar va laboratoriya mashg’ulotlari olib borishmoqda. Talabalar ilmiy-texnikaviy anjumanlarda bajargan tadqiqotlari bilan ishtirok etishlari va olib borilgan tadqiqot natijalari anjuman to’plamlarida chop etilib kelinmoqda.

Kafedra tomonidan bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun taklif qilinayotgan fanlar:

  1. Ixtisoslikka kirish
  2. Axborot texnologiyalari
  3. Axborot-kommunikatsion tizimlar va texnologiyalar
  4. Kimyoviy injinering uchun informatsion texnologiyalar
  5. Oziq-ovqat injineringi uchun informatsion texnologiyalar
  6. Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari
  7. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
  8. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
  9. Avtomatik boshqarish nazariyasi
  10. Avtomatlashtirish elementlari va mikroprotsessorli qurilmalar
  11. Texnologik o’lchashlar va asboblar
  12. Texnologik jarayonni modellashtirish va optimallashtirish asoslari
  13. Hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari
  14. Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari
  15. Boshqarish tizimlarini identifikatsiyalash va optimallashtirish
  16. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari
  17. Muhandislik dasturlari
  18. Hisoblash usullarini algoritmlash
  19. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining strukturaviy tahlili
  20.  Texnologik jarayonlarni boshqarishda intellektual tizim asoslari
  21. Avtomatlashtirish tizimlarni loyihalash, o’rnatish va sozlash
  22. Avtomatlashgan tizimlar diagnostikasi va ishonchliligi.

 

Kafedra tomonidan magistratura ta’lim yo’nalishi uchun taklif qilinayotgan fanlar:

  1. Axborot tizimlari
  2. Texnologik jarayonlar nazariyasi
  3. Xabar berish-o’lchash tizimlari
  4. Kimyo-texnologik tizim asoslari
  5. Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish
  6. Nazorat va boshqaruvning avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari
  7. Ko’p pog’onali boshqarish tizimlari
  8. Tizimli tahlil, matematik modellashtirish va echim topish
  9. Optimal va adaptiv boshqarish tizimlari

 

 

Kafedraning ilmiy-amaliy aloqalari

Kafedra  Toshkent axborot texnologiyalari huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish Markazi, “Pokson Toshkent” MChJ QQ, “Toshkent yog’moy kombinati” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ QQ  va “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi”  UK kabi bir qator tashkilotlar bilan ilmiy tekshirish institut va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar tarkibi:

  1. Norqobilov Adham Tilovovich - texnika fanlari doktori
  2. Artikov A.A. – texnika fanlari doktori, professor
  3. Ismailov M.A.- texnika fanlari doktori , professor
  4. Yunusov I.I. – texnika fanlari nomzodi, dotsent
  5. Fayzullaev S.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  6. Imomov N.K. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  7. Boboyorov R.O. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  8. Karabaev D.T. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  9. Qodirov Sh.I. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  10. Reypnazarova Z.D. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  11. Yunusov B.I. – katta o’qituvchi
  12. Ergashev G’.J. - katta o’qituvchi
  13. O’ngboeva D.O’. - katta o’qituvchi
  14. Rasulev A.X. - katta o’qituvchi
  15. Qosimov F.O. - katta o’qituvchi
  16. Usmanov K.I. - katta o’qituvchi
  17. Islomova F.K. - katta o’qituvchi
  18. Rahmonov A.A. – asistent
  19. Tadjibayeva D.A. – assistent
  20. Jabborov A.O. – assistent
  21. Avezov T.A. – assistent
  22. Boborajabov B. N. – assistent
  23. Musayev H. P. - assistent
  24. Qurbonov Z.Ch. – assistent
  25. Iksanov F.R. – assistent
  26. Maksudova A.I - asistent