Mexanika asoslari — Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari kafedrasi

Kafedra mudiri

Safarov Toyir Tursunovich

Texnika fanlari nomzodi

Qabul kunlari: 1400-1500

Elektron adress: Safarovtt@mail.ru

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 5-maydagi UP-103 farmoniga binoan Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Politexnika institutining Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari fakultetlari asosida tashkil etildi.

Institutda “Oziq-ovqat texnologiyasi”fakulteti tarkibida “Kimyo texnologiyasining mexanika asoslari” kafedrasi tuzilib, mudir lavozimiga 1982 yilda  ToshPI tarkibida “Amaliy mexanika” kafedrasini tashkil etishda, amaliy faoliyat ko’rsatib, unga asos solgan va unga mudirlik qilgan t.f.d.prof. B.A.Shipilevskiy tayinlandi.

Bunda kafedra zimmasiga Kimyo va Oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga “Amaliy mexanika”, “Nazariy mexanika”, “Chizma geometriya va muxandislik grafikasi”  fanlarini o’qitish, hamda sohaga mos yangi adabiyotlarni yaratish, kimyo, oziq-ovqat texnologiyasi mashina va mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifalari yuklatildi.

O’quv fanlari va mashg’ulotlarning o’quv soatlari hajmini e’tiborga olgan holda ToshPIning “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika” va “Amaliy mexanika” kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilaridan t.f.n.dots.A.Gritsenko, t.f.n.dots.N.Z.Sultanov, dots.V.V.Trofimov, dots.A.S.Varnavskiy, t.f.n.dots.O.A.Ergashev, t.f.n.dots.E.I.Turapov, k.o’q.S.I.Nigmatullaev, ass.G’.Z.Shamanov, injenerlar R.Abidov, R.Yuldasheva “Amaliy mexanika” kafedrasidan, t.f.n.dots.B.A.Musaboev “Nazariy mexanika” kafedrasidan, k.o’q.M.T.Nurullaeva, k.o’q.G.Ya.Sodiqova, Z.T.Abdalieva, R.Axmedjanova, E.A.Pismannik, N.M.Sheverdina “Chizma geometriya va muxandislik grafikasi” kafedrasidan taklif etildilar.

Kafedra jamoasi Shayxontoxur tumani, Shayxontoxur ko’cha 10 uyda  joylashgan  o’quv binosi (hozirgi Islom universiteti binosi)da  o’z faoliyatini B.A.Shipilevskiyning rahbarligi ostida shakllanib, o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini boshladi. Laboratoriya xonalari zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlandi. Talabalarga “Chizma geometriya va muxandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Konstruktsion materiallar texnologiyasi” va “Soha yuk ko’tarish tashish va pnevmotransport qurilmalari” fanlaridan saboq berildi. 1991-1992 o’quv yilini yakunlab, B.A.Shipilevskiy Isroil davlatiga ko’chib ketdi. Shu sababli kafedraga 1992 yilning 10 avgustidan dekabrgacha t.f.n.dots.A.T.Turapov, 1993 yildan 2001 yilning dekabr oyigacha t.f.n. dots.E.I.Turapov rahbarlik qildi.

Kafedra tarkibiga 1993 yildan assistent lavozimiga  N.R.Barakaev  1996 yildan dotsent lavozimida t.f.n.dots.T.Jalolov va   B.F.Raxmatovlar qabul qilindi. Islom Universiteti tashkil etilishi munosabati bilan kafedra Chilonzor tumani, Lutfiy ko’chasi 8 uyda joylashgan “Fundamental fanlar” fakulteti binosiga ko’chib o’tdi.

 Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni e’tiborga olib, o’quv mashg’ulotlari hajmini qayta ko’rib chiqish va uni zamon talabiga moslashtirish maqsadida “Nazariy mexanika” va “Amaliy mexanika” fanlari birlashtirildi. Yagona fan sifatida “Amaliy mexanika” fanidan o’quv mashg’ulotlari olib borish tizimi barpo etildi. Kafedra 2001 yildan “Mexanika asoslari va muxandislik grafikasi” nomi bilan o’z faoliyatini davom ettira boshladi.

2002-2003 yilning noyabrigacha kafedraga t.f.n. prof.S.Z.G’ulomitdinov rahbarlik qildi. Kafedra Shayxontoxur tumani, Navoiy ko’chasi 32 uyda joylashgan institut bosh binoning pastki qavatiga ko’chirildi.

2003 yil 19 dekabrda kafedra mudiri etib, t.f.n. dots.O.A.Ergashev tayinlandi. Uning rahbarligida kafedra bosh binoning 2 korpusi 4 qavatiga ko’chirildi.

Kafedra jamoasi bu ko’chishlarni tashkil etishda faollik ko’rsatdi.

Kafedraga 2008  yil sentyabridan  TDTU ni muvoffiqiyatli tugatib, TKTI ning mazkur kafedrasiga 1993 yil  assistent lavozimiga ishga qabul qilingan, ilmiy va pedagogik faoliyatni birgalikda olib borgan, 2002 yil t.f.n. darajasi, so’ngra dotsent unvoniga sazovor bo’lgan yosh, iqtidorli xodim  N.R.Barakaev rahbar etib tayinlandi.

   N.R.Barakaev va jamoa sa’yi harakati bilan shu o’quv yilida jamoa tarkibi bir necha yosh iqtidorli o’qituvchilar bilan,  hamda O’zR FA M.T.O’rozboev nomidagi “Mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi instituti”ning etakchi ilmiy xodimlari t.f.d., prof. A.A.Rizaev va t.f.d.,prof.G’.A.Bahodirovlar bilan to’ldirildi.

Hozirgi kunda jamoada    dots.B.A.Musaboev, dots.I.G.Shin, k.o’qit. M.T.Nurullaeva, k.o’qit.G.Ya.Sodiqova, k.o’qit. G’.Z.Shamanov, k.o’qit. E.Sh.Inog’omov, k.o’qit. A.N.Shernaev, k.o’qit. Sh.V.Mo’minov, va assistentlar F.X.Ibragimov, M.I.Nosirov, A.A.Mamxanov, D.M.Berdiev, A.N.Berdiev, E.X.Ne’matov    A.M.Erkaevlar faoliyat ko’rsatmoqda.

O’quv va laboratoriya xonalari qayta jihozlandi, ko’rgazmali stendlar tayyorlanib, o’quv jarayoniga tadbiq etilmoqda.

  Kafedra jamoasi kafedra miqyosidagi fanlarni talabalar tomonidan chuqur o’zlashtirishlari uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, yosh etuk mutaxassislarni tayyorlashda fidokorona mehnat qilib, o’quv-uslubiy, ilmiy- tadqiqot hamda murabbiylik ishlarini olib bormoqdalar

ILMIY YO’NALIShLAR

“MEXANIKA ASOSLARI VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” kafedrasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

 

1.      OZIQ-OVQAT SANOATI MASHINA VA JIHOZLARI;

2.      KOMPOZITSION MATERIALLAR KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI;

3.      NAZARIY MEXANIKA;

4.      MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI;

5.      YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR;

6.      BOSHQARISH NAZARIYASI.

7.      KIMYOVIY TEXNOLOGIYa.

  

KAFEDRADA O’QUV USLUBIY IShLAR, O’QITILADIGAN FANLAR

Kafedrada 1,2-kurs talabalariga quyidagi fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg’ulotlari olib borilmoqda:

1)      “Chizma geometriya va muhandislik kompyuter grafikasi”;

2)      “Amaliy mexanika”;

3)      “Nazariy mexanika”.

 

KAFEDRANING USLUBIY ISHLARI

 Kafedra tashkil topgandan beri faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar “Chizma geometriya va muxandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Konstruktsion materiallar texnologiyasi”, “Soha  yuk  ko’tarish, tashish mashinalari va pnevmotransport qurilmari” fanlaridan kimyo, oziq – ovqat, hamda Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavr yo’nalishlarida tahsil  olayotgan talabalarga bilim berib kelmoqdalar.

Shu kunga qadar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 60 tadan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar va ko’rsatmalar, 12 ta o’quv qo’llanma , 3 – ta darslik, 5 ta fandan ma’ruza matni, hamda elektron versiyalar tayyorlanib, nashr etildi. 1 ta laboratoriya ishni bajarish uchun vertual stend yaratilgan va o’quv jarayoniga qo’llanilmoqda. Professor – o’qituvchilar tomonidan asos solingan ilmiy, o’quv – uslubiy majmualar,  talabalarda o’zlari tanlagan sohalari bo’yicha texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan mashina uskunalarning texnologik sxemalarini o’qishni, ularni ishonchli ishlashini ta’minlash, nazorat qilish, loyihalash va konstruktorlik ko’nikmalarini shakllantiradi, hamda tizim mashina va jixozlarining yangi liniyalarini loyixalash, hamda standart va nostandart uskuna jixozlarini tashkil etuvchi  detallarni mustaxkamlikka, chidamlilikka, bikrlikka, ustuvorlikka hisoblash,

detallar uchun material tanlashda asos bo’lib xizmat qiladi.

Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy, ilmiy – uslubiy majmualarni o’zlashtirgan talabalar quyidagi bilim va malakaviy darajaga ega bo’ladi:

–   Mashina va mexanizm detallarining chizmalarini chizish va uni  o’qish hamda fazoda, tekislikda proektsiyalash usullarini o’rganadi;

–   O’lchash asboblari va ular bilan detallarini o’lchash, o’lcham qo’yish va konstruktor hujjatlarning yagona sistemasi asosida, chizmalarning asosiy yozuvini va spetsifikatsiyasini to’ldirishni o’rganadi;

–   amaliy texnik masalalarni echishda mexanika qonunlarini tadbiq eta oladi;

–   konstruktsion materiallarning mexanik xossalarini tajriba yo’li bilan aniqlab va mashina detallari uchun material tanlay oladi;

–   mashina va mexanizmlarining konstruktsion elementlarini modellashtirish va ularda hosil bo’ladigan zo’riqish, deformatsiyalarini hisoblab, shu konstruktsiya elementini mustaxkamligini va bikrligini ta’minlash uslublarini o’rganadi;

–   mashinasozlikda ishlatiladigan mexanizmlarining strukturaviy tuzilishini taxlil etish va ularni kinematik ko’rsatkichlarini hisoblash printsiplarini biladi;

–   mashina detallarini kerakli o’lchamda tayorlash, ularni o’zaro almashtirish va mashinasozlikda standartlash asoslarini o’rganadi;

–   texnologik mashina va uskunalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarni,

–   hamda birikmalarni hisoblash va loyihalash asoslarini biladi;

–    soxa texnologik mashina va uskunalarni harakatga keltiruvchi mexanik uzatmalarni tanlash, ularni tahlil etish, xisoblash va loyihalashni o’rganadi;

–    mashina va mexanizmlarni malakali ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida  rekonstruktsiya qilish printsiplarini o’zlashtiradi.

KAFEDRANING TASHQI ILMIY VA AMALIY ALOQALARI

 Kafedramiz professor-o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqotchi xodimlari Respublikamizda sanoatni rivojlantirishda, xalq xo’jaligi uchun dolzarb bo’lgan muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining M.T.O’rozboev nomli “Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi” instituti, M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, TDTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK, TTESI, Buxoro oziq-ovqat yengil sanoat instituti,  olimlari bilan hamkorlikda bajarilmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-О‘QITUVCHILARI TARKIBI

1. Safarov Toyir Tursunovich,  kaf. mudiri, texnika fanlari nomzodi

2. Tavbaev Jumabay Saparovich, dostent, fizika va matematika fanlari nomzodi

3. Karimov Baxromali Tojimatovich, katta o’qituvchi

4. Mo’minov Shuxrat Valievich, katta o’qituvchi

5. Bеrdiеv Аmоn Nоrqulоvich, kаttа o’qituvchi

6. Shamanov Gulam Zaxidovich, katta o’qituvchi

7. Shernaev Anvar Normamatovich, katta o’qituvchi

8. Umirzaqov Rahmatillo Rahmonberdievich, katta o’qituvchi

9.Xaydarova Sharifa Kamilovna, katta o'qituvchi

10. Saidova Dildora Shasabirovna, katta o’qituvchi

11. Cho’tboev Shuxrat Daminovich, assistent

12. Karimov Mustafa Aminboevich, assistent

13. Muminov Xolmurot Turdikulovich,  assistent

14 Raximov Murodullo Yusupovich, assistent

15. Maxmudova Shaxnoza Abduvaliyevna, assistent

16.To’xtasheva Malohat Nafasovna, assistent

17. Yunusov Nosirbek Serajitdinovich, assistent

18.Mirzaxmedov Sherzod Dilmurodovich, assistent