Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Ma`naviyat va ma`rifat markazi

Ilmli va madaniyatli mutaxassislar tayyorlashda hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish borasida ma’naviy- ma’rifiy ishlarning juda muhimligini e’tiborga olib, TKTIda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amaliy tadbirlar olib borilmoqda:

  • Ma’naviy–axloqiy tarbiya mohiyati, shaxsning kamol topishi, milliy, umumbashariy, diniy meros va qadriyatlardan samarali foydalanish yo’llarini takomillashtirib borish.
  • Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar jarayonini boshqarish tizimini takomillashtirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini samarali qondirish, bu borada amaliy qoidalar va metodik tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
  • Institutda sport-sog’lomlashtirish majmualari, kommunal xizmati, talaba yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazili-shini tashkil etish va madaniy dam olish muassasalari fao-liyatini kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga yordam berish, mahalla va turli jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni bevosita mustahkamlash.
  • Talabalar o’rtasida turli tanlovlar, festivallar, olimpi-ada, spartakiadalar o’tkazish va badiiy havaskorlik to’garak-larini hamda ijodiy ko’rgazmalarini tashkil etib borish.
  • Talabalarni musiqa–badiiy madaniyat darajasini ko’tarish, yoshlarni jahon va milliy badiiy, musiqaviy durdonalari bilan muntazam tanishtirib, radio, televidenie va matbuotda ma’naviy – ahloqiy, tarbiya mavzuda chiqishlar tashkil etish, milliy ma’naviyat va ahloq masalalari borasida targ’ibot ishlarini kuchaytirib borish.

 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Ma’naviyat va marifat” markazining
N I Z O M I

Markaz institutda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish, sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko’rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo’limlar, jamoat tashkilotlari va kafedralarning ma’naviyat sohasidagi ilg’or tajribalarini ommalashtirish, zarur ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, adabiyotlar tayyorlash va chop ettirish, talabalarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

Umumiy qoidalar:

 

  • Markaz institut rektorining buyrug’i asosida tuziladi;
  • Markazning ishchi tarkibi institutning shu soha bo’yicha etakchi mutaxassislar, professor-o’qituvchilar va xodimlaridan tashkil topadi;
  • Markaz ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha 1-prorektor rahbarligida faoliyat ko’rsatadi;
  • O’z faoliyatini yo’lga qo’yishda markaz fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari va kurs murabbiylari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
  • Markaz Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi: joriy hamda istiqbol rejalariga ega bo’ladi.

Markazning maqsadi:

Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g’ayriinsoniy g’oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O’zbekistonning chinakam fidoiysi bo’lib etishtirishdan iborat.

Markazning vazifalari:

  • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o’tkazish;
  • Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo’lga qo’yish;
  • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni tashkil etish;
  • Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko’maklashish;
  • Universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish;
  • Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishdaishtirok etish.

Markazning huquqlari:

  • Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni nazorat qiladi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir vazirlik buyruqlari va ko’rsatmalarining fakultetlardagi ijrosini tekshiradi;
  • Dekanning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha muovinlarini tayinlash hamda vazifalaridan ozod qilishga doir yig’inlarda bevosita ishtirok etadi va o’z takliflari bilan qatnashadi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko’rsatmalar, tavsiyalar beradi;
  • Professor-o’qituvchilarning yillik o’quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandning to’liq bajarilishini nazorat qiladi, baholaydi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari olib borgan ishlar yuzasidan har semestr yakunida markaz rahbariga hisobot beradilar;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko’rsatgan fakultet, bo’lim va kafedra jamoalari faollarini moddiy, ma’naviy rag’batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar beradi.

E-mail:  nailaxon@bk.ru

Adres: Toshkent-100011, Navoiy-32, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Blok A, 406 kabinet
Telefon: 244-79-24