“Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi

Kafedra mudiri:

Sidikov Abdujalol Sidikovich

Kimyo fanlari doktori

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 1400-1600

Elektron manzil: sidikov_a@mail.ru

KAFEDRA TARIXI

“Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi О‘rta Osiyo jumxuriyatlarida kimyo fanining dastlabki targ‘ibotchilaridan biri bо‘lgan professor A.M. Rostovskiy tashabbusi bilan Toshkent Politexnika Institutining “Kimyo-texnologiyasi” fakulteti qoshida tashkil etilgan.

Kafedra tashkil qilinganda unga mudirlik qilish dastlab V.A. Novikovga (1935), sо‘ngra professorlardan N.L. Karavayev, X.R. Raximov, X.R. Rustamov, dotsentlardan X.B. Medinskiy, Y.I. Ibroximov, K.A. Azamov, prof.F.Q.Qurbonov, prof. A.X. Ismoilov, prof. Q.A. Axmerov, dots. A.Jalilovlarga topshirilgan. 2011 yildan boshlab kafedraga dots. Qodirov Orifjon Sharifovich, Abduraximov Anvar Abdurahmonovich mudirlik qilgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida prof. Sidikov A.S. faoliyat yuritmoqda. Kafedrada 9 nafar о‘qituvchi, shu jumladan 2 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta о‘qituvchi, 3 nafar assistent ishlaydi. Kafedra institutning barcha fakultetlari talabalariga “Umumiy va noorganik kimyo” fanining asoslarini о‘rgatmoqda.

ILMIY YO‘NALISHLARI

Axmerov Qudrat N6-062 sonli “Mahalliy xom-ashyolar asosida yangi ion almashtiruvchi smolalalar sintez qilish, xossalarini о‘rganish va texnologiyasini yaratish” mavzusidagi grant ishida ishtirok etdi.

 “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasida 2012/2014 yillarga mо‘ljallangan Davlat granti asosida ITD-12-18 “Sanoat chiqindilari asosida olovbardosh (1000-1400°C) yelimlarni sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” mavzusi bо‘yicha amaliy ITI olib borildi, ilmiy rahbar dots. A.Jalilov.

Badalbayeva Iltifot - ITD-6 Respublikaning mineral xom ashyo resurslarini, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat va qishloq xо‘jalik mahsulotlari hamda chiqindilarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishning resurstejamkor, ekologik xavfsiz inovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.  Razrabotka resurso- i energosberegayushey texnologii proizvodstvarasshiryayushegosya i napryagayushego sementov na osnove alitovix sulfoklinkerov s ispolzovaniyem v kachestve sirya texnogennix otxodov promishlennosti (zoloshlakov, fosfogipsa) i alunita. 2012/2014 yillarga mо‘ljallangan Davlat granti asosida ITD-13-18 “Olmaliq tog` metallurgiya kombinatining qo`rg`oshin va sink boyitish fabrikalarining chiqindilarini qayta ishlab ulardan ikkilamchi qimmatli metallar sanoat mahsulotini hamda portlandsement olish texnologiyasi majmuasini yaratish” mavzusi bо‘yicha amaliy ITI olib borildi.

Shamadinova Nargis – «Ishlatib bo`lingan alyuminiy oksidi va fosfatli bog`lovchi asosida olovbardosh kley olish». Ilmiy raxbari Jalilov A.

Eshbо‘riyev Tursunali Nasrullayevich mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi “Karboksimetilsellyuloza asosida yangi samarali gidrogellarni yaratish va ularni amaliyotda qо‘llash” ilmiy rahbari prof. Jalilov A.T.

Atamuratova M.Sh. ITD-13-18 “Olmaliq tog` metallurgiya kombinatining qo`rg`oshin va sink boyitish fabrikalarining chiqindilarini qayta ishlab ulardan ikkilamchi qimmatli metallar sanoat mahsulotini hamda portlandsement olish texnologiyasi majmuasini yaratish” mavzusidagi grant ishida ishtirok etdi.

Kafedrada I kurs talabalari taxsil olishiga qaramasdan, о‘quv yili boshida iqtidorli talabalar tanlab olinib, kafedra professor- о‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, internetdan kimyoga bag’ishlangan yangi ma’lumotlar asosida referatlar tayyorlab anjumanlarda ma’ruza qilish hamda Respublika Oliy о‘quv yurtlari talabalari orasida Respublika Olimpiadasida qatnashishga tayyorlash ishlarini olib borildi. Shu borada hisobat yilida talabalar 30 dan ortiq ma’ruzalar bilan anjumanlarda qatnashib sovrinli o’rinlarni olishga muvaffaq bо‘ldilar. Oxirgi 3 yil davomida kafedra xodimlari rahbarlik qilgan talabalar “Umumiy va noorganik kimyo” fani bо‘yicha Respublika Olimpiadasining chempionlari bо‘lib, qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandilar.

О‘QUV-USLUBIY ISHLAR

Kafedra professor-О‘qituvchilari talabalar bilim olish darajalarini oshirish va o’qish sifatini yaxshilash maqsadida о‘quv-uslubiy ishlarini ham samarali bajarishda muvaffaqiyatlarga erishdilar.

“Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi xodimlari tamonidan oxirgi 2010 yilida “Umumiy va noorganik kimyo” fanidan 1 ta о‘quv qо‘llanma lotin imlosida, 4 ta uslubiy qо‘llanma, 10 dan ortiq о‘quv qо‘llanma, 40 dan ortiq о‘quv – uslubiy о‘qllanmalar yaratilib, kо‘p nusxada chop etilgan, shu bilan birga Axmerov Q. va boshqalar mualifligida oliy о‘quv yurtlari uchun “Umimiy kimyoviy texnologiya” darsligi, kasb-hunar kolleji talabalari uchun “Neft-gaz kimyosi va texnologiyasi” va “Gidrokimyo” о‘quv qо‘llanmasi lotin imlosida 3000 nusxadan chop etilib, о‘quv yurtlariga tarqatilgan. Kafedra professori Q.Axmerov va dotsent A.Jalilovlar tomonidan “Umumiy va noorganik kimyo” fani bо‘yicha elektron о‘quv uslubiy majmua yaratilgan. “Umumiy va noorganik kimyo” kursi bо‘yicha ma’ruzalarning kengaytirilgan ishchi dasturi tuzilgan. Laboratoriya ishlarini bajarish bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida о‘quv uslubiy qо‘llanmalar nashr qilingan, talabalarining bilimini baholash mezoni ishlab chiqilgan.  2017 yil Badalbayeva I. T. va To’xtamusheva A. tomonidan “Umumiy va noorganik kimyo” fani bo’yicha barcha mutaxassislik bo`yicha 5 ta rus tilida o’quv-uslubiy majmua tayyorlandi.

“Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasida oxirgi yilda laboratoriya xonalari jihozlar bilan ta’minlangan bо‘lib, qо‘shimcha laboratoriya xonalari ajratildi.

О‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriatura yo’nalishlari bo’yicha “Umumiy va noorganik kimyo” va “Noorganik kimyo” fanlari o’qitiladi.

KAFEDRANING TASHQI ILMIY VA AMALIY ALOQALARI

Kafedra xodimlari о‘z ilmiy maqolalari bilan xalqaro, respublika ilmiy anjumanlarida qatnashib, hamda TKTI ananaviy ilmiy-texnika anjumanlarida ma’ruza qilib, ilmiy tо‘plamlarida nashr qilinmoqda.

Kafedra xodimlari о‘zlarining ilmiy pedogogik bilim saviyasini oshirishda kafedra rejasiga asoslanib xorijiy о‘quv yurtlarida, respublika malaka oshirish institutlarida malakalarini oshirib kelishmoqda.

Kafedra kо‘pgina oliy о‘quv yurtlari, korxona va ilmiy tekshirish institutlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘ygan: Rossiya kimyo texnologiya universiteti, Gubkin nomli Neft-gaz institutining Toshkentdagi filiali, Xarkov politexnika instituti, Toshkent chinni zavodi shular jumlasidandir.

Kafedra xodimlari respublikada a’nanaviy kimyo olimpiadasini о‘tkazishda rahbarlik qilib keladilar. Bu olimpiadalarda institutimiz talabalari sovrinli о‘rinlarni egallab, turli mukofotlarni qо‘lga kiritib kelmoqda. Undan tashkari institut miqyosida “Kimyo fan oyligi” ta’dbir mualliflari bulib talabalarga kimyo fanini targibot kilishda unga mehr qo’yishga o’z mehnatlarini ayashmaydi.

KAFEDRADA О‘TADIGAN ILMIY KONFERENSIYALAR, ILMIY SEMINARLAR

Konferensiya va ilmiy seminarlar tadbirlarini о‘tkazish rejalari tuzilib о‘quv bо‘limi tomonidan tasdiqlanib, reja asosida ish olib borildi. Jumladan kafedraning yetakchi о‘qituvchilari dots Jalilov A, doy Yadiyarov E.K, dots Abduraximov A.A. tomonidan ochiq ma’ruza darslari о‘tkazildi, prof Ahmerov Q.A. О‘zbekiston kimyo va kimyoviy texnologiya fanlari asoschilari mavzusida talabalar uyida davra suxbat о‘tkazildi. “Qiziqarli kimyo” mavzusida “SHOU” anjumani, akademik litsey о‘quvchilari bilan “ Ochiq eshiklar kuni ”, elimizga taniqli yozuvchi Jonrid Abdullaxonov bilan talabalarni uchrashuvlari о‘tkazildi.

KAFEDRA PROFESSOR О‘QITUVCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLAR

Kafedrada xodimlar ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaviy va tashkiliy tadbirlar tо‘g‘risida institutning ilmiy kengashida qabul qilingan qarorlariga asoslanib ma’naviy va ma’rifiy ishlar sohasida talaba yoshlarning qalb va ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda, milliy mustaqillik ruxida tarbiyalashda, institutimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim- tarbiya masalalarini hal qilishda izchil va muntazam qatnashib keldilar. Kafedrada ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil kilnib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlandi. Kafedra О‘qituvchilari guruhlarda murabbiylik sifatida talabalar bilan ma’naviy, ma’rifiy ishlarni olib .bordilar. Jumladan, talabalar bilan yetuk olimlar davra suhbatini tashkil qilish, “Ibn Sino ” jamiyati a’zolari ishtirokida “Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida davra suhbati о‘tkazish, A.Navoiy va Milliy drama teatriga, geologik muzeyiga , “Mehr-muruvvat” fazilatlarini amaliyotlar bilan bog’lash, “Nihol” tadbirida, Shu bilan birga kasbiy yo’nalishlarning istiqbollari, professor-o’qituvchilar bilan “Siz ustoz, men shogird” mavzusida, О‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan davra suhbatlari о‘tkazildi. “Kimyogar malikalar-2017” ko’rik-tanlovi uchun fakultet jamoasi tayyorlandi va faol ishtirok etishdi. “Ilm yulduzlari” respublika ko’rik-tanlovining 1- bosqichida qatnashish uchun kafedra assistenti M.Atamuratova qatnashgan.

Kafedra “Molodej Uzbekistana” va “Turkiston” gazetalariga obuna bо‘ldi. Ma’naviyat kunlarida reja asosida muzey va kо‘rgazmalarga ekskursiyalarda faol qatnashdi. Kafedra о‘ziga biriktirilgan uchastkalarda shanbaliklar va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashib keldi.

Kafedra xodimlari opponentlik qilishda uslubiy kо‘rsatma, о‘quv qо‘llanmalari va boshqa nashr qilinadigan ishlarga, Toshkent pedagogika va Milliy universitet talabalari bitiruv ishlariga retsenzentlik qilish ishlarini amalga oshirishda faol qatnashdilar.

Mаlаkа оshirish vа kаytа tаyyorlаsh tаdbirlаri

 

Kаfеdrаning o’qituvchi pеdаgоglаrini mаlаkаsini оshirish O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “Tа’lim to’g’risidаgi qоnun”, “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi 2015 yil 12 iyundаgiPеdаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrni mаlаkаsini оshirish tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish” to’g’risidаgi 4732-sоnli fаrmоnigа binоаn hаmdа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа O’rtа tа’lim Vаzirligining 2015 yildаgi №242 Qаrоri аsоsidа аmаlgа оshirib kеlinmоqdа.

Kаfеdrаning аsоsiy shtаt birliklаridа fаоliyat оlib bоrаyotgаn 4 nаfаr (Mаvlоnоvа M.E., Tuхtаmushоvа А.U., Sаpаrоv S.YU., Sidikоvа G.А.) (57%) o’qituvchisi 2016-2017 yillаr mоbаynidа O’zMU хuzuridаgi mintаqаviy mаrkаzdа “Kimyo” yo’nаlishlаri bo’yichа 288 sоаtlik mаlаkа оshirish kursidа o’qidi mаlаkа оshirishdi.

 

Kаfеdrа o’qituvchilаri tоmоnidаn ijоbiy bаhоlаngаn iqtidоrli tаlаbаlаr, ulаrning ilmiy-tаdqiqоt ishlаri vа ilmiy kоnfеrеntsiyalаrdа ishtirоki bo’yichа mа’lumоtlаr

Institutimizdа tаlаbаlаrning ilmiy-ijоdiy fаоliyatini tаshkil etish vа rivоjlаntirish, ustоz-shоgird tizimi аsоsidа yoshlаrni vаtаnpаrvаrlik sifаtlаrini shаkllаntirish vа yosh ilmiy-pеdаgоgik kаdrlаr zаhirаsini  tаyyorlаshgа dоir tаshkiliy, uslubiy mе’yoriy mаsаlаlаrni hаl etishdа ko’mаklаshish mаqsаdidа institut tаrkibidа 2006 yil “Tаlаbаlаr ilmiy ijоdiy jаmiyati” institut Ilmiy Kеngаshi qаrоrigа аsоsаn tаshkil etilgаn.

2016-2017 o’quv yili dаvоmidа “Nооrgаnik” tugаrаgi quyidаgi ishlаrni аmаlgа оshirdi:

  1. To’gаrаk yil dаvоmidа bаjаrilishi kеrаk bo’lgаn ish rеjаsini bеlgilаdi hаmdа kаfеdrа muхоkаmаsidаn o’tkаzib tаsdiqlаndi.

  2. To’gаrаk ishtirоkchilаri bеlgilаndi vа kаfеdrа prоfеssоr-o’qituvchilаri rаhbаr sifаtidа tаyinlаndi.

  3. “Nооrgаnik” to’gаrаgidа ishtirоk etаdigаn iqtidоrli tаlаbаlаr fеvrаl оyidа o’tkаzilgаn “Fаn hаftаligi” ilmiy аnjumаnidа o’z mа’ruzаlаri bilаn fаоl ishtirоk etishdi. Kimyo mаvzusidа krоssvоrdlаr tuzishdi, qiziqаrli viktоrinаlаr ushtirishdi.

  4. Iqtidоrli tаlаbаlаr хаr yili institutimizdа bo’lib o’tаdigаn Kimyo fаnidаn Оlimpiаdа-2017 dа ishtirоk etishdi.

“Umumiy vа nооrgаnik kimyo” fаnidаn tаlаbаlаrning Rеspublikа Оlimpiаdаsining I -bоsqichi 4 аprеl’ 2017 y.dа “Umumiy vа nооrgаnik kimyo” kаfеdrаsining 318 аuditоriyasidа sоаt 1400dа o’tkаzildi.

Kаfеdrа prоfеssоr-o’qituvchilаri tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn mа’nаviy-mа’rifiy vа tаrbiyaviy ishlаr

O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to’g’risidа”gi qоnun vа “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi”dа bеlgilаngаn tаlаblаr аsоsidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi qаrоrlаri hаmdа Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi hаy’аt qаrоrlаri vа buyruqlаri аsоsidа institut rеktоrаti tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn qаrоr, buyruq vа ko’rsаtmаlаrgа аmаl qilgаn hоldа “Umumiy vа nооrgаnik kimyo” kаfеdrаsi хоdimlаri hаm yosh аvlоdni hаr tоmоnlаmа еtuk, bаrkаmоl vа bilimdоn qilib tаrbiyalаshgа o’z хissаlаrini qo’shish mаqsаdidа fаоliyat ko’rsаtib kеlmоqdаlаr.

2016 yil 26 dеkаbrdа  YAshnаbоd tumаni 30-sоnli Mехribоnlik uyigа хаmdа 101 mаktаb intеrnаtigа “Umumiy аv nооrgаnik kimyo” kаfеdrаsi dоtsеnti I.T.Bаdаlbаеvа tоmоnidаn  o’z murаbbiylik guruhi vа institutning bоshqа fаоl tаlаbаlаri bilаn  tаshrif buyurdi. U еrdаgi  tаrbiyalаnuvchilаrni  YAngi yil bаyrаmi bilаn tаbriklаb kеlishdi. Tаlаbаlаrimiz bоlаlаrgа ertаk kurinishidа bаyrаm kоntsеrtini uyushtirishdi vа ulаrgа sоvgаlаr tаkdim etishdi.

 

 “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi tarkibi

prof. Sidikov A.S. kafedra mudiri, k.f.d.

1. Axmerov Q. k.f.d. professor

2. Jalilov A. dotsent

3. Badalbayeva I.T. dotsent

4. To’xtamusheva A.U. katta o’qituvchi

5. Eshbo’riyev T.N. katta o’qituvchi

6. Shamadinova N.E. assistent

7. Saparov S.Yu. assistent

8. Atamuratova M.Sh. assistent