«Sanoat ekologiyasi» kafedrasi

Kafedra mudiri:

Tursunov Tulkin

Kimyo fanlari nomzodi, professor

Qabul kunlari: seshanba va payshanba kunlari soat 14:00-15:00

Elektron adres:  tttursunov@umail.uz

 

KAFEDRA TARIXI

«Atrof-muhitni muhofaza qilish va oqova suvlarni tozalash» kafedrasi 1980 yil О‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Axmedov K.S. tashabbusi bilan Toshkent Politexnika Institutining “Kimyo-texnologiyasi” fakulteti qoshida tashkil etilgan.

DCIM100MEDIA

1980 yildan 1991 yilgacha dots.Abduganiyev B.M. ushbu kafedraga mudirlik qilgan. Kafedrada yukori malakali о‘qituvchilar va ilmiy xodimlar k.f.n. dots. Shin L.D., t.f.n., kat.о‘q. Xidoyatov K., kat.о‘q. Kelginbayeva S. V., k.f.n. ass.Niyazova M.M., k.f.n. ass. Aronova N., k.f.n. ass.Adilova K.M., k.f.n. k.i.x. Satayev I.K., k.f.n. k.i.x. Beysenbayev O.K., ilmiy xodimlar Xabibullina N., Muxamedov K.G., Xasanova M.S., Mavlyankariyeva M.A., Usmanxodjayeva I.T. faoliyat kо‘rsatib kelgan.
1988 yildan boshlab esa kafedrada 2513 «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» sohasida malakali mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
Kafedrada 1993-1997 yilgacha quyidagi sohalar bо‘yicha mutaxassislar tayyorlandi:
– Suv resurslaridan oqilona foydalanish va sanoat oqova suvlarini tozalash;
– Sanoat chikindilarini rekuperatsiya qilish.
Kafedra 1993 yilda akad. Mirkomilov T.M. boshchiligida «Sanoat ekologiyasi» nomi bilan yuritila boshlandi.
1996 yil 1 sentabrdan boshlab kafedraga k.f.n., dots.Tursunov T.T. raxbarlik qilayapti.
1997 yildan boshlab 5850100 «Atrof muhit muhofazasi» yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar tayyorlanayapti.
1999 yildan boshlab 5A850101 “Atrof-muhit muxofazasi” mutaxassisligi bо‘yicha magistrlar qabul qilina boshlandi.

Ilmiy yо‘nalishlar

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yо‘nalishlari.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiot ishlari bir qator ekologik muammolarni xal qilishga bag‘ishlangan bо‘lib, ular asosan, mahalliy xom-ashyolar asosida yangi flokulyantlar, ion-almashinuvchi polimerlar olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini о‘rganish hamda ularni sanoaat korxonalarida hosil bо‘layotgan oqova suvlarni tozalashda qо‘llashdan iborat.

DCIM100MEDIA

2. Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xо‘jalik shartnomalarining natijalari.
2010-2011 о‘quv yilida kafedrada kat.о‘qit. Pulatov X.L. raxbarligida 1/11 «MEXNAT MUHOFAZA GIGIYENA» ilmiy laboratoriyasi bilan 1.500.000 sо‘mga «Ish joyining muhiti va mehnat sharoitini baholash (о‘lchashlar)» mavzusidagi xо‘jalik shartnomasi tuzdi. Yil davomida bir qator korxonalar ish joylarini attestatsiyadan о‘tkazish jarayonida ilmiy laboratoriya hodimlari bilan birgalikda noqulay mehnat sharoiti bо‘lgan ish joylarida havo tarkibidagi zaharli chang, gaz miqdorini, ish joylarining yoritilganligi normal metereologik iqlim sharoit parametrlari va asbob-uskunalardan tarqalayotgan shovqin parametrlarni aniqlash ishlariga ishtirok etildi va sog‘lom sharoit yaratish maqsadida ushbu ishlab chiqarish korxonalari bо‘lim sexlari ish joylari uchun chora-tadbirlarni bajarilishi uchun maslahatlar berildi.
3. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi
Kafedra katta о‘qituvchisi Zaynitdinova B.Z. о‘zining “Polucheniye i issledovaniye karboksilnogo ionoobmennogo polimer polikondensatsionnogo tipa” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, kafedra majlisida muhokamadan о‘tdi va fakultet Ilmiy Kengashiga muhokama uchun topshirdi.
Kafedra assistenti Abdutalipova N.M. о‘zining “Razrabotka metoda polucheniya i issledovaniye amfoternix ionitov polikondensatsionnogo tipa” mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini yakunlab, 2011 yilda himoya qilish.
Kafedra mudiri dots.Tursunov T.T. “Razrabotka metodov polucheniya, issledovaniya polikondensatsionnix ionitov s zaraneye zadannimi svoystvami” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini yakunlab, muhokama uchun fakultet Ilmiy Kengashiga topshirdi.
4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash.
Kafedrada 2-4 kurs talabalari va 1-2 kurs magistrantlari orasidan bir qator talabalari kafedrada tashkil etilgan “Yosh ekolog” tо‘garagiga a’zo bо‘lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedradagi laboratoriyada о‘z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari tо‘plamlarda chop etildi.

О‘QUV-USLUBIY ISHLAR

Kafedrada 5850100 –“Atrof muhit muhofazasi” bakalavriat yо‘nalishi va 5A850101 – “Atrof muhit muhofazasi” magistratura mutahassisligi bо‘yicha Dalvat ta’lim standartlari yaratildi, “Ekologiya”, “Mexnatni muhofaza qilish”, “Fuqaro muhofazasi” kabi umumkasbiy fanlar va bakalavriatura va magistratura barcha mutahassislik fanlaridan namunaviy dasturlar, о‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Oxirgi yillarda kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik, 50 dan ortiq о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar chop etildi.

О‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriatura bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar:
1. Ekologiya;
2. Mehnatni muhofaza qilish;
3. Fuqaro muhofazasi
4. Atrof muhit kimyosi;
5. Suv kimyosi;
6. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi;
7. Monitoring va fizik-kimyoviy tahlil usullari;
8. Sanoat chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi;
9. Sanoatda resurslardan foydalanishni tashkil qilish va uning iqtisodi;
10. Tozalash inshootlarining jihozlari

Magistratura bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar:
1. Ilmiy tadqiqot usullari va ularning tahlili;
2. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish;
3. Korxonalarni loyihalashda texnika havfsizligi asoslari;
4. Mintaqaviy ekologik muammolar;
5. Atrof muhitni muhofaza qilishning xuquqiy asoslari;
6. Toksikologiya asoslari;
7. Sanoat tarmoqlarida atrof muhit muhofazasi;
8. Sanoat korxonalarida suvning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish;
9. Loyixalash asoslari va ekologik ekspertiza.

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari
Kafedri О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Tabitni muhofaza qilish qо‘mitasi, “Foton” OAJ, “О‘zelektroapparat-elektroshit” OAJ, “Maksam-Chirchiq” OAJ, “Qо‘ng‘irot soda zavodi” UK, “Shurtangaz kimyo majmuasi”, “Shurtanneftegaz” USHK bilan aloqa о‘rnatgan.
Shu bilan birga kafedra D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya fanlar akademiyasining Yuqori molekulyar birikmalar instituti va boshqalar.

DCIM100MEDIA

“Sanoat ekologiyasi” kafedrasi tarkibi№ Familiyasi, ismi-sharifi Lavozimi

 

  1. Tursunov T.T. professor Kaf. mudiri
  2. Raximova L.S.
  3. Niyazova M. M. , dotsent
  4. Adilova K.M. Dotsent 
  5. A’zamov A. Dotsent 
  6. Shomurotova Sh. M. Dotsent
  7. Lutfullaeva N. B. Dotsent
  8. Pulatov X. L. Dotsent
  9. Igitov F. B. Katta о‘qituvchi
  10. Gapparova Z. X. Katta о‘qituvchi
  11. Yuldashev A. A. Katta о‘qituvchi
  12. Azimov D.M. Asistent
  13. Muxamedova N. K. Asistent
  14. Raxmatullaeva N. T. Asistent
  15. Usmanxodjaeva I. T. Dotsent


Kafedrada о‘tadigan ilmiy konferensiyalar, ilmiy seminarlar

Kafedrada har yili ekologik kunlarga bag‘ishlab davra suhbatlari, ilmiy konferensiya, ilmiy seminarlar о‘tkaziladi. Ushbu konferensiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, О‘zbekiston Ekologik harakati a’zolari, professor-о‘qituvchilar, talabalar faol ishtirok etishadi.