Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedrasi

Kaf mudiri: 

Teshabayeva Elmira Ubaydullayevna

Texnika fanlari doktori, dotsent

       

 

     Kafedra «Plastmassa texnologiyasi» nomi bilan 1959 yili, hozirda texnika fanlari doktori, professor Abdurashidov To’xtamurod Rashidovich rahbarligida tashkil etilgan. O’sha vaqtdan to 1993 yilgacha (1973-1980 yillari kimyo fanlari nomzodi, dotsent Toirakberova Dilorom Musayevna mudirlik qilgan) Abdurashidov T.R. kafedraga rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda Abdurashidov T.R. kafedraning eng yetakchi professori bo’lib ilmiy maslaxatchi vazifasini bajarmoqda. Bundan tashgari akademik M.A.Askarov kafedraning ilmiy faoliyati, professor- o’qituvchilarning va magistr talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish buyicha kafedraning ilmiy maslaxatchisi etib tayinlangan. 

1967 yildan kafedra «Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi» nomi bilan yuritilgan. 1995 yildan «Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi», «Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi» hamda «Yuqori molekulali birikmalar texnologiyasi» kafedralarining qo’shib yuborilishi munosabati bilan, 2001 yilgacha kafedra «Plastmassa va yog’ochni qayta ishlash texnologiyasi» nomi bilan atalgan. 1995 yildan 2004 yil mart oyigacha kafedra tashkilotchisi prof. Abdurashidov T.R.ning o’quvchisi, kimyo fanlari doktori, professor Magrupov Farxod Asadullayevich kafedraga rahbarlik qilib keldi. 2001 yildan 2004 yil mart oyigacha kafedra «Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi» nomi bilan yuritilgan. 2004 yil mart oyidan boshlab kafedra «Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi» nomi bilan atalmoqda. 2004 yildan 2009 yil mart oyigacha kafedraga Kimyo fanlari doktori, professor Djalilov Abdulaxat Turapovich mudirlik qilgan. . 2009 yildan 2012 yilgacha kafedraga texnika fanlari nomzodi, dostent Adilov Ravshan Erkinovich mudirlik qilgan.

Hozirgi kunda kafedraga texnika fanlari doktori, dotsent Teshabayeva Elmira Ubaydullayevna mudirlik qilmoqdalar.

Kafedrada turli vaqtlarda akademik Asqarov M.A., fan doktorlari professorlar Shipilevskiy B.A., Yusupbekov A.X., Ro’ziyev R., Xonxodjayeva D.A., Tadjixodjayev Z.A., fan nomzodlari, dotsentlar Markman N., Maxsudov Y.M., Toirakberova D.M., Salimsakov Y.A., Mustafin V.R., Xoshimova S.V., Shayxova B.K., Axundjanov J.B., Asqarov M.I, Sirov I.M., Tsatskin M.L., Itskovich Y.A., Mirvaliyev M., Berlyand A.M., Karimov V.S. va boshqalar faoliyat ko’rsatganlar. Hozirgi vaqtda kafedra o’quv ishlarida akademik professorlar: Abdurashidov T.R., Djalilov A.T., Magrupov F.A., Mirkomilova M.S., Ibodullayev A.S., Alimuxamedov M.G., dotsentlar va fan nomzodlari Adilov R.I., Teshabayeva E.U., Tillayev A.T., Tadjixodjayeva U.B., Ayxodjayev B.B., Nizomov T.A., Abdumavlyanova M.K., Jurayev A.B., Ostonov O’.Y., assistentlar Ishmuxamedova M.G., Axmedova M.A., yordamchi hodimlar: injener Akbarova S., lab.mudiri Umarova V., lab. Rustambekov M., stajyor tadqiqotchi izlanuvchi Nuraliyev U., Qurbonova M., Karimov M., Erkayev A., Ziyamuxamedov U. va katta ilmiy hodim-izlanuvchi Akmalova G.Y.lar faol qatnashganlar va hozirda ham ulardan ko`pgina hodimlar o`z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.

Shu vaqtgacha kafedrada: Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi bo’yicha – 1200 dan; Rezina texnologiyasi bo’yicha-500 dan; Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar, plastmassa va elastomerlarni kimyoviy texnologiyasi bo’yicha) yo’nalishi bo’yicha - 350 ta bakalavr: Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi mutaxassisligi bo’yicha- 75 ta magistr; Kauchuk va rezina kimyoviy texnologiyasi magistratura mutaxassisligi bo’yicha 32 ta magistr tayyorlandi.

2016-2017 o’quv yilida kafedra yo’nalish va mutaxassisliklari bo’yicha – 5320400 Kimyoviy texnologiya (135 bakalavr Yuqori molekulali birikmalar,  va elastomerlar);  5321800 – Rezinotexnik maxsulotlar ishlab chigarish  texnologiyasi (30 bakalavr); 11 ta magistrant 5A320405 – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi  (polimerlar ishlab chigarish texnologiyasi) mutaxassisligi; 8 ta magistrant 5A321801 – Rezinotexnik maxsulotlar ishlab chigarish  texnologiyasi mutaxassiligi bo’yicha ta’lim olmoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilari ohirgi 5 yilda bakalavriatni uchta yo’nalishi va magistraturaning uchta mutaxassisligi bo’yicha Davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalarini yaratdilar,  35 ta fan bo’yicha namunaviy dastur, 35 ta fan bo’yicha ma’ruza matnlari, 35 ta o’quv-uslubiy qo’llanma yozib chop etdilar. Shu jumladan prof. T.R.Abdurashidovning 30 bosma taboqli «Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi» nomli o’quv qo’llanmasi, prof. M.S.Mirkomilovaning “Analitik kimyo” nomli o’quv darsligi va prof. A.T.Djalilovning “Sintez i svoystva reaksionnoaktivnыx polimerov” nomli monografiyasi,  A. Ibodullaev, E.Teshabaeva  “Rezina qorishmalarini ishlab chiqarish texnologiyasi” darslik chop etildi.

     So‘nggi yillarda kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasida (SHGKM) mavjud muammolarni xal etishga xam qaratilgan. Bu tadqiqotlar natijasida SHGKMda ishlab chiqarilayotgan yangi polietilen markalari yaratilgan, ular asosida yupqa va shaffof plenkalar olish imkoniyatlari mavjuddir. Ishlab chiqarilayotgan polietilen tarkibiga maxalliy xom-ashyo to‘ldiruvchilari qo‘shilgan  PKM sanoat ishlab chiqarish tarmoqlariga tadbiq qilingan.

Kafedrada 23dan ortiq fan doktorlari, 100 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan. 1970 yildan boshlab kafedra qoshida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash o’z faoliyatini davom ettirib kelayapti. Kafedra hodimlari 1000 dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar muallifi hisoblanadilar.  Kafedra D.I. Mendeleyev nomli Rossiya Kimyo-texnologiya universiteti, Moskva nozik kimyoviy texnologiyasi Akademiyasi, Sankt-Peterburg texnologiya instituti, Qozon Davlat-texnologiya universiteti, Saratov Davlat texnika universiteti, Almato’ Davlat universiteti, Chimkent Kimyo-texnologiya instituti kabi oliy ta’lim muassasalari, hamda Moskvadagi Plastmassa ilmiy-tekshirish instituti, Vladimir «Polimersintez» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Sankt-Peterburg polimerlar olinadigan plastmassalar, Ukraina milliy akademiyasining “Yuqori molekulali birikmalar kimyosi” ilmiy tekshirish institutlari, Kanadaning “Nova Chemical” ilmiy-texnik markazlari bilan yaqin aloqalar bog’lab turadi. Kafedra talabalari turli yillarda Chexoslovakiya (hozirgi Chexiya va Slovakiya), Bolgariya, Polsha, Estoniya, Latviya, Litva, Rossiya, Ukraina davlatlarida amaliyot o’taganlar. Kafedraning hozirgi kunda «Sho’rtangaz» kimyo majmuasi, «Sovplastital» qo’shma korxonasi, Toshkent Davlat Texnika universiteti qoshidagi «Fan va taraqqiyot» Davlat Unitar Korxonasida hamda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti Davlat Unitar Korxonalarida filiallari mavjud. Yozgi tanishuv, ishlab chiqarish amaliyotlarini talabalar «Sho’rtangaz» kimyo majmuasida, «SovplastItal» QKsida, «Qarshi termoplast» QKsida, Toshkent lok bo’yoq zavodida, «Xobos» QKsida, «Qanor» QKsida, «Uzkabel» QKsida, «Qatron» QKsida, «Kafolat rezina» korxonalarida o’taydilar. Iqtidorli talabalar kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga, xo’jalik shartnomalari asosida olib boriladigan ishlarga jalb etiladilar.

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari. Kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotning ustivor yo’nalishi maxaliy xom-ashyo sanoat chiqindilari asosida polimer kompozitsion materiallar yaratishdir. Bu arzon, sifatli maxsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilan birga, atrof-muxitni ximoya qilish muammolarini xal qilish imkonini beradi. Kafedra tashkil topgan vaqtdan beri «Tarkibida pentozan saqlovchi xom a’shyo asosida polimer maxsulotlari ishlab chiqarish», hamda «Maxalliy organik va anorganik to’ldirgichlar asosida polimer kompozitsiyalari yaratish» muammolarini xal etishga qaratilgan ilmiy-tekshirish ishlari amalga oshirilib kelinayapti. Bu ishlar natijasida neytral muhit va nisbatan past haroratda choklanishga moyil furan oligomerlari yaratishning nazariy asoslari yaratilib, oligomerlar xosil bo’lishi va ularning choklanishini yangi mexanizmi taklif etildi, hamda tajribalar asosida isbotlandi. Tarkibida bir furan halqalari va elastik alifatik radikallar, furan halqalari hamda amid va uretan guruxlari saqlovchi yangi turkumdagi polimerlar sintez qilindi.

2. Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalarining natijalari.

F-7-11 “Yuqori molekula massali termoreaktiv oligomerlarni tikilgan xolga o‘tish qonuniyatlari” ( ilmiy raxbari prof. Magrupov F.A.). 2017-2021 y.y.

Ushbu  o‘quv yilida tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, furfuril spirti va gidroksilsaqlovchi poliefirpoliollar asosida yuqoriroq massali oligomerlar olish uchun polikondensatlanish jarayonini bir nechta bosqichda o‘tqazish kerak. SHu kungacha molekula massasi 7000-8000 ming bo‘lgan furfuril oligomerlari uch yoki turt bosqichli usulda olishga erishildi. Ishning asosiy mazmuni shundan iboratki sooligomer olinishidagi ishlatiladigan katalizator bosqichma bosqich oz-ozdan qo‘shiladi. Furfuril spirti oligomerlari molekulyar massasi ortishi bilan qaysidir chegarada ularning atsetonda eruvchanligi yomonlashib, siklogeksanonda eriydigan holga o‘tadi. Tomchi tushish harorati ham sooligomerni molekula massasini ortishi bilan ko‘tarilishi aniqlandi.

ITD-12-11 «Polifunksionalnыe oligomerы i razrabotka texnologiy proizvodstva vspenennыx plastmass na ix osnove” (loyixa  raxbari t.f.d., prof. M.G. Alimuxamedov) 2015-2017y.y.

Ushbu o‘quv yilida monomer va oligomer gidroksilazotsaklovchi birikmalar asosida kupik poliuretanlar olish konuniyatlari urganildi. Xususan gidroksilazotsaklovchi birikmalarning konsentratsiyasining ortishi kupik poliuretanlarning shakllanish parametrlarini tezlashishiga, fizik-mexanik xossalarning yaxilanishiga olib kelishi kursatildi. Kupik poliuretanlar shakllanish parametrlari va fizik-mexanik xossalariga gidroksilazotsaklovchi birikmalarning tabiatining va funksionalligining ta’siri kursatib berildi. Tarkibida xalka (gidro simm-triazin) bulgan gidroksilazotsaklovchi birikmalarnin katalitik faolligi yukoriligi aniklandi. SHu bilan birga makromolekula tarkibiga xalka kiritilishi kupik poliuretanlarnin issiklikbardoliini oshishiga sabab bulishi kursatildi.     Gidroksilsaklovchi ammoniy oligomerlari asosida sepma kupik poliuretanlarning optimal retsepturalari ishlab chikildi. Kupik poliuretanlar olish kompozitsiyalarningg fizik-kimeviy xossalari urganildi.

2016-7-1 - Polietilentereftalat saqlovchi maishiy chiqindi alkogoliz mahsulotlari asosida to‘yinmagan poliefirlar olish texnologiyasini tadbiq etish ( iinovatsion loyixa  raxbari t.f.d., prof. M.G. Alimuxamedov) 2016-2017y.y.

Ushbu o‘quv yilida ikkilamchi polietilentereftalatni turli spirtlar va ularning aralashmalari ishtirokida alkogoliz jarani o‘rganildi. Bunda alkogoliz uchun olingan etilenglikolni o‘rniga propilengglikol bilan almashtirilishi, ular asosida olingan to‘yinmagan poliefirni maksimal ekzotermik harorati va mustaxkamligi ortishi kuzatildi. Olingan TPElarning texnologik va mexanik xossalari aniqlandi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida “Uzkabel” QK sinov uchastkasida dastlabki tajriba sinov partiyasi ishlab chiqildi. Hozirda ushbu namunalarning texnologik va mexanik xossalarining tadqiqi o‘rganilmoqda.

ITD -12-37 “Ikkilamchi uglerodli birikmalar bilan to‘ldirilgan elastomer kompozitsiyalar tarkibi va ular asosida maxsus rezina-texnika buyumlari va kabel olish texnologiyasini yaratish ” (loyixa  raxbari t.f.d., prof. Ibodullaev A.S., . 2015-2017y.y.

          Respublikamizda rezina-texnika buyumlari va kabel ishlab chiqarish   bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan OAJ Oxangaron rezina–texnika, Toshkent rezina-texnika, CHMJ ”Kafolat rezina”, OAJ Namangan rezina-texnika, OAJ“Uzkabel” QK va Angrenda Xitoy davlati bilan qurilayotgan  “Angrenshina” QK, OAJ ”Jizzax akkumulyator” QK respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun har xil rezina-texnika buyumlari, kabel’, avtomobillar va qishloq-xo‘jalik mashinalari uchun shinalar ishlab chiqarilmoqda va chiqarish rejalashtirmoqda Bulardan tashqari  OAJ Olmaliq va Navoiy metallurgiya kombinatlari, DATK“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalari qoshida rezina-texnika buyumlari ishlab-chiqarish sexlari mahsulot chiqarishmoqda. Bu mahsulotlarni ko‘pchiligi mahsus xossalarga ega (issiqqa va sovuqqa, ishqorga, organik erituvchilarga, benzin va moyga, elektr zaryadlari va radiatsiyaga chidamli) bo‘lgan rezina-texnika buyumlaridir. Mavzuni dolzarbligi yuqoridagi mahsus xossaga ega bo‘lgan buyumlarni olish uchun barcha xom-ashyolar chetdan olib kelinadi va olinadigan mahsulotni qiymati oshib ketmoqda. SHu mahsulotlarni olish uchun maxalliy va ikkilamchi xom-ashyolarni tanlash va ishlab chiqarishdan olinayotgan mahsulotlarni xossalarini yaxshilagan holda mahalliylashtirishdan iboratdir.

Loyihada mahsus sharoitlarda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari va kabel olish uchun “Navoiazot” OAJ atsetilen olishda hosil bo‘luvchi chiqindi uglerodli birikma ishlatilishi ko‘zda tutilgan. Bu  ikkilamchi xom-ashyo hozirgi kunda Respublikamizda o‘z echimini kutmoqda. Uni qayta ishlash respublikamizga iqtisodiy samara berish bilan birgalikda atrof muhitni muhofaza qilishga olib keladi.

 Ikkilamchi uglerodli birikmalar bilan to‘ldirilgan elastomer kompozitsiyalar tarkibi va ular asosida issiqqa, sovuqqa, ishqorga, organik erituvchilarga, benzin, moylarga, elektr zaryadlari va radiatsiyaga chidamli maxsus xossalarga ega bo‘lgan rezina-texnika buyumlari hamda kabellar olish texnologiyasini yaratish. SHu mahsulotlarni olish uchun maxalliy va ikkilamchi xom-ashyolarni tanlash va ishlab chiqarishdan olinayotgan mahsulotlarni xossalarini yaxshilagan holda mahalliylashtirishdan iboratdir.

Ikkilamchi xom-ashyo uglerodli material qo‘shilib rezina qorishmalari tarkibini tuzish, ularni texnologik fizik-mexanik xossalarini o‘rganish. YAratilgan rezina qorishmasidan issiq va sovuqqa, organik erituvchilarga, elektr quchlanishdagi teshilishga, radiatsiyaga chidamli rezina-texnika va kabel olish texnologiyalarini yaratish va ishlab chiqarishda qo‘llash.

3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi.

Kafedra ilmiy tadqiqotchisi Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘lining “Ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotlari asossida yangi polimerlar yaratishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, kafedra majlisi muhokamasidan, katta ilmiy kengashga taqdim etdi. Kafedra izlanuvchi-tadqiqotchisi Alimov I.M. “Razrabotki texnologii polucheniya vqsokokachestvennыx polimerno drevesnыx materialov na osnove poliolefinov” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, kafedra majlisi muhokamasiga taqdim etdi.

 

 

 

O’QITILADIGAN FANLAR

BAKALAVRIATURADA

5320400 – Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar) ta`lim yo`nalishi bo`yicha:

  1. Polimer-kompozitsion materiallarni yaratish asoslari
  2. Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi
  3. Polimer ishlab chiqarish mashina va apparatlari
  4. Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi
  5. Poliolefinlar texnologiyasi
  6. Polimer ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash asoslari

 

5321800 – Rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ta`lim yo`nalishi bo`yicha:

  1. Polimer-kompozitsion materiallarni yaratish asoslari
  2. Rezinalarning tuzilishi va xossalari
  3. Rezino-texnik buyumlar texnologiyasi
  4. Rezina qorishmalarini ishlab chiqarish texnologiyasi
  5. Elastomerlarni qayta ishlash mashina va apparatlari
  6. Shinalar texnologiyasi

MAGISTRATURADA

5A320405 – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi) ta`lim yo`nalishi bo`yicha:

  1. YuMB sintezining kinetikasi va mexanizmi
  2. YuMB ishlab chiqarish jarayonida struktura va xossalarini rostlash
  3. YuMB fizikasi va mexanikasining asoslari
  4. YuMB ishlab chiqarish jihozlari va ularni tanlash
  5. Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
  6. Furan polimerlari kimyosi va texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari
  7. Qoplama hosil qiluvchi polimerlar kimyoviy nazariy asoslari

 

5A321801 – Rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ta`lim yo`nalishi bo`yicha:

  1. Elastomer kompozitsiyalari yaratishning nazariy asoslari
  2. Elastomer kompozitsiyalari olish korxonalarini loyihalash
  3. Elastomer kompozitsiyalarini tayyorlash texnologiyasi
  4. Eskirgan rezino-texnika buyumalri va shinalarni qayta ishlash texnologiyasi

 

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari

Kafedri Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Polimerlar kimyosi va fizikasi” instituti, TDTU qoshidagi “Fan va taraqiyot” DUK, OAJ “Sovplastital” QK, “Uzkabel” QK, “Elit polimer” O’zbekiston-Angliya, QK, OAJ “Toshkent lok buyoq zavodi”, MChJ “Kafolat rezina”, “Shurtangaz kimyo majmuasi” bilan aloqa o’rnatgan.

Shu bilan birga kafedra D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti, Rossiya fanlar akademiyasining Yuqori molekulyar birikmalar instituti va boshqalar bilan o’zoro aloqalar o’rnatilgan.

 

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVChILARINING TARKIBI

  1. Teshabayeva E.U. -
  2. Abdurashidov T.R.
  3. Magrupov F.A.
  4. Ibodullayev A.S.
  5. Djalilov A.T.
  6. Mirkomilova M.S.
  7. Adilov R.I.
  8. Alimuhamedov M.G.
  9. Tadjixodjayev Z.A.
  10. Tillayev A.T.
  11. Nizomov T.A.
  12. Tadjixodjayeva U.B.
  13. Ayxodjayev B.B.
  14. Yuldashev D.Y.
  15. Jo`rayev A.B.
  16. Ishmuxamedova M.G.
  17. Jumanov L.E.
  18. Aripova M.I.