«Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi

 Kafedra tarixi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining yetakchi kafedralaridan xisoblanadigan «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi juda qadim va boy tarixga ega. Butunittifoq oliy ta’lim Qo‘mitasi raisining 1937 yildagi qaroriga binoan O‘rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakulteti tarkibida 1939 yili “Noorganik moddalar texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘rta Osiyo Davlat universitetining rektori bo‘lib ishlayotgan M.S. Elgortning shogirdi dotsent S.A. Sigov mudirlik qila boshladi. Shu yili kafedrada noorganik moddalar texnologiyasi yo‘nalishida 13 ta mutaxassis kimyogar-muxandislar tayyorlandi va ular O‘zbekiston Respublikasining turli kimyo korxonalariga yo‘llanma oldilar.

 1940 yilning yozida kimyo fakulteti tarkibida kafedralar, shu jumladan “Noorganik moddalar texnologiyasi” kafedrasi bilan birgalikda O‘rta Osiyo Davlat Universitetida O‘rta Osiyo sanoat instituti tassarufiga o‘tkazildi.Lekin kafedra xodimlari va talabalari shu yil boshlangan urush tufayli o‘quv yilini oxirlay olmadilar. Ulug‘ Vatan urushi yillarida kafedra mudiri S.A. Sigov va assistent Z.M. Leykin Vatan himoyasiga safarbar etilganliklari tufayli kafedraga qisqa vaqt kimyo fanlari nomzodi, dos. A.B.Kuchqarov va O‘zR Davlat rejalashtirish Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.N.Nabievlar mudirlik qilganlar.

Urishdan qaytganidan keyin 1946-1967 yilgacha kafedra mudirligi faoliyatini dos. S.A.Sigov davom ettirgan, 1968 yildan 1990 yilgacha texnika fanlari doktori, professor F.M.Mirzaev mudirlik qilgan davrlarda O‘zRFA kimyo institutidagi o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi bo‘limi bilan yaqin ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, ilm Fan gurkirab rivojlandi va buning oqibatida noorganik moddalar, shu jumladan mineral va organomineral o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi borasida olib boriladigan keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha Respublikaning kimyo korxonalariga amaliy tavsiyalar berildi va ular Qo‘qon va Samarqand superfosfat korxonalari, Navoiy va Olmaliq kimyo korxonalari, Farg‘ona azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasida joriy etildi.

            Kafedraga 1990-1992 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Yakubov, 1992-1994  yillarda texnika fanlari doktori P.X. Mansurov, 1994-2000 yillarda texnika fanlari doktori professor T.A.Atakuziev, 2000-2001 yy., 2006-2009 yillarda t.f.n., dotsent Z.K.Toirov, 2001-2005 yy, 2009-2011 yillarda texnika fanlari doktori  prof. A.U.Erkaev, 2005-2006 yilarda t.f.d. Iskandarova M.I. mudirlik qilganlar. 2011-2015 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Iskenderov A.M., 2016 yilning yanvar oyidan boshlab hozirgi kungacha texnika fanlari nomzodi, dotsent Adilova M.Sh. kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

            Kafedra xodimlari o‘z faoliyati davrida shu kunga qadar Respublikamizning kimyo korxonalari, Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot hamda loyihalash institutlari uchun 3500 dan ziyod muxandis-texnolog tayyorlab mamlakatimiz iqtisodi yuksalishiga o‘z munosib xissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Kafedra bitiruvchilarining ko‘pchiligi bugungi kunda tarmoq korxonalari, ilmiy tekshirish institutlari va Davlat rahbarlik organlarida ma’sul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining bosh vazir o‘rinbosari texnika fanlari nomzodi G.I.Ibragimov, texnika fanlari doktori, professor R.Ya.Yakubov “O‘zkimyosanoat”-DAKning boshqaruv raisi muovini lavozimida, erishgan yutuqlari bilan nafaqat respublika, balki chet ellarda ham tanilgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Umumiy va noorganik kimyo institutining yetakchi olimlaridan O‘zR FA akademigi S.To‘xtaev, texnika fanlari doktori, professor Sh.S.Nomozovlar, “Maksam-Chirchiq” AJ boshqaruv raisi muovini, texnika fanlari doktori professor A.D.Dadaxodjaevlar ham ishlamoqdalar.

Kafedrada yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar prof. Mirzaev F.M., prof. Mansurov P.X., dos. Yakubov Sh.A., dos. Linkevich V.A., dos. Mannanova R.A. , k.o‘q. Terexin Ye.L., dos. Mirzaev I., dos. Toirov Z.K., los. Sharapov A.T., ilmiy xodim Sayfullin R.Z. faoliyat ko‘rsatib kelgan.

 

ILMIY YO‘NALISHLAR

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bir qator noorganik maxsulotlar ishlab chiqarish muammolarini xal qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular asosan, maxaliy xomashyolar asosida mineral o‘g‘itlar va tuzlarning yangi turlarini, soda maxsulotlarini, sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarishdan, xamda kimyo sanoatining chiqindilarini utilizatsiya qilishdan iborat.

2. Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan xamkorlikda bajarilayotgan ilmiy ishlarni natijalariga ko‘ra kafedra yuqori ilmiy potensialga egadir. Kafedrada 4 ta fan doktori va 7 ta fan nomzodlari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

O‘zR FA umumiy va noorganik kimyo institutidan kafedrani ilmiy-pedagogik faoliyatiga o‘rindosh sifatida 2 ta akademik (Tuxtaev S., Beglov B.M.), fan doktorlari (Nomozov Sh.S., Reymov A.M.) va fan nomzodlari (Kucharov B.X., Usanboev N.X., Alimov U.) jalb etilgan.

2014 yilda kafedra jamoasi davlat ilmiy grantlari bo‘yicha 200mln.sumdan oshiq mablag‘ga ilmiy-tadqiqot ishlarini bajargan. 2015 yilda esa kafedra olimlari 210 mln.sum xajmdagi ilmiy davlat grantlarini yutganlar.

Qo‘yidagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari bilan 100 mln.sumdan oshiq xajmda xo‘jalik shartnomalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlari bajarib kelinmoqda: “Navoiyazot”, “Samarqandkimyo”, AJ lari, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Qo‘qond superfosfat zavodi. Barcha bajaralayotgan ilmiy ishlarning mavzulari “Uzkimyosanoat” DAK bilan kelishilgan holda amalga oshmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlar bajarilishi natijasida yangi fosforli, murakkab va suyuq o‘g‘itlar olishning texnologiyalari ishlab chiqildi, hamda kalsinatsiyalangan soda, oddiy superfosfat va sintetik yuvish moddalar ishlab chiqish texnologiyalari jadallashtirildi.

3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi. 2009 yili dotsent X.Ch. Mirzakulov doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va xozirgi kunda u fan doktori, professor sifatida kafedrada faoliyatini olib bormoqda. X.Ch. Mirzakulov muallifligida yangi o‘g‘itlar olish texnologiyalari “Ammofos-Maksam” va “Samarqandkimyo” AJ larida joriy qilingan.

Oxirgi uch yil mobaynida kafedrada 6 ta nomzodlik dissertatsiya yoqlandi. N.V. Volыnskova va O.K. Rambergenov nomzodlik dissertatsiyalarini natijalari “Ammofos-Maksam” AJ va “Qo‘ng‘irot soda zavodi” UK larida joriy etilgan.

4. Iqtidorli talabalar bilan ishlash. Kafedra 2-4 kurs bir qator bakalavriat talabalari va 1-2 kurs magistrantlari orasida bir qator talabalari kafedrada tashkil etilgan “Texnolog” to‘garagiga a’zo bo‘lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedradagi laboratoriyalarda o‘z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari to‘plamlarda chop etildi.

Bundan tashqari kafedraning 20 ta talabasi ilmiy grantlar va xo‘jalik shartnoma asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga qatnashib kelmoqdalar.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedrada 5320400 –“Kimyoviy texnologiya” (noorganik moddalar) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 5A320401- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha), 5A320401- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha) magistratura mutahassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanayapti. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari yaratildi, “Umumiy kimyoviy texnologiya”, kabi umumkasbiy fanidan va bakalavriatura va magistratura barcha mutahassislik fanlaridan namunaviy dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.

 

O‘qitiladigan fanlar

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

 

  1. Ixtisoslikka kirish.

  2. Umumiy kimyoviy texnologiya.

  3. Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi.

  4. Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi.

  5. Energotexnologiya.

  6. Uskuna va loyixalash asoslari.

  7. Kalsinatsiyalangan soda texnologiyasi.

  8. Fizik-kimyoviy taxlilning zamonaviy usullari.

  9. Ishlab chiqarish korxonalarini loyixalash asoslari.

 

Magistratura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar:

 

  1. Bog‘langan azot ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari.

  2. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari.

  3. Sulfat kislota ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari.

  4. Kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari.

  5. Soda ishlab chiqarish nazaryasi va texnologik hisoblari.

  6. Tuzlar tizimining grafik tahlili.

  7. Noorganik moddalar ishlab chiqarishdagi chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi.

 

KAFEDRANING TASHQI ILMIY  VA  AMALIY ALOQALARI

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, “O‘zkimyosanoat” DAK, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Farg‘onaazot” AJ,  “Navoiyazot” AJ,  “Qo‘ng‘irot soda zavodi” UK,  “Deqxonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” UK, “Samarqandkimyo” AJ,   “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ bilan aloqa o‘rnatgan.

Shu bilan birga kafedra D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti, Soda sanoati instituti, Xarkov sh.

KAFEDRADA O‘TADIGAN ILMIY KONFERENSIYALAR, ILMIY SEMINARLAR

Kafedrada har yili noorganik moddalar texnologiyasiga bag‘ishlab davra suhbatlari, ilmiy konferensiya, ilmiy seminarlar o‘tkaziladi. Ushbu konferensiyalar O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari, Kimyoviy korxonalar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar faol ishtirok etishadi.

 

“NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI”

KAFEDRASI TARKIBI

Familiyasi, ismi-sharifi

Lavozimi

1.

Adilova M.Sh.

Kafedra mudiri, dotsent

2.

Erkaev A.U.

Professor

3.

Mirzakulov X.Ch.

Professor

4.

Atakuziev T.A.

Professor (0,5)

5.

Reymov A.M.

Professor (0,5)

6.

Toirov Z.K.

Dotsent

7.

Sharipova X.T.

Dotsent

8.

Iskenderov A.M.

Dotsent (0,5)

9.

Kucharov B.X.

Dotsent (0,5)

10.

Usanboev N.X.

Dotsent (0,5)

11.

Melikulova G.

Katta o‘qituvchi

12.

Tursunova D.

Katta o‘qituvchi (0,5)

13.

To‘raqulov B.B.

Katta o‘qituvchi

14.

Duboviskaya N.S.

Katta o‘qituvchi

15.

Boboqulov A.N.

Assistent

16.

Olimov T.F.

Assistent

17.

Xolov I.A.

Assistent

18.

Bayraeva D.A.

Assistent(0,5)