Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi

Kafedra mudiri

Talipova Xabiba Salimovna, k.f.n., dots.

Qabul kunlari: Payshanba va shanba 1400-1600

Elektron adres: tolipova65@mail.ru

«Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo» kafedrasi TKTI ning 2010yil 30noyabrdagi Ilmiy Kengashining 3-sonli qaroriga binoan qayta tashkil etildi. 1991 yilgacha sobiq Toshkent Politexnika institutining kimyo texnologiya fakulteti tarkibida “Fizik-kolloid kimyo” va “Analitik kimyo” kafedralari mustaqil umumta’lim kafedralari tarzida faoliyat olib borgan.“Analitik kimyo” kafedrasi 1939 yil prof. V. Novikov rahbarligida tashkil etilgan. Kafedrani 1944-yildan 1969-yilgacha O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, prof. A.L. Markman, 1970-2005 yillar mobaynida mazkur kafedrani dots.K.Z.Raxmatullaev, dots.Sh.Yu.Azimov, prof.N.P.Ismoilov, prof.R.R.Ruzievlar boshqarishdi. Kafedrada 1939-2005 yillar ichida 8 ta fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi.

 

“Fizik kimyo” kafedrasi sobiq Toshkent Politexnika instituti tarkibida 1945 yili tashkil etilgan bo’lib, unga mudir qilib o’sha vaqtda fan nomzodi, dotsent keyinchalik k.f.d., professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi X.R. Rustamov tayinlangan. Kafedra 1945-yildan 1974-yilgacha “Fizkolloid kimyo” deb nomlangan. 1974-yilda “Kolloid kimyo” kafedrasi alohida ajralib chiqqandan keyin “Fizik kimyo” kafedrasi deb nomlandi. Kafedrani tashkil topishida akademik X.R. Rustamov, dotsentlar T.P.Porshakova, X.B. Medinskiy, R.U. Usmonov, R.A.Xaybullina, I.P.Evstafeva, Ya.G’ofurjonov, K.Ibragimov, S.To’raxo’jaev, A.N.Neudaxina, M.G’ulomova, L.Chernomorchenkolar faol qatnashdilar. Kafedrada har xil davrlarda akademiklarX.U.Usmonov, K.S.Axmedov, N.R.Yusupbekov, fan doktorlari, professorlar– A.A.Abduraximov, T.R.Abdurashidov, P.X.Mansurovlar faoliyat olib borishdi.

Kafedrada 1945-2005 yillar ichida 11 ortiq fan doktori, 42  ga yaqin fan nomzodlari tayyorlandi. Shuningdek, shu davr ichida 500 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilinib chop qilindi. Hamda 60 dan ortiq avtorlik guvohnomalari va O’zbekiston Respublikasi patentlari olindi.

1974-yilda “Fizkolloid kimyo” kafedrasi negizida “Kolloid kimyo” kafedrasi akademik K.S.Axmedov rahbarligida tashkil topdi. “Kolloid kimyo” kafedrasida 1974-2005 yillar ichida 4 nafar fan doktori, 10 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi.

1988 yildan 1995 yilgacha “Fizikaviy kimyo” kafedrasiga kimyo fanlari doktori, professor F.K.Qurbonov rahbarlik qildi. 1985 yildan boshlab “Kolloid kimyo” kafedrasiga atrof muhitni muxofaza qilish mutaxassisligi qo’shilib “Kolloid kimyo va atrof muhitni muhofaza qilish” kafedrasi deb nomlana boshladi va unga kimyo fanlari doktori, professor I.K.Sataev rahbarlik qildi. 1992 yildan “Kolloid kimyo” kafedrasiga professor G’.R.Rahmonberdiev mudir qilib tayinlandi. 1994 yilda “Fizikaviy kimyo” va “Kolloid kimyo” kafedralari qayta birlashtirilib “Fizkolloid kimyo” kafedrasi deb nomlandi va unga professor G’.R.Rahmonberdiev mudir etib tayinlandi. 1998-yilda “Fizkolloid kimyo” kafedrasiga “Organik kimyo” kafedrasi qo’shilib “Fizkolloid va organik kimyo” kafedrasi deb nomlanib 2001-yili yanvar oyidan 2003 yilgacha kafedraga tanlov asosida dots. B.X.Hasanov mudir etib tayinlandi. 2003-yildan 2005-yilgacha dots. A.S.Sidikov kafedra mudiri etib tayinlandi. 2010-yilning 21-dekabridan 2013-yilgacha «Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo» kafedrasiga dots. Sh.P.Nurullaev mudir etib tayinlandi. 2013 yildan hozirgi kungacha dots. X.S.Talipova mudirlik qilib kelmoqda.

Ilmiy yo’nalishlar

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari kimyo texnologiya, neft-gaz, qog’oz sanoati va boshqa turdosh ishlab chiqarish korxonalarining muammolarini fizik-kimyoviy, kolloid-kimyoviy asoslarini o’rganib echimini topishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida (Muborak GQIZ, Sho’rtan GQIZ, Qo’ng’irot SZ va boshqalar) sinovlardan o’tkazilib amaliyotda qo’llanishi tashkil qilindi.

2. Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan grant va boshqa ITI.

Kafedra professori R.A.Nazirova rahbarligida “Получение, исследование и изыскание конкретных объектов практического применения новых ионообменных полимеров на основе отходов химических производств и вторичного продукта гидролизной промышленности республики фурфурола”, professor Ismoilov N.P. raxbarligida O’rta Osiyoning 4 ta Republikasi bo’yicha NATO ning “Otsenka transgranichnogo zagryazneniya vodi Tsentralnoy Azii (proekt Sirdarya)»  mavzusida 137 ming evro miqdordagi halqaro grant, kafedra mudiri dots. Sh.P.Nurullaev rahbarligida “Sanoat chiqindilari asosida sintez qilingan o’zida kislorod va azot saqlagan birikmalarning absorbent, aktivator, antidetonator va boshqa maqsadlarda ishlatishning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish” mavzusidagi ITI olib borilmoqda.

3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi

Kafedra assistenti Sh.B.Buxorov o’zining “Синтез, исследование и применение импортозамещающих вспенивателей для флотационного обогащения медно-молибденовых руд” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini  2011 yilda O’zR FAning “UNK” institutida himoya qildi.

Kafedra dotsenti A.S.Sidikov o’zining “Физико-химические и термодинамические свойства растворов целлюлозы и ее водорастворимых ацетосмешанных эфиров” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini  2012 yilda himoya qildi.

Kafedra dotsenti Z.S.Alixonova “Фазовые взаимоотношения и свойства материалов в системе алюмоферросиликатов магния” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini 2012 yilda O’zR FAning “UNK” institutida himoya qildi.

 

4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash.

Institutni 2-3 kurs talabalarining 30 nafaridan ortig’i kafedrada tashkil etilgan “Akademik H.Rustamov”, “Akademik K.Axmedov” nomli to’garaklarga a’zo bo’lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedradagi laboratoriyada o’z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari to’plamlarda chop etildi.

 

 

O’quv-uslubiy ishlar

 

Kafedrada  5111000–Kasb ta’limi, 5230200–Menejment, 5310900–Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha), 5311000–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5320300–Texnologik mashinalar va jihozlar, 5320400–Kimyoviy texnologiya (tarmoqlar bo’yicha), 5320500–Biotexnologiya, 5321000–Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha), 5321300–Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi, 5630100–Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining 2-3 kurs talabalari “Analitik kimyo”, “Fizikaviy kimyo” va “Kolloid kimyo” fanlaridan ta’lim oladilar. Mazkur fanlarning namunaviy o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy majmualari yaratildi. So’nggi yillarda 7 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma va 40 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlanmalar chop etildi.

 

o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida:

  1. Analitik kimyo;
  2. Fizikaviy kimyo;
  3. Kolloid kimyo.

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari

 “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi xodimlari o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha Respublikamizning ko’plab turdosh yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikda olib boradilar. Jumladan, M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli polimerlar fizikasi va kimyosi, Umumiy va noorganik kimyo, O’simlik moddalari kimyosi, Sank-Peterburg (Rossiya) ning yuqori molekulali birikmalari institutlari va D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti bilan yaqindan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy ilg’or va ilmiy-metodik jihatdan asoslangan innovatsion o’qitish texnologiyalaridan keng foydalanish tashkil etilgan. O’qitish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi uslublar tizimlarini keng joriy etish amalga oshirilmoqda.

 

Kafedrada o’tadigan ilmiy konferentsiyalar, ilmiy seminarlar

Kafedrada har o’quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlarida fanni o’qitish muammolariga tegishli davra suhbatlari va ilmiy seminarlar o’tkaziladi.

“Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi

 

Talipova X. S.

Kafedra mudiri, dotsent

Nurullaev Sh.P.

k.f.n. professor

Mavlonova M.N.

k.f.n. dotsent

Alixanova Z.S.

k.f.n. dotsent

Qayumov J.S.

katta o‘qituvchi

Raxmatova N.Sh.

katta o‘qituvchi

Boboqulova O.S.

katta o‘qituvchi

Bekmuratova M.G‘.

katta o‘qituvchi

Zulyarova N.Sh.

assistent

Oserbaeva A.Q.

assistent

Berdieva M.I.

katta o‘qituvchi

Ismoilova N.A.

katta o‘qituvchi