MENEJMENT VA KASB TA`LIMI FAKULTETI

 

RAHBARIYAT

                           DEKAN

                        Vapayev Murodjon Dusummatovich

                        •Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

                        •Tel.: 71 273 02 96

                        •E-mail: tkti.mktf@gmail.com

 

 

                              OʻQUV ISHLARI BOʻYICHA DEKAN OʻRINBOSARI

                        Abdulakimov Ilxom Farxodovich

                        •Tel: 71 244 60 64

                        •E-mail: ilhomjonabdulakimov@gmail.com

 

 

 

                    YOSHLAR BILAN ISHLASH BOʻYICHA

                  DEKAN OʻRINBOSARI

                    Poyanov Bexzod Shamilovich

                   •Tel: 71 244 60 64

                   •E-mail: behzod.poyanov@mail.ru

 

FAKULTET TARIXI

2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy kengashi qarori bilan “Menejment va sanoat ekologiyasi” fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibiga “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti“, “Sanoat ekologiyasi”, “Chet tillari”, “Fizika” va “Matematika” kafedralari kiritildi.

2002-yilda “Menejment va sanoat ekologiyasi” fakulteti tarkibidagi “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi oʻrniga “Informatika” kafedrasi kiritildi va fakultet “Menejment va axborot texnologiyasi” nomini oldi.

Respublikamiz kimyo, neft va gaz hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari ehtiyojlarini yuqori malakali menejerlar va marketologlar bilan taʼminlash maqsadida, institut ilmiy kengashining 2004-yil aprel oyidagi qarori bilan “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi negizida “Sanoat menejmenti” va “Sanoat marketingi” kafedralari tashkil etildi. Fakultet tarkibiga “Kasb taʼlimi” kafedrasi qoʻshilishi munosabati bilan ushbu fakultet nomi 2004-yil 20-fevraldagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy kengashi qaroriga binoan institutning 2004-yil 15-maydagi 131 — sonli buyrugʻi bilan “Menejment va kasb taʼlimi” fakulteti, deb nomlandi.

 Fakultet  tarkibida 5 ta kafedra (Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi (SMMX), Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti (SIM), O'zbek tili va professonal ta'lim (O'TPT), Xorijiy tillar va Oliy matematika) bo‘lib shulardan 3 tasi (SMMX, SIM, O'TPT) mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1533-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12- yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   12-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Vazirlikning 2011 yildagi “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlarini yangilash to‘g‘risida”gi 308-sonli buyrug‘iga asosan tegishli  yo‘nalishlar va mutaxassisliklar  bo‘yicha yangi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlandi. Ushbu standartlar asosida tegishli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi hamda o‘quv jarayoniga joriy etildi.

FAKULTET TARKIBIY TUZULMASI VA TA'LIM YO'NALISHLARI

USTOZ SHOGIRD TIZIMI

“M va KT” fakulteti iqtidorli talabalar bilan ishlarni faollashtirish maqsadida “SIM” kafedrasida “Yosh menejer”, “SMMX” kafedrasida “Sifat menejmenti”, “O'TPT” kafedrasida  “Yosh pedagog”, “Oliy matematika” kafedrasida “Yosh matematik”, “Xorijiy tillar” kafedrasida esa “Nemis tili”, “Ingliz tili”, “Rus tili”, Talabalar turar joyida “Ingliz tili” va “Rus tili” to‘garaklari tashkil etilgan. O‘quv yilining boshida to‘garaklarning ish rejasi va o‘tiladigan mashg‘ulotlarning dasturi ishlab chiqilgan va mashg‘ulotlarni olib borishga kafedraning yetakchi murabbiylari va o‘qituvchilari jalb qilingan. 

Fakultet professor-o‘qituvchilari yangi ijtimoiy va siyosiy munosabatlar sharoitida mustaqil va har tomonlama kamol topgan yuqori malakali sifat menejeri, metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, menejment, kasb-ta’limi, yoqilg‘i va organik birikmalar ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo va kimyoviy texnologiya, silikat materialar texnologiyasi, kamyob, nodir va tarqoq metallar texnologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarga xalqaro standart talablari asosida ta’lim va tarbiya berishdek ishda faol xizmat qilmoqdalar.