Kafedra mudiri
k.f.d., dots. Xandamov Davron Abdikodirovic
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (1400-1600 gacha)
telefonlar: 71 244-36-85
E-mail: dxandamov@mail.ru
Kafedraning ilmiy salohiyati 58 % |
Bakalavriatura yo’nalishlar 1. 5320400- Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) Magistratura mutaxassisliklari 1. 5A320400-Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (Asosiy organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi) 2. 5A320400 - Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (nozik organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi) 3. 5A320402 – Adsorbentlar va katalizatorlar texnologiyasi |
Organik kimyo va og’ir organik sintez texnologiyasi kafedrasi ilgari faoliyat olib borgan organik kimyo va asosiy organik sintez texnologiyasi kafedralarni birlashtirilishi natijasida 2005 yilda tashkil topdi. Kafedra bakalavriaturani 5320400- Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) hamda magistraturani 5A320400-Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (Asosiy organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi) va 5A320400 - Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (nozik organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi) mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Kafedrada yuqori malakali, tajribali professor va dotsentlar faoliyat ko’rsatmoqda, ular har bir bitiruvchining yaxshi mutaxassis bo’lishi uchun alohida yondashib ishlaydilar. 5A320402 – Adsorbentlar va katalizatorlar texnologiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Kafedrada yuqori malakali, tajribali professor va dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda, ular har bir bitiruvchining yaxshi mutaxassis bo‘lishi uchun alohida yondashib ishlaydilar.
Hozirgi vaqtda kafedrada 2-ta professor, 7-ta dotsent, 7-ta katta o’qituvchi va 4-ta assistent ishlaydi. Kafedraning professor-o’qituvchilari tarkibi quyidagicha: kafedra mudiri t.f.n., dots. S.J.Xoliqova, t.f.d., prof. Maksumova O.S., t.f.n., prof. Ikramov A., k.f.n., dots. L.A. Ismailova, t.f.n., dots. X.E. Qodirov., t.f.n, dots. O.A. Salixova, k.f.n, dots. Abduraimov B.M., t.f.n., dots. Ergasheva D.A., k.f.n., dots. Xandamov D.A., k.f.d., dots. Beknazarov X.S., katta o’qituvchi Abdurazakova G.T., Turobjonova S.Sh., Matkarimova N.S., Maxmudova F.A., Sadullaeva O.B., assistentlar Xakimova G.R., Nigmatova K.X., Gazixodjayeva N.M., Xoliqulov B.N. Islomova Yu.U., Latipova I.I. va yordamchi xodimlar tarkibi: xona mudirasi Xamdamova F.A., katta laborant Mirzaxmedova N.N. va boshqalar.
Kafedra o’qituvchilari fan va texnika sohasidagi yangi yutuqlarni muntazam o’rganib borishadi. Buning natijasida o’qitiladigan mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv reja qaytadan ishlandi. Talabalarni o’qitish va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda yangi zamonaviy jixozlar bilan ta’mirlangan organik kimyo va asosiy organik sintez laboratoriyalaridan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda kafedraning organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish bakalavr yo’nalishi bitiruvchilariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Bu esa, yosh mutaxassislarni oliy ta’lim dargohida yuqori malakaga ega bo’lishliklarini ko’rsatmoqda. Buni har yildagi abiturientlarni yuqori konkursi orqali ham kuzatish mumkin. Har yili ushbu mutaxassislikni tugatayotganlar 2-3 dan 5-6 gacha imtiyozli diplom olishga muvaffaq bo’lishmoqda. Bakalavrlarni tayyorlashda malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlari ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, talabalar amaliyotlarni neft va gazni qayta ishlash etakchi korxonalaridan bo’lgan Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Navoiazot OAJ, Chirchiq Maksam OAJ va boshqa korxonalarda o’tkazmoqdalar.
KAFEDRANING O’QUV-USLUBIY ISHLARI
Oxirgi 3 yil mobaynida kafedra xodimlari tomonidan intellectual muk agentligidan 4ta patent, 5 ta darslik, 5ta monografiya, yakuniy nazorat ishlari uchun test savollari (800 dan ortiq), oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun yozma ish variantlari, organik kimyo va mutaxasislik fanlaridan mustaqil ishlash uchun savollar to’plami tayyorlandi. 5320400-Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) hamda magistraturani 5A320400-Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (Asosiy organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi) va 5A320400 - Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (nozik organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi) mutaxasisligi bo’yicha davlat ta’lim standartlari yaratildi. Barcha mutaxasislik fanlaridan ishchi reja tuzilgan bo’lib, unda o’tiladigan ma’ruza, laboratoriya va seminar mashg’ulotlarini kalendar rejalari, reyting jadvallari o’z aksini topgan. Organik kimyo va mutaxasislik fanlaridan laboratoriya va seminar mashg’ulotlarini o’tkazish uchun lotin va ingliz grafikasida metodik qo’llanmalar tayyorlangan.
O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:
5320400 – Kimyoviy texnologiya (organic moddalar)
– organik kimyo;
– materialshunoslik;
– ihtisoslikka kirish;
– organik moddalar sintezi;
– organik sintezda chiqindisiz texnologiyalar;
– organik sintez jixozlari;
– organik moddalarni spectral usulda tadqiq qilish;
– organik sintezda kataliz va katalizatorlar
– nozik organik sintaz mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi
– nanokimyo va organik nanomateriallar
– organik ingibitorlar sintazi va texnologiyasi
Magistratura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:
5A320400– Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (Asosiy organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi)
– asosiy organik sintez mahsulotlari kimyosi va texnologiyasi;
– organik moddalar va ular asosidagi materiallar;
– organik birikmalar reaksiyalari mexanizmlari;
– organik mahsulotlar olish texnologiyasida katalitik jarayonlar.
5A320400 – Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (nozik organik sintez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi)
– organik pestisidlar kimyosi va texnologiyasi;
– biologic faol moddalar kimyosi va texnologiyasi;
– organik bu’yoqlar kimyosi va texnologiyasi;
– organik moddalar va ular asosidagi materiallar;
5A320402 – Adsorbentlar va katalizatorlar texnologiyasi
- Adsorbentlar, adsorbsiya jarayonlari kinetikasi va termodinamikasi
- Adsorbentlarni tadqiq qilish usullar
- Katalizatorlarni tadqiq qilish usullar
- Dispers va g‘ovakli materiallar teksturasi
- Adsorbsion texnika asoslari
KAFEDRANING ILMIY ISHLARI
Kafedra xodimlari tomonidan maxalliy xom-ashyolar asosida import o’rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar olish uchun chiqindisiz, ekologik toza, resurslarni tejaydigan yangi texnologiya yaratish mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Oxirgi 3 yil davomida 3-ta grant asosida quyidagi ilmiy ishlar bajarilmoqda:
1. AITD-6-070 «Mahalliy xom-ashyolar asosida yangi korroziya ingibitorlari sintezi va xossalari».
2. AITD-6-062 «Maxalliy xom-ashyolar asosida yangi ion almashinuvchi smolalar sintezi va xossalari»
3. ПЗ-20170930351 «Suv ta’minoti uchun korroziya, mineral tuzlariga qarshi va biotsidlik xususiyatli kompleks ingibitorlar sintezi va texnologiyasi »
4. ОТ-Ф7-04 «Sho’rton gas-kimyo majmuasi oraliq mahsulotlari (suyuq olefinlar) asosida faol-funktsional birikmalarning strukturasi va xossalari».
2007-2019 yillarda professorlar Ikromov A., Yusupov D., Maksumova O., X.E.Qodirov rahbarligida 10-ta nomzodlik va 3 ta doctorlik dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
KAFEDRA HAMKORLIK QILAYOTGAN KORXONALAR, OLIY O’QUV YURTLARI.
Kafedra quyidagi ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassalari bilan o’zaro ilmiy-pedagogik hamkorlikda ishlaydi:O’zKimyosanoat DAK. A.Sultonov nomidagi O’zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti. S.Yunusov nomli “O’simlik moddalar kimyosi instituti”. Navoiazot OAJ. Chirchiq Maksam OAJ. Sho’rton Gaz-kimyo majmuasi. O’zbek neft-gaz MXK. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi. O’zLITINeftGaz. Toshkent davlat texnika universiteti. Toshkent to’qimachilik va engil sanoati instituti. Gubkin nomli Moskva neft va gaz instituti. M.V.Lomonosov nomli Moskva nozik kimyoviy texnologiya akademiyasi. Toshkent farmatsevtika instituti. O’zbekiston Milliy universiteti.
KAFEDRADA O‘TADIGAN ILMIY KONFERENSIYALAR VA ILMIY SEMINARLAR
Kafedra har yili Respublikamiz va xorijdagi turdosh soha mutaxassislari hamda korxonalari bilan hamkorlikda turli xil ilmiy-amaliy va ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari tashkil qilib keladi.
KAFEDRANING XORIJIY OLIY O’QUV YURTLARI BILAN HAMKORLIGI
Toshkent kimyo-texnologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 aprel 2909-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Qozon milliy tadqiqotlar texnologiyasi universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “El yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 iyul PF-5121-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, “El yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va magistratura va PhD dasturlari asosida ta’lim olishga yuborish bo‘yicha "Organik kimyo va og’ir organik sintez texnologiyasi" kafedrasi o’qituvchilari Qodirov X.E. va Matkarimova N.S.lar malaka oshirib kelishdi (Qozon milliy tadqiqotlar texnologiyasi universeteti va D.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti).
KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI RO‘YXATI
№ |
F.I.O |
Lavozimi |
1 |
Xandamov D.A. |
Dotsent, k.f.d. |
2 |
t.f.n., dots. |
|
3 |
Professor, k.f.d. |
|
4 |
Professor, t.f.d. |
|
5 |
Dotsent, t.f.n. |
|
6 |
Dotsent, k.f.n. |
|
7 |
Dotsent, t.f.n. |
|
8 |
Dotsent, t.f.n. |
|
9 |
Beknazarov X.S. |
Dotsent, t.f.d. |
10 |
Dotsent, t.f.d. |
|
11 |
Katta o‘qituvchi |
|
12 |
Katta o‘qituvchi |
|
13 |
Katta o‘qituvchi |
|
14 |
Katta o‘qituvchi |
|
15 |
Katta o‘qituvchi |
|
16 |
Assistent |
|
17 |
Assistent |
|
18 |
Assistent |
|
19 |
Assistent |
|
20 |
Assistent |
|
21 |
Islomova Yu.U. |
Assistent |