Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

KASB TA’LIMI KAFEDRASI

“Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri

p.f.n., dotsent Aripova Gulnora

            Shuxratullaevna

tel: +99897 7116699

E- mail:   Shuhgul@ mail.ru

 

BAKALAVRIATURA TA’LIM  YO‘NALISHLARI

5111000- Kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya)

5111000- Kasb ta’limi (oziq-ovqat texnologiyasi)

 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

5A111001- Kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya)

5A 111001- Kasb ta’limi (oziq-ovqat texnologiyasi)

   “Kasb ta’limi” kafedrasi 1999 yilda tashkil topgan. Dastlabki kunlardan boshlab kafedraning asosiy maqsadi va vazifasi jahondagi ilg‘or davlatlar tarixi taraqqiyoti tajribalariga tayangan holda real hayotimiz talablariga javob beradigan sifatli, yosh pedagogik kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

kt1

Kafedraning tarixi. “Kasb ta’limi” kafedrasi 1999 yilda institut rektori buyrug‘iga asosan tashkil etildi. 5140900 “Kasb ta’limi” (oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyasi) bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha kafedraga O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasiga qarashli barcha KXKlari uchun maxsus fanlarni o‘qitish maqsadida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash zimmasi yuklatilgan. 1999-2001 yillar kafedra mudiri lavozimida dos. Y.Maqsudov faoliyat ko‘rsatgan.

Kafedra jamoasi birinchi vakillari sifatida dos. R.Xabibullaev, katta o‘qituvchi J.Soliev, Sh.Mirzalieva, S.Mirzaaxmedova hamda kabinet mudiri Yu.Qambarovalar kafedraga asos solganlar. Kafedraning birinchi bitiruvchi qaldirg‘ochlari 2003 yilda “Kasb ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini egalladilar (“Kasb ta’limi” ozik-ovqat va kimyoviy texnologiyasi). 2001-2003 yillarda pedagogika fanlari doktori, professor X.X.Tillashev kafedra mudirligi vazifasini bajarib kelgan.

2003-2004 o‘quv yilida kafedrada “Kasb-hunar fanlarini o‘qitish metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga asos solinib, birinchi magistrlar qatorida 2005 yilda M.R.Muxitbekova, X.Ataxodjaev, S.Ravshanovlar magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib magistr akademik darajasini egallashga sazovor bo‘ldi.

2004 yildan kafedraga rahbarlik etish vazifasi yetuk pedagogik olim, pedagogika fanlari doktori, professor U.N. Nishonalievga topshirilgan. Bu davrda kafedra professor-o‘qituvchilari, uzluksiz ta’lim tizimida modulli o‘qitish texnologiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

2005 yildan kafedra mudiri lavozimiga dos. R.Boboyarov tayinlandi. 2007 yil mart oyidan – 2011 yil avgustgacha kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dos. J.I. Alimjonova boshqardi.

2011 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dos. Sh.T.Kangliev rahbarlik qildi. 2017 yil 20 martdan buyon pedagogika fanlari nomzodi dos. G.Sh. Aripova kafedraga rahbarlik qilmoqda.

2008-2009 o‘quv yilida kafedraning ass. M.L.Aripova 2011-2012 o‘quv yilida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedraning asosiy istiqbolli vazifalari qatoriga o‘quv jarayonining sifatini oshirish, fanlar bo‘yicha uslubiy ta’minot darajasini ko‘tarish, o‘quv-uslubiy ishlar borasida KHKlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida “D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” ta’lim muassasi bilan professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, stajirovkalar o‘tkazish, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olish, ta’lim muassasalariaro bir qancha maqsadli yo‘nalishlarda xamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchi mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada yuqori saviyaga ko‘tarish va boshqalar kiradi.

O‘quv jarayonini olib borishda hozirgi vaqtda dos. G.Sh.Aripova, dos. Sh.T.Kangliev, dos. R.Xabibullaev, kat.o‘qit. Sh.A.Zokirova, kat.o‘qit. B.D.Manazarov, ass. A.Axmedova, ass. D.D.Mirxodjaeva, ass. N.N.Xodjaeva, ass. K. A.Ikromovalar  faoliyat ko‘rsatayaptilar.

kt2

ILMIY TADQIQOT ISHLARI.

Davlat mablag‘idagi ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi:

 “Uzluksiz ta’lim tizimida talaba yoshlarni har tomonlama kamol toptirishni kasbiy-pedagogik turkum fanlari vositasida shakllantirish”.

Mazkur ilmiy-pedagogik tadqiqot yuzasidan yosh avlodni komil inson qilib yetishtirishda pedagogik turkum fanlar, jumladan “Pedagogik mahorat”, “Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Kasbiy psixologiya” “Kasbiy pedagogika” kabi fanlarni o‘qitish jarayonida insoniy fazilatlarni shakllantirish usullari o‘rganilmoqda.

2. “Talabalarda kimyoviy fikrlashni shakllantirish asoslari”

Mazkur loyiha bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar natijasida takomillashtirilgan fan dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar va virtual darslik andozalari, interfaol o‘qitish metodlari va pedagogik texnologiyalar, texnologik fanlarning multimediyali kompyuter dasturlari, virtual laboratoriya stendlari va kompyuter trenajyorlarini tayyorlash metodikalariga asos solindi va ularni yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida, texnika Oliy o‘quv yurtlariga o‘quv jarayonida foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

3. Nomzodlik dissertatsiyalari himoyalari

2009 yilda Aripova M.L. “Talabalarda vatan ravnaqi g‘oyasini shakllantirishning pedagogik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. (№130001)

2011-2012 o‘quv yilida ya’ni, 2001 yil 2 dekabr sanasida Aripova G.Sh. “Oilada tolerantlik tafakkurini shakllantirish (o‘smir yoshlardagi bolalarda)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi.

O‘QUV-USLUBIY IShLAR.

 

Kafedraning o‘quv jarayonida 3 fan nomzodi, 2 katta o‘qituvchi va 4 assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada 1-4 kurslarda jami 104 bakalavr talabalar taxsil oladi.

2015, 2016, 2017 yillarda kafedra tomonidan 5111000- Kasb ta’limi (kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi 2 ta) bo‘yicha Davlat Ta’lim Standartlari va malakaviy talablar yaratildi. Ushbu vazifani bajarish jarayonida 10 ta fanning namunaviy dasturlarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Kafedrada bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 10, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 3 fan o‘qitiladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha fanlar bo‘yicha takomillashgan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, ular asosida axborot resurs bazasi shakllantirilgan. Asosiy mutaxassis fanlaridan elektron darsliklar yaratilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi yillarda 8 o‘quv qo‘llanmasi, 10 ma’ruza matnlari, 8 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar, 3 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy fan dasturlari, 12 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar yaratilgan va chop etilgan.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga izchillik bilan tatbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish va ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida kafedra bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

 

Kafedraning quyidagi kasb-hunar kollejlarida filiallari mavjud:

  1. Toshkent shahar M.Ulug‘bek nomli texnologiya kasb-hunar kolleji
  2. Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji
  3. Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji.
  4. Chirchiq texnika kasb-hunar kolleji.
  5. Chirchiq sanoat iqtisodiyoti kasb-hunar kolleji.
  6. Yangiyo‘l oziq- ovqat  kasb-hunar kolleji.
  7. Zangiota oziq- ovqat kasb-hunar kolleji.

kt3

Ushbu filiallarda yuqori kurslarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari xamda bitiruv oldi amaliyoti olib boriladi. Bunda kasb-hunar kollejlari qoshida mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish sexlari va ustaxonalaridagi moddiy texnika bazasidan unumli foydalaniladi.

Bitiruv oldi amaliyotini o‘tash jarayonida talabalar maxsus fanlarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha o‘zlari yaratgan ishlanma va tavsiyalarni kollej talabalariga dars berish jarayonida sinab ko‘radilar va ular bo‘yicha aniq xulosalar chiqaradilar.

Kafedrada barcha kurs talabalaridan tashkil topgan va 27 nafar talabalarni jamlagan iqtidorli talabalar jamiyati tashkil etilgan. Ular o‘qish bilan birgalikda, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda, turli anjumanlarda, fan olimpiadalarida,  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, sport sohalarida o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada “Yosh pedagog”  to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedraning 7 nafar professor-o‘qituvchilari oxirgi yillar mobaynida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tib,  yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z kasbiy mahoratlarini oshirganlar.

O‘QITILADIGAN FANLAR.

 

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar.

1.   Psixologiya

2.   Kasbiy faoliyat psixologiyasi va pedagogikasi

3.   Shaxsning fiziologik rivojlanishi

4.   Ta’lim texnologiyalari

5.   Elektron ta’lim texnologiyalari

6.   Politexnik ta’lim asoslari

7.   Kasb ta’limi metodikasi

8.   Mutaxassislik fanlarini o‘qitish va ishlab chiqarish ta’limi metodikasi.

9.   O‘quvchilarda kimyoviy-texnologik fikrlashni shakllantirish.

10. Modulli o‘qitish asoslari.

             

Magistratura (TKTI) bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar.

  1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.
  2. Pedagogik  texnologiya va pedagogik mahorat
  3. Maxsus fanlarni o‘qitish  metodikasi.

KAFEDRANING ILMIY VA TASHQI ALOQALARI.

Kafedra Moskva davlat pedagogika universitetining “Oliy ta’lim pedagogika kafedrasi” va “Pedagogik ta’lim xalqaro akademiyasi”, Toshkent davlat pedagogika universitetining “Kasb ta’limi” fakulteti, Toshkent arxitektura va qurilish institutining “Kasbiy pedagogika” kafedrasi, Oliy va O‘rta maxsus kasb-xunar ta’limini  rivojlantirish markazi qoshidagi davlat ta’lim standartlari bo‘limi hamda o‘quv adabiyotlarini nashrga tayyorlash va nashr etish bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan.

 “KASB TA’LIMI” kafedrasi tarkibi.

Familiyasi, ismi-sharifi

Lavozimi

1

Aripova G.Sh.

Kafedra mudiri, dotsent (1,0)

2

Kangliev Sh.T.

Dotsent (1,0)

3

Zokirova Sh.

Katta o‘qituvchi  (1,0)

4

Manazarov B.D

Katta o‘qituvchi  (1,0)

5

Axmedova A.

Assistent (1,0)

6

Mirxodjaeva D

Assistent (1,0)

7

Ikromova K.A.

Assistent (0,75)

8

Xodjaeva N.

Assistent (0,5)

9

Xabibullaev R

Dotsent (0,25)

kt4