Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

  

Bo‘lim boshlig‘i

Alimov Iskandar Maxamadalievich

Dr.Ph.D., Post Doc Warsaw university of Technology

E-mail: alimov2007@yandex.ru

Tel.:+99897-750-97-89

 

Bosh mutaxassis

Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘li

t.f.d., dotsent

E-mail: asror_tcti@mail.ru

Tel.:+99893-375-42-26

 

Bosh mutaxassis

Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

E-mail: djaxangirova77@mail.ru

Tel.:+99893-506-17-99

 

Hurmatli foydalanuvchilar, agarda sizda ta'lim sifatini oshirish yuzasidan takliflar va shikoyatlar mavjud bo'lsa ushbu manzil orqali o'z fikringizni yuborishingiz mumkin.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasaci tarkibiga kiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi TKTI talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, TKTIni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda TKTI rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun TKTI tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

TKTIda talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;

TKTIda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

TKTIda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

institutda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish;

belgilangan tartibda OTM Kengashiga saylash va saylanish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:

xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;

Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda TKTIning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, TKTIning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

Bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlariga nomzodlar institut rektori buyrug‘i bilan Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga asosan tayinlanadi va Davlat inspeksiyasi boshlig‘i ruxsati bilan lavozimlaridan ozod etiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini yuritishda Davlat inspeksiyasiga va institut rektoriga bo‘ysunadi.

Тошкент кимё-технология институти таълим сифатини назорат қилиш бўлимининг 2018 йил I - чорак иш режасида белгиланган вазифалар ижроси юзасидан ҲИСОБОТИ