Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI

KAFEDRA TARIXI

Sobiq Toshkent politexnika institutida 1968 yilgacha umuminstitut “Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etish” kafedrasi mavjud bо‘lib, u institutning barcha fakultetlariо‘quv jarayonlarida iqtisodiy fanlar bо‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borar edi. Shu kafedra asosida 1968 yili 6 ta tarmoq, shu jumladan kimyo – texnologiya fakulteti qoshida “Kimyo sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish” kafedrasi tashkil etildi. 1975 yilgacha bu kafedra 1711 shifri bilan “Kimyo va oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish” mutaxassisligi bо‘yicha muxandis-iqtisodchilar tayyorladi. Birinchi bitiruvchilar о‘qishni
1971 yilda tugatishdi. 1971-1975 yillar mobaynida 5 ta bitiruv bо‘lib, ja’mi 140 muxandis-iqtisodchi mutaxassislar tayyorlandi.
1975 yildan 1992 yilgacha kafedra umumta’lim kafedrasi sifatida faoliyat kо‘rsatib, ToshpIning kimyo – texnologiya, ASU, neft va gaz fakultetlari hamda Navoiy va Angrendagi filiallarida «Tarmoq iqtisodiyoti», «Ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish» fanlaridan darslar о‘tib keldi.
1992 yildan boshlab kafedra mutaxassislik kafedrasiga aylantirildi va 1711 «Kimyo sanoati iqtisodiyoti va menejmenti» mutaxassisligi bо‘yicha muxandis-iqtisodchilar tayyorlay boshladi.
1994 yildan boshlab kafedra «Kimyo va oziq-ovqat sanoati menejmenti» deb nomlana boshladi.
1997 yilda birinchi bitiruv amalga oshib, 12 ta talaba diplom ishini muvaffaqqiyat bilan himoya qildi. 1997-1999 yillar mobaynida 37 talaba muxandis-iqtisodchi diplomini olishga sazovor bо‘ldi.
1995 yildan boshlab kafedra Respublikamizning kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun “Menejment” – 5340200 (sohalar bо‘yicha) yо‘nalishi bо‘yicha iqtisod fanlari bakalavrlari hamda “Menejment”-5A340201(sohalar bо‘yicha) mutaxassisligi bо‘yicha magistrlar tayyorlay boshladi. 1999 yilda birinchi bitiruv bо‘lib, 16 talaba bakalavrlik darajasini oldi. 2000 – yilda esa 3 kishi magistrlik darajasini muvaffaqqiyat bilan himoya qildilar. 1999 – 2011 yillarda jami 816 bakalavr va magistrlar, shu jumladan 669 bakalavr hamda 147 magistr tayyorlandi. Ular hozirgi kunda Respublikamizning kimyo, oziq-ovqat, neft va gazni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoat
tarmoqlari korxonalarida, boshqa muassasalarda turli rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat kо‘rsatishmoqda.
Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri Tо‘xtaxо‘jayev S.T.(1916-1971yy.) bо‘lib, birinchi о‘qituvchilari i.f.n. Yelisavetskiy B.A., i.f.n., dotsent, Respublikada xizmat kо‘rsatgan iqtisodchi Suns Z.I., dots.Burshteyn I.I., t.f.n., dots.Normuxamedov N.N.,t.f.n., dots.Gabriyelyan N.A., t.f.n.Daychi R.I., k.f.n., dots.Abdullayeva О‘.A., katta о‘qit.Boboyev I.R.
edi.
Hozirgi kunda «Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti» kafedrasida i.f.n., dots.Sultonxо‘jayev O.A. – mudir, t.f.d., prof.Hamidov N.I., i.f.d., prof.Sokolova L.A., i.f.d., prof.Qosimov S., t.f.n., dots.Gabriyelyan N.A.,
t.f.n., dots.Xasanov R.S., i.f.n., dots. Xasanov N., t.f.n., kat.о‘qit.Ataboyev F., kat.о‘qit.Xoliqova S., kat.о‘qit. Usmanova K.A., kat. о‘qit. Avazxodjayeva D.M., kat.о‘qit. Aliyeva J., kat. о‘qit. Mо‘minova S., kat.о‘qit. Muxamedova SH., kat.о‘qit. Qosimova F.T, ass. Bozorov S.E., ass.Sapayev D.X., ass.Azimova X., ass.Rasulova N.SH., ass.Karimova Z.A., ass.Xaydarova K.O., ass.Tillayeva B.R., ass.Matchanova M., ass.Qodirov U., kabinet mudiri Tursunova R.M., kat.laborant Yusupova F.lar mehnat qilishmoqda.
Kafedraning barcha о‘qituvchilari о‘z malakalarini Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent Davlat Texnika universitetida oshirib kelmoqdalar. Kafedraningmudiri о‘z malakasini О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabining “Korporativ boshqaruv markazi”da hamdaItaliyada TASIS dasturi asosida, bir xodimi Respublika “Iste’dod” jamg‘armasi g‘olibi sifatida Janubiy Koreya Davlat universitetida, yana bir xodimi esa Yevropaning Erasmus Mundus fondi sovrindori sifatida Ispaniyaning Santyago de Kompostella universitetida oshirib keldilar. Bundan tashqari kafedraning 4 xodimi TDIU qoshidagi EDNET xalqaro akademiyasidamalakalarini oshirib, 6 ta
xalqaro sertifikat olishga muvaffaq bо‘ldilar.
Kafedra homiylar bilan yaxshi aloqalar о‘rnatgan. Kafedra talabalari malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlarini “О‘zkimyosanoat” DAK, “О‘zneftgaz” MXK, «О‘zdonmahsulot» AK, «О‘zoziq-ovqatyog‘moytamakisanoat» AU, “О‘zvinosanoatxolding” XK korxonalarida о‘tadilar.
«Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti» kafedrasining xodimlari Respublikamiz kimyo va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga barkamol, vatanparvar, shijoatli, fidokor, yuqori malakali mutaxassislarni Milliy dasturimiz asosida tayyorlash ustida xormay-tolmay mehnat qilmoqdalar.
ILMIY YО‘NALISHLAR

1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yо‘nalishlari.
Kafedra professor – о‘qituvchilarining ilmiy izlanish sohalari: kimyo va oziq-ovqat sanoatida menejment va marketing samaradorligini oshirish; sanoat tarmoqlari va korxonalarida korporativ boshqarishni takomillashtirish; kimyo va oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish ikkilamchi resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligi; kimyo va oziq-ovqat sanoati innovatsion menedjmenti va boshqalar.
Kafedra «Kimyo va oziq-ovqat sanoati ikkilamchi resurslaridan foydalanish samaradorligi » mavzuida davlat byudjetidagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Olingan natijalar о‘quv jarayonlarida hamda ilmiy anjumanlarda, ilmiy ma’qolalar yozishda qо‘llaniladi.
2. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi
Keyingi yillar ichida kafedraning 4 aspiranti nomzodlik dissertatsiyasini
muvaffaqqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi darajasini oldilar. Hozir kafedraning bir xodimi (dots.Sultonxо‘jayev O.A.) doktorlik, tо‘rt nafar izlanuvchisi (ass.Sapayev D.X., ass.Qosimova F.T., ass.Azimova X., ass.Bozorov S.E.) nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib borishmoqda.
4. Iqtidorlik talabalar bilan ishlash.
Kafedraning bir qator iqtidorli talabalari kafedrada tashkil etilgan “Yosh menejer” tо‘garagiga a’zo bо‘lishgan. Ularga ilmiy mavzular va ilmiy rahbarlar tayinlanib, kafedradagi laboratoriyada о‘z ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bir qator ilmiy-texnikaviy anjumanlarda faol qatnashib, maqolalari tо‘plamlarda chop etilmoqda.
Kafedraning 4ta talabasi A.R.Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasini, 3ta talabasi M.Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasini, 10 ta talaba “Mehr nuri” jamg‘armasi hamda “О‘zvinosanoatxolding” XKning, 10 dan ziyod talaba esa TKTIning atoqli olimlari nomidagi stipendiyalarni olishga sazovor bо‘lishgan.
О‘QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedra mutaxassislik fanlardan tashqari TKTIning barcha soha texnika fanlari bakalavrlari uchun «Menejment asoslari», “Soliq va soliqqa tortish” hamda magistrlari uchun «Oliy ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti» fanlaridan darslar о‘tadi.
Keyingi yillar mobaynida kafedrada 6 ta о‘quv qо‘llanmasi, 70 dan ziyod о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar yaratildi.
Kafedra xodimlari Milliy dastur asosida Davlat standartlari yaratishda faol ishtirok etib, Respublikamiz oliy о‘quv yurtlarining texnologik yо‘nalishlari uchun 3 ta fandan namunaviy dastur hamda “Menejment”(kimyo va oziq-ovqat sohalari) yо‘nalishi va mutaxassisliklari bо‘yicha namunaviy о‘quv rejalar tayyorlashdi.

О‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalavriatura bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar:

1. Menejment;
2. Marketing;
3. Mikro-makroiqtisodiyot
4. Pul muomalasi, kredit va moliya
5. Mehnat iqtisodiyoti
6. Personalni boshqarish
7. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiarishni tashkil qilish
8. Ixtisoslikka kirish
9. Iqtisodiyot nazariyasi
10. Iqtisodiyo geografiya
11. Innovatsion loyixalarni moliyalashtirish
12. Boshxona ishi
13. Boshqaruv qarolrlarini ishlab chiqish
14. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
15. Buxgalteriya xisobi
16. Iqtisodiy tahlil
17. Soliq va soliqqa tortish
18. Iqtisodiyo ta’limotlar tarixi
19. Jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy aloqalar
20. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari
21. Statistika
22. Innovatsion menejment
23. Korxona iqtisodiyoti
24. Xorijiy investitsiyalar
25. Sug‘urta ishi
26. Tashkiliy hulq
27. Strategik rejalashtirish
28. Kimyo va oziq –ovqat sanoatida ishlab chiqarishni boshqarish

Magistratura bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar
1. Antikrizis menejmenti
2. Boshqaruvni tashkil qilish nazariyasi
3. Kimyo va oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti
4. Kimyo va oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish menejmenti
5. Strategik menejment
6. Ishbilarmonlik muloqoti etikasi
7. Halqaro menejment
8. Strategik marketing
9. Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti
10. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korporatsiyalarini boshqarish
11. Qimmatli qog‘ozlar bozori
12. Tavakkalchilikni boshqarish
13. Eksperimentni rejalashtirish
14. Ishbilarmonlik etikasi

Kafedraning tashqi ilmiy va amaliy aloqalari
Kafedra mamlakatimizning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan yaxshi aloqalar о‘rnatgan. Kafedra talabalari malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlarini “О‘zkimyosanoat” DAK, “О‘zneftgaz” MXK, «О‘zdonmahsulot» AK, «О‘zoziq-ovqatyog‘moytamakisanoat» AU, “О‘zvinosanoatxolding” XK korxonalarida о‘tadilar.
Shu bilan birga kafedra D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkentdagi filiali, О‘zR FAning “Iqtisodiyot” hamda “Mikrobiologiya” institutlari va boshqalar bilan aloqalar о‘rnatgan.

“Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi tarkibi

№ Familiyasi, ismi-sharifi Lavozimi
1. Sultonxо‘jayev O.A kaf. mud., i.f.n., dotsent
2. Gabriyelyan N.A dotsent
3. Xasanov R.S dotsent
4. Xoliqova S.X katta о‘qit.
5. Xasanov N. (0,5) dotsent
6. Avazxujayeva D kat.о‘qit.
7. Aliyeva J.A kat.о‘qit.
8. Muminova S.A kat.о‘qit.
9. Qosimova F.T kat.о‘qit.
10. Usmanova K.A kat.о‘qit.
11. Muxamedova SH.A kat. о‘qit.
12. Bozorov S.E assistent
13. Sapayev D. assistent
14. Rasulova N (0,5 st.) assistent
15. Xaydarova K assisent
16. Karimova Z. assisent
17. Tillayeva B. assisent
18 Kodirov U assisent
19 Azimova X. assisent
20 Tursunova R.M. kabinet mudiri
21 Yusupova F.K. laborant