Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Tillar kafedrasi

“Tillar” kafedrasi mudiri

f.f.n., dotsent Tavaldieva Gulbaxar Nishanovna

tel: +99890 9448164

E- mail:   gulbahor_tavaldiyeva@mail.ru

 

 

    Kafedra tarixi.  1991 yil may oyida O‘zR Prezidenti farmoniga asosan tashkil topgan Toshkent Kimyo-texnologiya instituti tarkibida dastlab “Chet tillari”  hamda “O‘zbek va rus tillari” kafedralari shakllangan edi. “Chet tillari” kafedrasiga 1991-1992 yillarda dos. V.D.Musaeva, 1992-1994 yillarda filologiya fanlari nomzodi S.N.Abdullaeva, 1994-2005 yillarda dos. I.G‘.Zoxidov rahbarlik qildilar. “O‘zbek va rus tillari” kafedrasini dos. H.Yo‘ldosheva boshqardi. 1996 yilda kafedralar birlashtirilib, “Tillar” kafedrasi deya atala boshlandi va kafedrani dos. I.G‘.Zoxidov boshqardi. 1997 yilda kafedra ikkiga ajraldi va “O‘zbek va rus tillari” kafedrasiga prof. H.Uzoqov, “Chet tillari” kafedrasiga dos. I.G‘.Zoxidov rahbarlik qildilar. 2001 yil “O‘zbek va rus tillari” kafedrasini p.f.n. F.Umarova boshqardi, 2002 yildan 2017 yilgacha kafedraga f.f.n., dos. G.S.Keldiyorova rahbarlik qildi. 2005 yil sentabr oyidan kafedralar birlashtirilib, “Tillar” kafedrasi deb nomlandi. 2017 yildan “Tillar” kafedrasidan “Chet tillari” sikli ajratildi. 2017 yil 8 iyundan boshlab kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dos. Tavaldieva Gulbaxar Nishanovna rahbarlik qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari talabalarga saboq berish bilan birga ularda bilim olish ko‘nikmalarini o‘stirish, ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib yetishishlari uchun  mehnat qilmoqdalar. O‘qituvchilari tomonidan talabalarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘zbek, rus, davlat tilida ish yuritish va nutq  madaniyati fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.  

          Kafedra yuklamasiga kiritilgan barcha fanlar institutning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida o‘qitiladi. O‘qitishda har bir fanning xususiyatini hisobga olish bilan birga, talabalarning yoshi, mutaxassislik yo‘nalishi, ta’lim darajasiga ham e’tibor beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar nutqiy malakasini o‘stirish uchun o‘zbek milliy urf-odatlari haqidagi, respublikamiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqidagi hamda  mutaxassislik fanlariga oid matnlardan maqsadli foydalaniladi.             

            O‘quv jarayonini olib borishda hozirgi vaqtda dos. G.N.Tavaldieva, dos. G.S.Keldiyorova, kat.o‘qit. U.Mirsoatova, kat.o‘qit. Sh.A.Komilova, kat.o‘q. M.A.Imomalieva va boshqalar faoliyat ko‘rsatayaptilar.

 

ILMIY TADQIQOT ISHLARI.

Davlat mablag‘idagi ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi:

             Kafedra istiqbol rejasi asosida “Texnik oliy o‘quv yurtida talabalarga til o‘rgatishda o‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilish” ilmiy mavzusi tanlanib, dasturlar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘qitiladigan tillar bo‘yicha mutaxassisliklar atamalari lug‘atini tuzish, rus tilini  o‘rgatish bo‘yicha elektron qo‘llanmalar, multimedialar tayyorlashlari, institut tomonidan amalga oshirilayotgan turli innovatsion loyihalarda  qatnashish belgilangan.

Dos.G.Tavaldieva va boshqalarning “O‘zbek tilining  kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati”, shuningdek, dos.G.Keldiyorova, G.Tavaldievalarning ilmiy tadqiqot ishlaridan o‘zbek filologiyasi magistraturasida “Shukur Xolmirzaevning ijodiy yo‘li”, “O‘zbek lingvopoetikasi”, “Hozirgi o‘zbek hikoyachiligi”, “Ona tili o‘qitish metodikasi” maxsus kurslari sifatida foydalanib  kelinmoqda.

Kafedra mudiri  G.Tavaldieva, kafedra dotsenti G.Keldiyorova  yuqori saviyada ochiq dars o‘tkazadilar. 2016-2017 o‘quv yilida  K.o‘q.M.Imomalieva TKTI qoshidagi akademik litsey o‘qituvchilari uchun “Proektirovanie i planirovanie ispolzovaniya novыx pedagogicheskix texnologiy na urokax russkogo yazыka”, k.o‘q . U.Mirsagatova Oxunboboev nomidagi 2-respublika medkollejida “Ispolzovanie metodov sinektiki i proektov na urokax russkogo yazыka” mavzularida master-klass o‘tkazdilar.

         Kafedra dotsenti G.Keldiyorova  ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi qoshidagi ta’lim markazida “O‘zbek tili” fani bo‘yicha ekspert sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

         Kafedra professor-o‘qituvchilari “O‘zbek tili” fanidan  Respublika Olimpiadasida, TKTI qoshidagi  akademik litseylarda  “O‘zbek tili”, “Rus tili”fanlaridan fan olimpiadasida  hay’at a’zosi sifatida ishtirok etib kelishmoqda.

 

3. Nomzodlik dissertatsiyalari himoyalari

2001 yilda G.Keldiyorova  “O‘zbek badiiy nutqida antiteza (E.Vohidov ijodi misolida)”mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2009 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi.

2003 yilda G.N.Tavaldieva “Shukur Xolmirzaev hikoyalarida voqelikni badiiy idrok etish prinsiplari” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.  2016 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi.

 

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR.

 

Kafedraning o‘quv jarayonida 2 ta fan nomzodi, 3 ta katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi.  

Kafedrada bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1 ta fan o‘qitiladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha fanlar bo‘yicha takomillashgan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, ular asosida axborot resurs bazasi shakllantirilgan.  Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi yillarda 3 o‘quv qo‘llanmasi, 2 ma’ruza matnlari, o‘ndan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar, 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar yaratilgan va chop etilgan.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga izchillik bilan tatbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish va ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida kafedra bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Kafedrada iqtidorli talabalar jamiyati tashkil etilgan. Ular o‘qish bilan birgalikda, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda, turli anjumanlarda, fan olimpiadalarida,  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, sport sohalarida o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

          Kafedra o‘qituvchilari rahbarligida talabalar Respublika fan olimpiadalarida, tanlovlarda qatnashib, yuqori sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqdalar. 2015 yilda o‘zbek tili fanidan o‘tkazilgan OO‘Yu o‘rtasidagi Respublika fan olimpiadasida Menejment va kasb ta’limi fakulteti talabasi N.Shuvalov “O‘zbek tili” fani bo‘yicha faxrli II o‘rinni egalladi. 2017 yilda Menejment va kasb ta’limi fakulteti 2-bosqich talabasi M.Sattorova “Kitob – tafakkur manbai”  tanlovida qatnashib, “Eng faol kitob targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha hududiy bosqichda 1-o‘rinni egalladi. Institutning “Kimyogar” jamoasi esa “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin olib, diplom bilan taqdirlandi.

          Kafedra a’zolari har yili xalqaro, respublika va oliy o‘quv yurtlariaro o‘tkaziladigan ilmiy-texnikaviy va ilmiy-uslubiy anjumanlarda ma’ruzalari bilan faol qatnashadilar. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari rahbarligidagi talabalar ma’ruzalari ilmiy-texnik konferensiyalarda  yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

Institutda va  Talabalar turar joyida “Rus tili”, “Nutq madaniyati” fanlaridan  to‘garak faoliyat yuritadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublikamiz ma’naviy-ma’rifiy hayotiga, shoir va yozuvchilarning tavallud kunlariga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

 Kafedraning 5 nafar professor-o‘qituvchilari 2016-2017 yillarda dos. G.S.Keldiyorova, kat.o‘qit. U.Mirsoatova, kat.o‘qit. Sh.A.Komilova, kat.o‘q. M.A.Imomalieva, ass.N.Xamroxodjaevalar malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli o‘tib,  yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z kasbiy mahoratlarini oshirganlar.

 

O‘QITILADIGAN FANLAR.

 

Bakalavriatura bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar.

1.   O‘zbek tili

2.   Rus tili

3.   Davlat tilida ish hujjatlarini yuritish va nutq madaniyati

           

Magistratura (TKTI) bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar.

  1. Nutq madaniyati

 

 

KAFEDRANING ILMIY VA TASHQI ALOQALARI.

 

           Kafedrada   2015-2016 o‘quv yillarida O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, O‘zDJTU,O‘zMU, TTESI, TDTU, TDIU, TATU,TDAU bilan  fan va innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

 “TILLAR” kafedrasi tarkibi

 

Familiyasi, ismi-sharifi

Lavozimi

1

Tavaldieva G.N.

Kafedra mudiri, dotsent (1,0)

2

Keldiyorova G.S.

Dotsent (1,0)

3

Mirsoatova U.Z.

Katta o‘qituvchi  (1,0)

4

Komilova Sh.A.

Katta o‘qituvchi  (1,0)

5

Imomalieva M.A.

Katta o‘qituvchi  (1,0)

6

Xamraxodjaeva N.N.

O‘qituvchi  (1,0)

7

Mutalov D.

O‘qituvchi  (0,5)