Oliy matematika kafedrasi

          Toshkent kimyo texnologiya instituti «Oliy matematika» kafedrasi 1991 yilda 6 may 1991 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining UP-203 raqamli farmoniga ko‘ra Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Keyingi yillarda kafedraga bir kator respublikamizdagi saloxiyatli matematiklar raxbarlik kilishgan: 1991-1992 yillarda prof.Sh.Narimov, 1992-1993 yillarda dos.N.Raximova, 1993-1995 yillarda dos.J.Ibodov, 1995-1996 yillarda dos.S.Abdunazarov, 1996-2001 yillarda dos.U.Raxmonov, 2001-2002 yillarda dos.O.Matchonov, 2002-2004 yillarda dos.D.Raximov, 2004-2007 yillarda dos.R.Maksudov, 2007-2011 yillarda yana prof.Sh.Narimov. 2011-2017 yil iyulgacha  dos.I.Iskanadjiev, 2017 yil iyuldan hozirgi kungacha prof I.I. Safarov  mudirlik kilmokda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fizika-matematika fanlari doktori, professorlar, 5 nafar fizika-matematika fanlari nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra jamoasi talabalarga “Matematika” , “Iqtisodchilar uchun matematika ” va “Iqtisodiy matematika ” fanlaridan ma’ruza, amaliy va mustakil ta’lim mashg‘ulotlarini olib bormokdalar.

 Hozirgi kunda (2017 yil iyulidan) kafedra mudiri  Safarov Ismoil Ibroximovich- 1954 yil 10 avgustda tug‘ilgan, millati o‘zbek,  malumoti oliy, fizika  - matematika fanlari doktori, professor.

ILMIY YO‘NALISHLAR VA  QILINGAN ISHLAR HAQIDA

         Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari.

1.Kafedrada qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:                                        - optimal boshqarish va konfliktli sistemalarda boshqarish, differensial o‘yinlar nazariyasi .Rahbar dotsent  I.Iskandjiev.                                                                          

- fiziko- mexanik jarayonlarni chiziqli va chiziqsiz matematik moddellashtirishning fundamental muamolari . Rahbar professor  Safarov I.I.

- “ Matematika” fanini texnik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish muammolari. Rahbar dotsent  M. Sanginov.

2. Kafedrada OT-F4-01  “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyiha (davlat granti) bajarilmoqda. Fundamental tadqiqotlar F4. Matematika, mexanika, inshootlar seysmodinamikasi va informatika. Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi.Davlat grantining ilmiy  rahbari  prof. I.I.Safarov  . 

3. Kafedraning katta o‘qituvchisi  N.Toshtemirova “Matematik fizikaning murakkab bo‘lgan Nave - Stoks  tenglamasini sonli yechimlari ” , assistentlari A.Ruzimov  va N. Eliboevlar  “Diskret differensial o‘yinlar”  sohalarida o‘z izlanishlarini olib borishmoqda. Yakin orada ularning nomzodlik dissertatsiya ishi mavzulari OAK tomonidan tasdiqdan o‘tkaziladi. Kafedra dotsentlari I.Iskanadjiev va M. Sanginovlar hozirgi paytda o‘zlarining doktorlik dissertatsiya ishlari ustidan izlanishlar olib borishmoqda.

4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash. Kafedrada iqtidorli, ilmiy-tadqiqot ish qilishga layoqati bor talabalar va magistrlarga sharoitlar yaratilgan. Kafedrada 1-2 kurs talabalari orasidan bir qator talabalari kafedrada tashkil etilgan “Al-Xorazmiy” to‘garagiga a’zo bo‘lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedrada o‘z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari to‘plamlarda chop etildi.

Prof . Safarov I.I. ilmiy ishlarni natijalari bo‘yicha  ma’ruza qilmoqda.
 Kafedrada  o‘ndan ortiq monografiyalar   chop etilgan. Ular ba’zilari qo‘yidagi rasmlarda keltirilgan.

 

 

 

 

 

 

Chet elning nufuzli  jurnallarida  30 dan ortiq  maqollalar  ilgliz tilida chop etildi. Ularni ba’zi bir larini qo‘yida  keltirib o‘tamiz.

1. Ducting in Extended Plates of Variable Thickness. Global Journal of Science Frontier Research: F Mathematics & Decision Sciences Volume 16 Issue 2 (Ver.1.0). P.33-66 (2016). Scopus :ISSN-0975-5896(Impact Factor 2.6 , USA)

 2. DUCTING IN EXTENDED PLATES OF VARIABLE THICKNES. Sciences of Europe (Praha, Czech Republic). Vol 2, No 1 (1) (2016).R.21-39.

3.Common natural in dissipative inhuming eons plane  Bodies/Discover 2016,52,(251) 2108-2126.

4. Vibrations dissipative plate mechanical systems with point//The International Quarterly journal/Science &Technology ,2016,2(8).R.437-450.ISSN 2394-3750 .

5. Ford hormonal vibrations in a visocoelastic layered bodies lying  deformable nalf – plane// International Journal of Applied Research,2016; 2(12) . 138-147.

 6Safarov I.I., Teshaev M.Kh., Boltaev Z.I., Axmedov M.Sh. About distribution of own waves in the dissipative layered cylindrical bodies interacting with Wednesday//Discove 2017,53,(253) 16-29 .

7.   Distribution Natural Waves in an Infinite Viscoelastic  Cylinder Wedges // Global Journal of Science Frontier Research: F Mathematics & Decision Sciences Volume 16 Issue 6 (Ver.1.0). P.79-97 (2016).

8. About distribution of own waves in the dissipative layered cylindrical bodies interacting with Wednesday. Discover 2017,53,(253).  R.16-29

9.   Voltage Deformable State Parallel Arrangement of Cylindrical Pipe with a Liquid under Harmonic Loads. Case Studies Journal ISSN (2305-509X)-Volume 6, Issue-1-Jan-2017 (Impact Factor 3.582). P.  36-47

10. Distribution Natural Waves on the  Viscoelastic  Cylindrical  Body in Plane Strain State. Case Studies Journal ISSN (2305-509X)-Volume 6, Issue-1-Jan-2017 . P. 1-8(Impact Factor 3.582)

11. Distribution Natural Waves on the  Viscoelastic  Cylindrical  Body in Plane Strain State. Case Studies Journal ISSN (2305-509X)-Volume 6, Issue-1-Jan-2017 (Impact Factor 3.582).

 Kafedraning ilmiy salohyati 65% ni tashkil etadi. Ilmiy salohyatni  90% yetkazish  ustida ish olib bormoqdamiz. Kafedrada matematik  modellashtirishning nazariy asoslari  bo‘yicha  doktorantura ochish taklifi yuqori tashkilotlarga  berilgan. Prof Safarov I.I. AQSh da chop etiladigan JMESS jurnali  redaksiyasini a’zosi.

Kafedrada 2018- 2019 yillari uchun Rossiya -  O‘zbekiston xalqaro loyhasiga qatnashish uchun  qo‘yidagi mavzuni FvaTAga  topshirdi :

 

«МАТЕМАТИЧЕСКОЕ И КОМПЬЮТЕРНОЕ  МОДЕЛИРОВАНИЕ ДИНАМИКИ АКТИВНЫХ И ПАССИВНЫХ СИСТЕМ ВИБРОЗАЩИТЫ  С ЦЕЛЬЮ  РАЗРАБОТКИ МЕТОДИКИ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ В НЕЛИНЕЙНЫХ МЕХАНИЧЕСКИХ СИСТЕМАХ»

 Qo‘shma loyha MAI bilan hamkorlikda qilishga mo‘ljallangan.

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

    Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: “Matematika” va “Iktisodchilar uchun matematika”, “Iktisodiy matematika” bo‘yicha barcha yo‘nalishlardagi talabalar uchun namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan, o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 3ta o‘quv  qo‘llanmalar chop etildi. 2016-2017 o‘quv yilida kafedrada  chet el adabiyotlariga asoslangan  o‘quv qo‘lanma tayorlandi. Chop etish uchun muvoffiqlashtirish   va rejalashtirish qo‘mitasiga  topshirildi.  Matematika fanining barcha  mavzulari bo‘yicha  testlar banki yaratilgan. Kafedramiz o‘z ilmiy salohiyati bilan oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralariga ilmiy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelmokda.

O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

  1. Matematika  2. Iktisodchilar uchun matematika 3.Iktisodiy matematika

             KAFEDRANING TASHQI ILMIY VA AMALIY ALOQALARI

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Matematika va Mexanika institutlari, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Buxoro muxandislik texnologiya inistituti bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan. Shu bilan birga kafedra Moskva davlat universiteti, Moskva aviatsiya inistituti ,  AQShning Nyu-Yorkdagi Buffalo Davlat Universiteti hamda Kornell Universitetlari bilan ilmiy alokalar o‘rnatgan.

                             “Oliy matematika” kafedrasi tarkibi

Familiyasi, ismi-sharifi

Lavozimi

1.

Safarov I.I

Kaf.mudiri (0.75).

2

Iskanadjiev I.

dotsent

3

Sanginov M.

dotsent

4

Xaydarov Sh.

dotsent

5

Matchonov O.

dotsent

6

Kuldashov N.U.

katta ukituvchi (0.75)

7

Toshtemirova N.

katta ukituvchi

8

Eliboev  N.

assistent

9

Ro‘zimov  A.

assistent

10

Rajabov A.

Assistent(0.5)

11

Begaliev A.

Assistent(0.5)

12

G`iyosova N.N.

Asistent