“Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi

Kafedra mudiri:

texnika fanlari doktori, professor

Aripova Mastura Xikmatovna

Tel.: +998-71- 244-92-48

Fax.: +998-71- 244-92-48

e-mail: aripova1957@yandex.ru

Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma – 9.00-12.00

Kafedra tarixi

Ilk bor O’rta Osiyo Davlat universiteti qoshidagi “Texnikaviy kimyo” tahsilg’ohida 1929-1940 yillar davomida “Keramika va o’tga chidamli materiallar” xamda “Bog’lovchi moddalar texnologiyasi” mutaxassisliklari bo’yicha 18 kishi bitirgan. Silikat texnologiyasi sohasi bo’yicha muxandis-kimyogarlar tayyorlash 1940 yili O’rta Osiyo Industrial institutiga o’tkazildi. Bu erda “Silikatlar texnologiyasi” kafedrasi barpo etildi va unga muxandis S.P.Tarnovskiy mudir etib tayinlandi. 1941 yildan kafedrani prof. A.N.Tsepin, 1944 yildan k.f.n., dotsent I.S. Kantsepolskiy boshqardi.

1947 yildan boshlab kafedraga t.f.d., professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi F.X.Tojiev raxbarlik qila boshladi va u kafedrani qariyib 50 yil davomida boshqardi. 1961 yil O’rta Osiyo politexnika institutining nomi Toshkent politexnika institutiga o’zgartirildi va taxsilgoh ikki yo’nalish bo’yicha, ya’ni “Keramika va o’tga chidamli materiallar kimyoviy texnologiyasi” va “Bog’lovchi moddalar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisliklari bo’yicha muxandislar chiqara boshladi. 1983 yilga kelib kafedra shu mutaxassiliklar bo’yicha ikkiga ajraldi. Ularga t.f.d., prof. F.X.Tojiev va k.f.d., prof. A.A.Ismatov rahbarlik qila boshladilar.

1991 yili kafedralarning nomi va ularni boshqarishda o’zgarishlar ro’y berdi. “Keramika va shishalar texnologiyasi” kafedrasining mudirligiga k.f.d., prof. A.A.Ismatov, “Bog’lovchi moddalar texnologiyasi” kafedrasi mudirligiga t.f.d., prof. T.A.Otaquzievlar tayinlandi. 1999 yildan ikkala kafedra birlashtirildi va unga “Silikat moddalar texnologiyasi” nomi berildi, kafedra mudiri etib prof. A.A.Ismatov belgilandi. 2001 yildan boshlab kafedraga t.f.d., prof. A.M.Eminov raxbarlik qildi,  2002 yildan 2010 yilgacha prof. A.A.Ismatov rahbarlik qildilar.

2010 yildan boshlab hozirgi kunga qadar “Silikat moddalar texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida prof. M.X.Aripova faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shu yilda “Silikat moddalar texnologiyasi” va “Analitik kimyo va nodir metallar texnologiyasi” kafedralari birlashtirildi.

2011 yilda kafedraga “Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” deb nom berildi.

Kafedra o’qituvchilaridan besh nafari yuksak Davlat mukofotlari– prof. Otaqo’ziev T.A. “Ulug’ xizmatlari uchun” ordeni va prof. Ismatov A.A., prof. Aripova M.X., dots. Babaxanova Z.A. va dots. Sadikov I.I.lar “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan. 

Kafedra oldidagi vazifalar

Kafedra jamoasi oldida zamonaviy keramik, shisha va bog’lovchi materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyalari sohasidagi yetuk bakalavr va magistrlar, soha bo’yicha fan doktorlarini tayyorlash, o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan.

Hozirda kafedrada 2 professor, 12 nafar fan nomzodi, 4 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra mas’ul yo’nalish va mutaxassisliklar:

Ta’lim yo’nalishlari:

5320400- Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari)

5320400- Kimyoviy texnologiya (silikat materiallari)

5320400- Kimyoviy texnologiya (elektrokimyo)

5320400- Kimyoviy texnologiya (kamyob, tarqoq va nodir metallar)

Magistratura mutaxassisliklari:

5A320305      –      Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari;  

5A320401- Noorganik moddalar kimeviy texnologiyasi (kamyob va tarqoq elementlar kimyoviy texnologiyasi bo’yicha)

5A320404 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

Tayanch doktorantura va doktorantura:

02.00.15-Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchi:

02.00.15-Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun o’qitiladigan fanlar:

  1. Ixtisoslikka kirish (KNTMT, EK, SMT).
  2. Materialshunoslik.
  3. Mineralogiya, kristalografiya va kristallkimyo.
  4. Fizik va fizik-kimyoviy taxlil usullari.
  5. Silikat va qiyin eriydigan nometal materiallar texnologiyasi.
  6. Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi.
  7. Ishlab chiqarish korxonalarini loyixalash.
  8. Keramik materiallar ishlab chiqarishdagi issiqlik jarayonlari va qurilmalari.
  9. Shisha materiallar ishlab chiqarishdagi issiqlik jarayonlari va qurilmalari.
  10. Bog’lovchi materiallar ishlab chiqarishdagi issiqlik jarayonlari va qurilmalari.
  11. Keramik materiallar ishlab chiqarishdagi uskuna va jixozlar.
  12. Shisha materiallar ishlab chiqarishdagi uskuna va jixozlar.
  13. Bog’lovchi materiallar ishlab chiqarishdagi uskuna va jixozlar.
  14. Olovbardosh materiallar texnologiyasi.
  15. Kompozitsion-bog’lovchi materiallar texnologiyasi
  16. Sitallar texnologiyasi.
  17. Silikat va qiyin eriydigan nometal materiallarni fizik-kimyoviy tahlil qilish asoslari.
  18. Keramik materiallar texnologiyasi.
  19. Shisha  materiallar texnologiyasi.
  20. Bog’lovchi materiallar texnologiyasi.
  21. Shisha  materiallar fizik-kimyosi.
  22. Bog’lovchi materiallar fizik-kimyosi.
  23. Keramik materiallar fizik-kimyosi.
  24. Materiallar korroziyasi.
  25. Nazariy elektrokimyo
  26.  Elektrokimyo.
  27. Elektrokimyoviy metallash.
  28. Galvanik elementlarni ishlab chiqarish.
  29. Gidroelektrometallurgiya.
  30. Noorganik moddalarning elektrosintezi.
  31. Materilalarni kimyoviy qarshiligi va zanglashdan ximoyalash asoslari.
  32. Materilalarni korroziyadan saqlash usullari va jixozlari.
  33. Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyosi.
  34. Kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarish korxonalarining jixozlari va loyixalash asoslari.
  35. Kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarishda piro va gidrometallurgiya jarayonlari.
  36. Kamyob elementlarini fizik va fizik kimyoviy tekshirish usulari.
  37. Ekstraktsiya jarayonlarini kamyob metallar texnologiyasida qo’llash.
  38. Metall buyumlar uchun emal qoplamalar olish texnologiyasi.
  39. Nodir va kamyob metallar koorrdinatsion birikmalari kimyosi.
  40. Kamyob metallar rudalarini boyitish.
  41. Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi.
  42.  

Magistratura ma’lim mutaxassisliklari talabalari uchun:

  1. Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik-kimyosi.
  2. Zamonaviy keramik materiallarning texnologik jarayonlari.
  3. Keramik, shisha va bog’lovchi materiallarning innovatsion texnologiyalari.
  4. Silikat materiallari ishlab chiqarishning progressiv texnologiyalari.
  5. Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi.
  6. Keramik materiallarning fizik kimyosi
  7. Keramik materiallarning zamonaviy taxlil usullari.
  8. Kimyoviy mashinasozlik.
  9. Kimyo va qurilish materiallari sanoati mashina - apparatlarining montaji hamda ekspluatatsiyasi.
  10. Konstruktsion materiallar korroziyasining nazariy asoslari.
  11. Korxonalarining texnologik apparatlarini xisoblash va loyihalash.
  12. Kamyob metallar kimyosi va texnologiyasi.
  13. Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi.
  14. Kamyob va radioaktiv elementlar ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari.
  15. Kamyob va radioktiv elementlar ishlab chiqarishda analitik nazorat va monitoring .
  16. Texnologik mineralogiya va kristallar kimyosi.
  17. Nanomateriallar va nanotexnologiya.
  18. Metallurgiya jarayonlari termodinamikasi.
  19. Nodir metallar kimyosi va texnologiyasi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida mahalliy xom-ash’yolar va sanoat chiqindilari asosida keramika, chinni-fayans, kislota-bardosh materiallar, shisha va shishakristall materiallar, bog’lovchi moddalar olish yo’llarini o’rganilmoqda. Kafedra professori Aripova M.X. raxbarligida suyak nuqsonlaridagi mavjud osteosintezni jadallashtiruvchi, suyak o’rnini bosuvchi sun’iy materiallarni yaratish, hossa va hususiyatlarini o’rganish borasida ham ishlar olib borilmoqda. Bir qator ishlar fosfogipsni qayta ishlash, ulardan  kislota va tsement olishga qaratilgan.

Kafedrada sanoat kurilish materiallari ishlab chikaruvchi korxonalar bilan xamkorlikka jiddiy e’tibor beriladi, jumladan:

  1. Maxalliy xom ashyolar asosida keramik koshinlar ishlab chiqarish texnologiyasi, keramik massa va fritta tarkiblari qo’llash uchun  “Art Gloss Galery” korxonasida joriy etildi. 2015 yilda “Art Gloss Galery” korxonasi bilan  ishlab chiqarilgan maxsulot bo’yicha 4ta «Ishlab chiqarishga joriy etish aktlari» tuzildi.
  2. T.f.d., professor  Aripova M.X.ning Davlat granti asosida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlar natijalari Toshkent travmatologiya institutida joriy qilindi.
  3. T.f.n., dots.Abdusattarov Sh.M. tomonidan “Maxalliy xom-ash’yo asosida qurilish g’ishti tarkibini yaratish” mavzusi bo’yicha  olingan ilmiy natijalar  2015-2016 y.y. Navoiy shaxrida g’isht ishlab chiqaruvchi korxonasiga joriy etildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati

F.i.sh.

Ilmiy daraja va unvoni         

1

Aripova M.X.

T.f.d., professor, kafedra mudiri

2

Yunusov M.Yu.

T.f.d., professor, kafedra professori.

3

Muxamedbaeva Z.A

T.f.n., dotsent, kafedra dotsenti

4

Alimjonova J.I.

K.f.n., dotsent, kafedra dotsenti

5

Yusupova M.N.

T.f.n., dotsent, kafedra dotsenti

6

Ganieva M.M.

T.f.n., kafedra dotsenti

7

Babaxanova Z.A.

T.f.n., kafedra dotsenti

8

Qodirova Z.Ch.

K.f.n., dotsent, kafedra dotsenti

9

Ro’zibaev B.R.

T.f.n., kafedra dotsenti                     

10

Abdusalomov A.A.

T.f.n., kafedra dotsenti                                

11

Abdusattarov Sh.

T.f.n., kafedra dotsenti

12

Xakimova G.N.

T.f.n., kafedra dotsenti

13

Toshkentboev O.

K.f.n., kafedra dotsenti

14

Muxtorov A.R.

K.f.n., kafedra dotsenti

15

Abduraxmonov O.

Kafedra assistenti

16

Matkarimov Z.T.

Kafedra assistenti

17

Raxmatov B.

Kafedra assistenti

18

Mirzaaxmedova M.

Kafedra assistenti

19

Nam Tatyana Olegovna

Kafedra assistenti