Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Oziq-ovqat havfsizlgi kafedrasi

1991 yilning 24 avgustida, TKTI tashkil topganidan so’ng, «Go’sht va sut mahsulotlari texnologiyasi» yo’nalishi bo’yicha mustaqil kafedra tashkil etildi.
1994 yilda texnika fanlari doktori M.M. Vakilni institut rahbariyati «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» yo’nalishga rahbar qilib tayinlandi. Shundan so’ng kafedra mustaqil faoliyat ko’rsata boshladi.
1999 yilning sentyabr oyidan boshlab, «Go’sht va sut mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bilan birlashdi va «Go’sht, sut, baliq va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi» kafedrasi deb yuritila boshlandi. 2005 yilning sentyabr oyidan kafedraning nomi «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» deb ataldi va t.f.d. Dodaev Q.O. uning mudiri etib tayinlandi.
2011 yilning sentyabr oyida «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bazasida «Oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi tashkil etildi. 2011 yilning noyabridan tanlov asosida ushbu vazifaga saylandi.
Kafedrada yuqori malakali professor-o’qituvchilar t.f.d., prof. M.A. Raximdjanov, t.f.n. A.J.Choriev, t.f.n. X.B. Inoyatova, k.f.n. S.Q.Atxamova, b.f.n. S.M. Kuriyazova, katta o’qituvchilar T.A. Ismoilov, A. Fatxullaev, A.G’. Ibragimov, assistent M.O’. Muhiddinovalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
O’zR FA akademigi, b.f.d., prof. M.E.Mavloniy, i.f.n. U.B.Ahrarovlar o’rindoshlik asosida ishlab kelmoqdalar.

ILMIY YO’NALIShLAR

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari qator muammolarni xal qilishga bag’ishlangan bo’lib, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida yangi mahsulot, oziq-ovqat qo’shimchalari ishlab chiqish, go’sht, sut konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasini takomillashtirishga yo’naltirilgan.
2. Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalarining natijalari
2010-2012 o’quv yillarida kafedraning katta o’qituvchisi A.Fatxullaev tomonidan GEOMAKS O’zbekiston-Rossiya QKda «Mahalliy xom ashyodan tayyorlangan ozuqaviy qo’shimchalarni emulgirlangan go’sht mahsulotlarida qo’llanilishini tadqiq etish» mavzusidagi ilmiy-amaliy ishi bo’yicha ishlab chiqarish korxonasida qo’llash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek Katta o’qituvchi A.G’.Ibragimov, t.f.n., katta o’qituvchi X.B.Inoyatova hamda ass. M.O’.Muxiddinovalar hamda 3-4 kurs talabalari ishtirokida MUZIMPEKS O’zbekison-Shveytsariya QK zamonaviy konserva mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha qator amaliy tadbirlar o’tkazildi.
3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi
Kafedra katta o’qituvchisi Inoyatova X.B. o’zining «Mikroorganizmlar yordamida paxta materialidagi erkin gossipolni detoksikatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, himoya qildi.
Kafedra katta o’qituvchisi A.Fatxullaev o’zining «Mahalliy xom ashyodan tayyorlangan ozuqaviy qo’shimchalarni emulgirlangan go’sht mahsulotlarida qo’llanilishini tadqiq etish» mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, 2011 yilda himoyaga tavsiya etdi.
4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash
Kafedrada 2-4 kurs talabalari va 1-2 kurs magistrantlari safidan qator iqtidorlilari kafedrada tashkil etilgan “Sharbat” va «Sertifikat-servis» to’garaklariga faoliyat ko’rsatadilar. Ularga ilmiy mavzular berilgan, ilmiy rahbarlar tayinlangan, kafedra laboratoriyalarida ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy-texnikaviy anjumanlar maqolalari to’plamlarida chop etilgan.
Kafedra qoshida 2008 yilning 3 sentyabridan boshlab 05.18.07 – «Oziq-ovqat mahsulotlari» biotexnologiyasi ixtisosligi bo’yicha aspirantura bo’limi mavjud bo’lib, unda hozir M.S.Zokirova, A.S.Usmonov, Sh.M.Mamatov, E.A.Xudoyberdievlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bomoqdalar.
Kafedra a’zolaridan t.f.d. K.O.Dodaev, t.f.d. M.A.Raximjonov, t.f.n. A.J., Choriev k.f.n. S.Q. Atxamovalar aspirantlarga ilmiy rahbarlik qilmoqdalar.
Oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi mavzuda ilmiy-tadqiqot ish olib boriladi:
1. Dodaev Q.O. «Sabzavot va meva sharbat, quyuq komponentlari ishlab chiqarish va konservalash texnologiyasi, jarayon va apparatlari».
2. Raximdjonov M.A. O’simlik moyli xom ashyodan presslash va ekstraktsion usullari bilan yog’ olishning bir bosqichli texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Choriev A.J. «Meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini IQ-konvektiv energiya uzatish usuli yordamida quritish jarayonini matema-tik modellashtirish va optimallashtirish asosida jadallashtirish».
4. Ahrarov U.B. Bozor iqtisodiyoti sharoitida umumiy ovqatlanish-ni tashkil etish va uning texnologiyalari».
5. Ismoilov T.A. Zamonaviy texnologiya asosida mahalliy xom ashyo – sutdan foydalanishning samaradorligini oshirish yo’llarini tadqiq etish hamda chet el investitsiyasi asosida rivojlantirish.
6. Ibragimov A.G. Bolalar taomlari ishlab chiqarish texnologiyasidagi muammolarni echish.
7. Fatxullaev A. Go’sht mahsulotlarini qayta ishlash texnologiya-sida yangi turdagi oziq-ovqat qo’shimchalarini qo’llash samaradorligi.
8. Inoyatova X.B. “Paxta shrotidan oqsil-vitaminga boy em tayyor-lash”.
9. Atxamova S.Q. Oziq-ovqat xom ashyosi – pektin ishlab chiqarish texnologiyasi jihatlarini o’rganish.
10. Kuriyazova S.M. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy stimulyatorlarning ta’sirini o’rganish.

Ilmiy tadqiqot natijalari «El Kol»O’zbek-Turk QK, GEOMAKS O’zbek-Rossiya QK, “MS Natural Rrodusts”, “Green-World” O’zbek-Koreya-Amerika QK va b. ilab chiqarishga tatbiq etilmoqda.
Kafedra tomonidan quyidagi mavzularda davlat granti asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:
1. T.f.d., prof. M.A.Raximdjanov: O’simlik moyli xom ashyodan presslash va ekstraktsion usullari bilan yog’ olishning bir bosqichli texnologiyasini ishlab chiqish.
2. T.f.d., prof. S.M.Turobdjanov: Go’sht sanoatida qo’llanadigan mahalliy xom ashyodan ekologik toza biologik faol ozuqaviy qo’shimchalarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqish.

O’QUV-USLUBIY IShLAR

Kafedra qoshida quyidagi yo’nalish va mutaxassisliklar bakalavr va magistrantlari o’qitiladi.
Bakalavriaturada:
5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, go’sht-sut mahsulotlari, oziq-ovqatxavfsizligi bo’yicha).
Magistraturada:
5A321001 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi;konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari; umumiy ovqatlanishni tashkil etish va uning texnologiyasi bo’yicha).
Hozirgi kunda barcha mutahassislik fanlaridan namunaviy dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Oxirgi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 9 ta darslik va o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi.

Darslik yoki o’quv qo’llanmaning nomi

Mualliflar

Hajmi (bet)

1

Go’sht sanoati korxonalarining texnologik jihozlari  (grif olindi)

Dodaev Q.O.,

Choriev A.J.,

Ibragimov A.G’.

188

2

«Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari» (grif olindi)

Vasiev M.G’.,

Dodaev Q.O. va b.

300

3

Oziq-ovqat ishlab chiqarish va konservalash kimyosi. (chop  etildi).

Q. O. Dodaev,  A.J.Choriev.

149

4

Go’sht biokimyosi.

(chop etildi).

Fatxullaev A.A.,

Musaev X.N.

160

5

Quritish, sovutish texnikasi va texnologiyasi.(chop etildi).

Q.O. Dodaev,

X.S. Nurmuxamedov, A.J. Choriev.

140

6

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash va saqlash texnologiyasi (grif olindi)

Dodaev Q.O.,

Choriev A.J.,

Qoraboev D.T.,

Ismoilov T.A.

380

7

Konserva ishlab chiqarishda sterilizatsiya va pasterizatsiya jarayonlari.  (yozib topshirildi)

Dodaev Q.O.,

Choriev A.J.,

Ibragimov A.G’.

112

8

Xom ashyoga dastlabki va issiqlik ishlovi berish jarayonlari. (yozib topshirildi)

Dodaev Q.O.,

Choriev A.J.,

Ibragimov A.G’.

150

9

Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari jihozlari. (yozib topshirildi)

Ismoilov T.A.

245

O’QITILADIGAN FANLAR

 

5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi  bo’yicha)

 1. Konservalash texnologiyasi asoslari

2. Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

3. GSKM texnologiyasi nazariy asoslari

4. Ixtisoslikka kirish (KOOMT va GS  uchun umumiy )

5. Konserva ishlab chiqarishda retseptera va hisob

6. Konserva korxona-lari jihozlari va loyihalash asoslari

7. Tanlov. Konserva ishlab chiqarishda texnik-kimyoviy nazorat

8. Tanlov. Meva va sabzavot mikrobiologiyasi

9. Tanlov. Konserva ishlab chiqarishda tara, reklama va dizayn

5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (Go’sht-sut mahsulotlari texnologiyasi bo’yicha)

 

10. GS mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining xom ashyo va materiallari

11. GSM texnologiyasi asoslari

12. GS biokimyosi

13. GS sanoati korxonalarining jihozlari

14. GSM mikrobiologiyasi

15. Texnik kimyoviy nazorat

16. Soha korxonalarini loyihalash asoslari

 

5321000  – Oziq-ovqat texnologiyasi  (Oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha)

17. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

18. Xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish asoslari

19. Oziq-ovqat mahsulot-larini texnologik, medik-toksikologik va standart ko’rsatkichlarini nazorat qilish (kontamenantlar)

20. Oziq-ovqat sanoatining umumiy  va maxsus uskunalari

21. Ixtisoslikka kirish   (OOX uchun)

 

5A321001 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari bo’yicha)

 22. Konservalash va go’sht-sutning murakkab texnologiyalari va ularning nazariy jihatlari

23. Konservalash va go’sht-sut korxonalarining miniliniyalari jihozlari

24. Konserva, go’sht, sut va baliq mahsulotlari ishlab chiqarishda hisob va hisobot

25. Konserva va  go’sht-sut mahsulotlarining nazorati va xavfsizligi

26. Go’sht, sut, baliq va konserva mahsulotlari ekspertizasi

27. Go’sht, sut baliq va konserva sanoati ikkilamchi xom ashyolarini qayta ishlash

28. Go’sht-sut hamda konserva xom ashyo va mahsulotlari mikrobiologiyasi

 

5A321003 – Oziq-ovqat xavfsizligi

 

29. Oziq-ovqat  mahsulotlarni  xavfsizligi

30. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kommunikatsiyasi

31. Xavfsizlik talablari va uni nazoratida qo’llaniladigan fizik-kimyoviy usullari

32. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejementi

33. Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

34. Oziq-ovqat mahsulotlarini standartlash va sertifikatlashtirish

35. Eksperimentni rejalashtirish. OOIChvaQIT (Mahsulot turlari bo’yicha, OOX, XK)

Kafedrada ishlab chiqarish, boshqa OO’Yu professor-o’qituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari uchun malaka oshirish bo’yicha faoliyat olib boriladi.

“Oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasi tarkibi

  Familiyasi I.Sh.

Ilmiy darajasi

1

Dodaev Q.O.

T.f.d.

2

Choriev A.J.

T.f.n.

3

Kuriyazova S.M.

B.f.n.

4

Inoyatova X.B.

 

T.f.n.

5

Atxamova S.Q.

K.f.n.

6

Raximjonov M.A.

T.f.d.

7

Ibragimov A.G’.

8

Ismoilov T.A.

9

Fatxullaev A.A.

10

Muxitdinova M.O’.

11

Mavloniy M.E.

B.f.d.

12

Ahrarov U.B.

I.f.n.

 

Jami