Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Neft gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi

 

neft.h11

Kafedrani tashkil topishida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan  fan va texnika arbobi, kimyo fanlar doktori, professor marhum Abdulla Sultonovich Sultonovning xizmatlari katta bo’ldi va u kishi kafedrani boshqargan birinchi mudiridir. A.S. Sultonov kafedrani boshqarish bilan birga 1964-1974 yilgacha O’rta Osiyo neftni qayta ishlash  ilmiy-tadqiqot institutiga (hozirgi A.Sultonov nomli O’zKFITI instituti) direktorlik qildi. Kafedrani 1969 yilda birinchi bo’lib 17 ta talaba   “Asosiy organik va neft kimyo sintezi texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha muhandis-texnolog darajasini oldilar

1971 yilni aprel oyidan boshlab kafedraga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, professor O.S.Safaev mudirlik etib taynlandi. Kafedrada shu yildan boshlab dotsent A. Qodirov, dots. X.K. Salimova, ass. J. Saydaliev, ass. O.G’. Azimovlar o’qituvchilik ishlarini boshladilar.Respublika neft va gazni qayta ishlash sanoati o’sib borganligi

 

bois 1985 yildan boshlab kafedrada “Neft va gaz qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ham kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1986-1996 yillar mobaynida kafedraga kimyo fanlar nomzodi, dotsent A.Q.Qodirov boshchilik qildi.

– 1996 yil sentyabr oyida 1997 yil avgustgacha kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dotsent Nurullaev Sh.F. mudirlik qilib keldi. 1997 yil sentyabr 2011 yil yanvarigacha kafedraga kimyo fanlar nomzodi, dotsent Ismatov D.N. mudirlik qilib keldi. 2011 yildan boshlab kafedraga  texnika fanlar nomzodi, O.E Ziyadullaev mudirlik qilib kelmoqda.

– Shu kungacha kafedra 2 ta ixtisoslik bo’yicha Respublikaning kimyo,  neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalariga, hamda ilmiy-tadqiqot institutlari  uchun 2000 dan ortiq mutaxassis tayyorlab berdi.

 

ziyadullayev

Kafedra mudiri:

Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich,

texnika fanari nomzodi, dotsent.

ILMIY YO’NALIShLAR

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari.

Kafedrada asosan neft va tabiiy gaz tarkibi, ularning kimyosi va fizikasi, hamda neft va gazni qayta ishlashda boradigan texnologik jarayonlar, ularni boshqarish, nazorat qilish, neft va neft mahsulotlarni qayta ishlashda boradigan qo’shimcha reaktsiyalar, jarayonlar asosida hosil bo’ladigan asosiy va oraliq mahsulotlar, ularni ajratib olish, tozalash, ekologik jihatdan toza yangi texnologiyalarni yaratish, neft va gaz tarkibidan turli hil import o’rnini bosa oladigan yangi organik birikmalarni sintez qilish usullari va texnologiyasini topish, ularni amalda ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtisodiy jihatdan arzon texnologiyalarni yaratish ustida ilmiy amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Bundan tashqari neft, neft mahsulotlari va tabiiy gazni qayta ishlashda qshllaniladigan qurilmalar, jihozlar, asbob-uskunalar va loyihalar ustida ko’plab ilmiy izlanishlar tadqiq qilinmoqda

 

2. Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalarining natijalari.

Kafedrada «Razrabotka texnologii pererabotki otrabotannix glin pri ochistke neftyanix masel i effektivnoe ispolzovanie poluchaemix produktov» mavzusida, “Sho’rtanneftgaz” UShK korxonasi bilan 07/09 –

sonli x/sh asosida “Neftni sintezi va tadqiq qilishda deemulgatorlar” mavzusida) va x/sh 4/8 «Texnologiya utilizatsii i povtornogo ispolzovaniya rastvora ustanovki ASO -1,2 i poluchenie texnicheskogo DEA » mavzusida xo’jalik shartnomalari olib borilmoqda.

Istiqbolli reja 2011-2012 o’quv yilida Jarqo’rg’on og’ir neftni qayta ishlash qo’shma korxonasi bilan hozirgi kunda “Qorxonadan chiqayotgan neft qoldiqlarini tarkibini o’rganish va uni qo’llash sohalarini tadqiqi qilish” bo’yicha ho’jalik shartnomasi tuzilishi rejalashtirilmoqda.

Kafedrada yukori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 2011 yildan 05.17.07- “Gaz va yoqilg’ining kimeviy texnologiyasi” mutaxassislikgi bo’yicha tadqiqotchi-izlanuvchilar olish uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga  taklif berildi.

 

3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi

2011 yil (oktyabr) assistent O.E. Ziyadullaev “Fenilatsetilen asosida aromatik atsetilen spirtlari, ularni vinil efirlari sintezi va texnologiyasi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini (kimyo fanlari) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Bundan tashqari hozirgi kunda kafedra katta o’qituvchisi O.Yu. Aripdjanov (Mubarekneftegaz UShK), L.A. Yusupova “Navoiyazot”OAJ va  Sh.Sh. Menglievlar (Shurtangaz KM va Shurton UShK) ko’rsatilgan

sanoat korxonalari muammolari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish rejalashtirilgan.

4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash.

Kafedrada 2-4 kurs talabalari va 1-2 kurs magistrantlari orasidan bir qator talabalari kafedrada tashkil etilgan “Neft va gaz kimyogarlari” to’garagiga a’zo bo’lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedradagi laboratoriyada o’z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari to’plamlarda chop etildi.

O’QUV-USLUBIY ISHLAR

 

Kafedrada 5321300- Neft  va neft- gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavriatura yo’nalishi bo’yicha va 5A321302 – Neft va gazni qayta ishlash va uning kimeviy texnologiyasi, 5A321303 – Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari, 5A522504 – Neft va gazni qayta ishlash va uning kimeviy texnologiyasi va 5A522503 – Neft maxsulotlarini   tozalash  va ularning rekuperatsiyasi magistratura mutaxassisliklariga jami 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy va o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan.

O’QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura bo’yicha o’qitiladigan fanlar:

5321300- Neft  va neft- gazni qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi

-neft – gaz kimyosi va fizikasi;

– neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi;

– neft-gazni qayta ishlash korxonalari jixozlari va uskunalari;

– neft maxsulotlarini texnik tadqiq qilish;

– neft va gazni qayta ishlashda chiqindisiz  texnologiyalar;

– yoqilg’i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi;

– ixtisoslikka kirish

 

Magistratura bo’yicha o’qitiladigan fanlar:

5A321302-Neft va gazni qayta ishlash  va uning kimyoviy texnologiyasi

–         motor yoqilg’ilari va moylari texnologiyasi;

–         neft-gazni qayta ishlash  maxsus jixozlarining;

konstruktsiyasi, xisobi va ekpluatatsiyasi

– gaz va gaz kondensatlari kimyosi  va texnologiyasi;

– neft kimyosi sintezi texnologiyasi;

– neft maxsulotlarini tadqiq qilishning xromotografik usullari;

– neft va gazni qayta ishlashda kataliz;

– ilmiy tadqiqot usullari va ularning taxlili-

– neft-gazni qayta ishlash korxonalari ekologiyasi

ngqit

5A321303-Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari:

– neft-gazni qayta ishlash  maxsus jixozlarining konstruktsiyasi;

xisobi va loyixalash

– neft-gazni qayta ishlashdagi katalitik jaoayonlarning mashina

va apparatlari;

– neft va gazni qayta ishlash jarayonlarida montaj va ekpluatatsiyasi;

– neft va gazni sanoati jarayon va kurilmalari ;

– neft gazni qayta ishlash jarayonlari nazariy asoslari va  apparatlari;

– neft -gazni qayta ishlashda chiqindilarni tozalash jarayonlari va  qurilmalari;

– neft va gaz maxsulotlarini saqlash, transpartirovka qilish,

jixozlarini ishlatish;

– neft-gazni qayta ishlash korxonalari ekologiyasi

 

5A522503-Neft maxsulotlarini tozalash va ular rekuperatsiyasi:

– motor yoqilg’ilari va moylari texnologiyasi;

– neft-gazni qayta ishlash  maxsus jixozlarining  konstruktsiyasi, xisobi va ekpluatatsiyasi;

-neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilarini tozalash va ularni rekuperatsiyasi;

– neft-gazni qayta ishlash korxonalari ekologiyasi;

– neft maxsulotlarini tadqiq qilishning xromotografik usullari;

– neft-gazni qayta ishlashda katalitik jarayonlar;

– ilmiy tadqiqot usullari va ularning taxlili;

– soxa korxonalarini loyixalash

Neft gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi tarkibi

KAFEDRANING ILMIY VA AMALIY ALOQALARI

 

Kafedra bir qancha sanoat ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy amaliy xamkorlik o’rnatilgan. Jumladan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona  neftni qayta ishlash zavodi, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi, Jarqurg’on  og’ir neftni qayta ishlash qo’shma korxonasi, Shurton gaz kimyo majmuasi va Shurtan unitar shuba korxonasi, hamda O’zFA Umumiy va noorganik kimyo instituti, A.Sultonov nomidagi O’zKFITI, O’zLITI Neftegaz ITI va Lomonosov nomli Moskva nozik kimyoviy texnologiyasi instiuti va D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universitetlari bilan ilmiy xamkorlik o’rnatilgan.

 KAFEDRADA O’TADIGAN ILMIY KONFERENTsIYaLAR, ILMIY SEMINARLAR

Kafedra xar yili Respublikamiz va xorijdagi turdosh soha mutaxassislari va korxonalari bilan xamkorlikda turli xil ilmiy-amaliy va ilmiy-texnikaviy konferentsiyalar, seminarlar, ko’rgazmalar  va davra suxbatlari tashkil qilib keladi.