“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti

Toshkent kimyo-texnologiya instiututi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 mayda tashkil topgan. Tashkilotning asosiy vazifasi – talabalar huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ularning taklif va istaklarini o’rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko’maklashish, o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda boshlang’ich tashkilotning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, sport-sog’lomlashtirish, vatanparvarlik va ekologik masalalar, iqtidorli yoshlar bilan ishlash, huquqiy-ijtimoiy himoya va maslahatlar, tashabbus va loyihalar, yoshlar muammolarini o’rganish, tashkiliy-uslubiy va kadrlar, etakchi qizlar bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Institut fakultetlarida “Kamolot” tashkiloti bo’limlari faoliyat yuritadi.

Kengash a'zolari

Boshlang‘ich tashkilot Kengash Rais  

Normatov Sherzod Xojimrodovich

Aloqalar:
Tel.: +99893-576-63-65
         +99871-244-39-62
E-mail:tkti_kamolot@edu.uztktikamolot@mail.ru  


Boshlang‘ich tashkilot Kengash a‘zolari:

1 Tashkiliy va axborot – taxlil yo‘nalishi yetakchisi
Xikmatova Sadoqat Xusniddin qizi

Aloqalar:
Tel.: +99894-673-46-16

2 Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi yetakchisi
Esonov Shaxzod Sherzod O‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +99894-639-99-37

 3 Ma‘naviy – ma‘rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi yetakchisi
Abdunazarov Kenjapolvon Abdunabi o‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +99894-657-26-94

 4 Ijtimoiy – iqtisodiy yo‘nalish yetakchisi
Qahramonov Fatxullox Otabek o‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +998981288600
E-mail:kakhramonov_f@mail.ru

5 Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
Mirkomilov Abdurahmon Mirabbos o‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +99890-927-11-75

6 Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo‘nalishi yetakchisi
Tolipov Ismoil Shuhrat o‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +99897-774-95-90
E-mail:ismoil.tolipov95@gmail.com

7 Muddatli harbiy xizmatni o‘tab o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
Sulaymonov Sherzod Sharipjon o‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +99899-849-90-32
E-mail:sherzod-sulaymanov@mail.ru


 8 Matbuot yo‘nalishi yetakchisi
Sodiqov Samandar Ibroximjon o‘g‘li

Aloqalar:
Tel.: +99899-870-13-12
E-mail:sodiqov.samandar@mail.ru

 

Tashkilotning maqsad va vazifalari

  1. Oliy ta’lim muassasalariga etuk mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalashdagi vazifa hamda maqsadlarni amalga oshirishda yordam berish, mamlakatimizda yoshlar muammolarini echishga qaratilgan dastur va tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning hayotda o’ziga munosib o’rnini topish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari, kelajakda sog’lom turmush kechirishlari uchun zamin tayyorlashda faol ishtirok etish.

2. O’quvchi-talabalarga o’z iqtidori, dunyoqarashi, fikrlashi va boshqa qobiliyatlarini oshirishda ma’naviy qo’llab-quvvatlash, iste’dodi va tabiiy etakchilik qobiliyatlarini namoyon qilishlarida yordam berish, tashabbuslari va maqsadli loyihalarini amalga oshirishlarida ko’maklashish, talabalarning hayotiy faoliyatiga oid turli tadbirlar, uchrashuvlar, badiiy kechalar uyushtirish.

3. Harakat bo’limlari qoshida ochilgan “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazi” bilan aloqa o’rnatish va markazning yoshlarimiz oldida turgan muammolarini echish, ularning ma’naviy saviyasini, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalarida faol ishtirok etish.

4. Talabalar o’rtasida ular uchun e’lon qilingan turli stipendiyalar, tanlovlar, grantlarning targ’ibot-tashviqotini olib borish, Davlat stipendiyalari va mukofotlar uchun o’tkaziladigan tanlovlarda Komissiyasi a’zosi sifatida yoshlar manfaatlarini himoya qilish.

5. Respublika bo’yicha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’lim muassasalari, tashkilotlar va mehnat jamoalaridagi boshlang’ich tashkilotlari etakchilari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ular bilan maqsadli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, talabalarga amaliyotlarini mazmunli o’tkazishda yordam berish.

6. Talabalarning o’qish va turar joylarida istiqomat qilishi jarayonlarida ularning qonuniy manfaatlarini va huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj o’quvchi-talabalarga moddiy yordam ko’rsatishni jamoatchilik asosida tashkil etish va bu borada rektorga qonuniy qo’llab-quvvatlanishi lozim bo’lgan takliflar bildirish.

7. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar o’rtasida ijtimoiy so’rovlar, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali ta’lim muassasasidagi ijtimoiy muhit, shart-sharoit va o’quv jarayonining sifati to’g’risidagi axborot to’plash, yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalarini o’rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud yutuqlarni yanada ommalashtirish bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash.

8. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq etish bilan bog’liq masalalarni bosqichma-bosqich tartibda doimiy ta’lim muassasasi Ilmiy (Pedagogik) Kengashi muxokamasiga olib chiqish va tegishli qarorlar chiqarilishiga erishish.

9. Talabalarning o’qish va turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish, madaniy dam olishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan bo’sh vaqtlarida ishlab, o’z iqtisodiy sharoitini yaxshilashi uchun imkoniyatlar yaratishda ko’maklashish, ijarada yashovchi o’quvchi-talabalar hayotini doimiy o’rganib turish va mavjud muammolarni echishlarida ko’maklashish.

10. Talabalarning Oliy ta’lim muassasalari tomonidan joriy qilingan odob-ahloq, tartib-intizom, ozodalik, muomala madaniyati qoidalarga rioya etishi bo’yicha ma’naviy targ’ibot ishlarini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini o’rnatish, mazkur qoidalariga rioya etmagan talabalarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish bo’yicha rektorga takliflar kiritish.

11. Muddatli harbiy xizmatni o’tab o’qishga qabul qilingan talabalarga “Kamolot” YoIH tomonidan shartnoma pulining 35%ini to’lash bo’yicha tavsiyalar berish, ularni vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasi hamda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy yo’nalishda amalga oshiriladigan ishlarga keng jalb etish.

12. Talabalar tomonidan fanlar bo’yicha nazoratlarni o’z vaqtida topshirib borish, talabalar bilimini xolisona baholashni ta’minlash, pedagoglar va talabalar o’rtasida ta’magirlik holatlarining oldini olish bo’yicha faoliyat ko’rsatish hamda bu borada aniqlangan ma’muriy chora ko’rilishi lozim bo’lgan hollar va mavjud muammolar to’g’risida rektorga taklif kiritish.

13. Turmush qurgan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan va nogiron talabalarning ijtimoiy-maishiy hayotidan doimiy xabardor bo’lib turish, ularga sifatli tibbiy-profilaktik xizmat ko’rsatilishida amaliy yordam ko’rsatishni tashkil etish.

14. Oliy ta’lim muassasasi hududida, o’quvchi-talabalar turar joylarida tozalik, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun talabalar xasharlarini uyushtirish.

15. Talabalar o’rtasida giyohvandlik, OITS, spirtli ichimliklar va tamaki chekishga qarshi tizimli targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

16. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar to’g’risida axborot bankini tuzish, ularning shaxsiy fazilatlari, ma’naviy kamolot darajasi monitoringini olib borish, ehtiyoj bo’lganda talabalar bilan individual tarbiya rejasini tuzish kabi ishlarni amalga oshirish.

17. Oliy ta’lim muassasa ro’znomasi tahririyati bilan birgalikda ro’znoma sahifalarida ta’lim-tarbiya mavzularida maqolalar chop etilishini ta’minlash.

18. “Munozara” debat klublari faoliyatini tashkil etish va kuchaytirishda faol ishtirok etish.

19. O’zbekiston Qonunchiligiga, O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Ustaviga zid bo’lmagan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda ta’lim muassasalarida boshlang’ich tashkiloti ishtirokida qabul qilingan reja va qarorlarini amalga oshirishda qatnashish.

 

Hozirgi kunga qadar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, turli xil ochiq muloqotlar, «Shou dasturlar», ko’rik-tanlovlar, turli xil sport musobaqalarini o’tkazib kelmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, fakultet rahbariyatlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralar bilan hamkorlikda har o’quv yilida an’anaga aylanib borayotgan 1-kursga qabul qilingan talabalarning «Talabalik qasamyodi», «1 oktyabr o’qituvchi va murabbiylar kuni», «21 oktyabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun», «8 dekabr o’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun», «1 dekabr Xalqaro OITS qarshi kun» tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari buyuk simolarimiz Mir Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud kunlari keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda.

Institut talabalari orasida giyohvandlik, OITS, spirtli ichimliklar va tamaki chekishga qarshi tizimli targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish maqsadida 29 noyabr 2011 yilda institutning «Katta sport zali»da institut «Bo’ydoqlar» jamoasi hamda estrada xonandalari ishtirokida   «Shou dastur» amalga oshirildi.

Fasllarning kelinchagi yurtimizga qadam qo’yishi bilanoq, institut fakultet talaba-qizlar jamoalari o’rtasida «Kimyogar malikalar» ko’rik-tanlovi hamda «8 mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda fakultet rahbariyatlari bilan hamkorlikda o’zbek Milliy akademik teatrida bayram tadbirlar amalga oshirilib kelinadi. Albatta, «Navro’z umum xalq» bayramiga tayyorgalik ko’rish va uni keng miqyosda nishonlash maqsadida fakultetlarda, Talabalar turar joylarida bayram dasturxonlarini tashkil etish an’ana tusiga kirgan bo’lib, ushbu tadbirda Talabalar turar joyi talabalari o’rtasida «o’zbek xalq milliy o’yinlari» va turli sport o’yinlari tashkil etiladi. Har yili davlatimiz Rahbari ishtirok etib keladigan respublika miqyosida amalga oshiriladigan «Xalq saylida» institut «Kamolot» yoshlar ishtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti faollari ham ishtirok etib kelishmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabr № PQ-213-son o’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida qaroriga asosan O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va to’lov-kontrakt shakli bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qoidalari joriy etildi va bunga asosan talabaning bir yillik kontrakt-to’lov shartnoma pulining 35% i «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotilarining tavsiyasiga asosan to’lab kelinmoqda. Shunga asosan institut boshlang’ich tashkiloti qoshida «Vatanparvar» klubi tashkil etilgan bo’lib, Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va to’lov-kontrakt shakli bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarning barchasi ushbu klub a’zosi hisoblanadi. Hozirgi kunda institut miqyosida Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va to’lov-kontrakt shakli bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalar 285 nafarni tashkil etadi. 2011-2012o’quv yilida ushbu talabalardan 172 nafariga to’lov-kontrakt shartnoma pulining 35% i moddiy yordam tariqasida to’lab berishga tavsiya etildi. Bu talabalar yordamida Talabalar turar joyida «Yosh posponlar» guruhi tashkil etilgan bo’lib, posbonlar tungi navbatchilik va Talabalar turar joyi xavfsizligiga javobgar hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu talabalar hamda boshlang’ich tashkilot faollari bilan hamkorlikda institut binolari va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Shayxontohur tuman bo’limi tomonidan belgilangan joylarda xasharlar amalga oshirilib, tumanda joylashgan mozorlar obodonlashtirilmoqda. Institut miqyosida «Har bir yoshga bir nihol» shiori ostida yoshlar tomonidan institut binolari atrofiga, hovlilariga mevali hamda manzarali ko’chatlar ekilmoqda.

«14 yanvar Vatan himoyachilari kuni»ni munosib nishonlash maqsadida akademik guruhlarda harbiy xizmatchilar ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Armiya mening faxrim va tayanchim», «Milliy armiyamiz-mustaqilligi-mizning tinch va osoyishtalik himoyasi kafolati», «Hushyorlikni saqlash, kasbiy mahoratini oshirish-har bir harbiy xizmatchining burchidir» kitoblarini o’rganishni tashkil etildi.   Qurolli Kuchlar faxriylari, mashhur olimlar, soha mutaxassislari ishtirokida “Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi-o’z kuch qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq” mavzusida «Axborot va ta’lim-tarbiya soat»ida uchrashuvlar davra suhbatlari o’tkazildi. “Vatan himoyachilari kuni”  munosabati bilan 14 yanvar kuni soat 15.00 Talabalar turar joyida bayram dasturi va dasturxoni (osh) tashkil etildi. Tadbirda institut rektori tomonidan TTJda yashayotgan «harbiy tavsiyanoma» bilan o’qishga kirgan, hozirda TTJning «Yosh posbonlar» guruhida faoliyat olib borayotgan faol talabalardan 20 nafariga  «kitoblar jamlanmasi» sovg’a sifatida taqdim etildi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi. Fakultetlarning 1 kurs talabalari O’zbekiston Respublikasi  Mudofaa ishlari vazirligi qoshidagi “Jasorat” muzeyiga, O’zbekiston Respublikasi  Mudofaa  Vazirligi qoshida yaratilgan   «Vatanga qasamyod» majmuasiga tashrif buyurishdi. «Vatanga qasamyod» majmuasidagi mardlik timsoli nafaqat  bo’lajak harbiylarning, balki barcha yoshlarning ham dunyoqarashlarini kengaytirishga katta xissa  qo’shadi.

Ta’lim muassasalaridagi o’quvchi-yoshlar o’rtasida erta nikohni oldini olishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida soha mutaxassislari hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Shayxontohur tumani bo’limi bilan hamkorlikda institut talaba-yoshlari bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Talabalarning o’qish va turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish, madaniy dam olishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan bo’sh vaqtlarida ishlab, o’z iqtisodiy sharoitini yaxshilashi uchun imkoniyatlar yaratishda ko’maklashish, ijarada yashovchi o’quvchi-talabalar hayotini doimiy o’rganib turish va mavjud muammolarni echishlarida ko’maklashish, talabalar tomonidan fanlar bo’yicha nazoratlarni o’z vaqtida topshirib borish, talabalar bilimini xolisona baholashni ta’minlash, pedagoglar va talabalar o’rtasida ta’magirlik holatlarining oldini olish bo’yicha faoliyat ko’rsatish hamda bu borada aniqlangan ma’muriy chora ko’rilishi lozim bo’lgan hollar va mavjud muammolar, talabalarning instituti tomonidan joriy qilingan odob-ahloq, tartib-intizom, ozodalik, muomala madaniyati qoidalarga rioya etishi bo’yicha ma’naviy targ’ibot ishlarini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini o’rnatish, mazkur qoidalariga rioya etmagan talabalarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish va yoshlar o’rtasida ijtimoiy so’rovlar, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali institutdagi ijtimoiy muhit, shart-sharoit va o’quv jarayonining sifati to’g’risidagi axborot to’plash, yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalarini o’rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud yutuqlarni yanada ommalashtirish bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash maqsadida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti qoshida 2010 yildan buyon 30 nafar talabadan iborat «Tezkor guruh» (Mobil guruh) tashkil etilgan va o’z ish faoliyatini olib bormoqda.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti faollari nafaqat institut, tuman, shahar miqyosida balki Respublika miqyosida amalga oshiriladigan tadbirlarda ishtirok etibgina qolmay, ushbu tadbirlarning «Ishchi guruh» a’zosi sifatida  o’zlarining mehnatlarini ayamay kelishmoqda. Masalan, Buxoroda viloyatida o’tkazilgan «Talabalar festivali», Namangan viloyatida «Kamalak» bolalar tashkiloti tomonidan o’tkazilgan «A’lochilar anjumani», Qashqadaryo viloyati «Lochin» bolalar dam olish maskanida o’tkazilgan tadbirlarda hamda Surxondaryo viloyatida o’tkazilgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarining final bosqichlarini uyushqoqlik bilan o’tkazishda «Ishchi guruh» a’zosi sifatida ishtirok etib kelmoqdalar.

E-mail: forward0909@mail.ru 

Adres: Toshkent-100011, Navoiy-32, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Blok A, 413 kabinet
Telefon: 244-79-24