Toshkent kimyo texnologiya instituti Qo‘ng‘irot soda zavodi qoshidagi maxsus sirtqi bo‘lim

Maxsus sirtqi bo’lim dekani

Buxorov Shuxrat Burievich

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Tel: +998 61 315-10-60

Elektron pochta: tcti_msb@mail.ru

Qabul kunlari: Har kuni 14:00-17:00

Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo’limi dastlab O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2005 yil 13 apreldagi PQ-49 sonli “Q’ng’irot soda zavodiga kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil qilish haqidagi” qarorlariga asosan “Qo’ng’irot soda zavodi qoshidagi maxsus sirtqi bo’lim” nomi bilan tashkil etilgan. 2005 yildan boshlab Qo’ng’irot soda zavodi Unitar korxonasining oily ma’lumotli kadrlarga bo’lgan ehtiyoj talabnomasiga asosan “O’zkimyosanoat” Aksiyadorlik Jamiyati bilan yaqin hamkorlikda Maxsus  sirtqi bolimda 5522400 - «Kimyoviy texnologiya», 5520700 -«Texnologik mashina va jixozlar», 5580400 - «Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi, 5310700 - «Elektrotexnikasi, elektromexanikasi va elektrtexnologiyasi» bakalavriyat na’lim yo’nalishlari hamda 5А320401- «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi», 5А320305 - «Kimyoviy ishlab chiqarish va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari», 5А310704 - «Elektrotexnik majmualar va tizimlar» va 5А320405 - «Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi» magistratura mutaxassisliklari bo’yicha Qongirot soda zavodi uchun yuqori salohiyatli kadrlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yo’lga qo’yilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 27-dekabrdagi «Surgul konni ishga tushirish bilan Surgul koni bazasida Ustyurt GKM qurilishi loyixasi bo’yicha moliyalastirish va qurulishini tashkil etish chora tadbirlari to’grisida»gi PQ-1667-sonli qarorlarining  18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 31-dekabr №528 sonli «Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo’ng’irot soda zavodi qoshidagi maxsus sirtqi bo’limi bazasida ta’limning kunduzgi shakli bo’yicha kadrlar tayyorlashni tashkil qilish to’g’risida»gi  buyrug’iga asosan 2012-2013 o’quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamla «Uz-Kоr Gas Chemikal» MChJ qo’shma korxonasi bilan yaqin hamkorlikda quyidagi: 5320400 - « Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish)», 5321300 - «Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi », 5320300 - «Texnologik mashina va jihozlar (neft va gaz sanoati mashina va apparatlari)», 311000 - «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (neft va gaz sanoati tarmoqlari)» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr darajasidagi yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Fakultetda quyidagi kafedra mavjud:

“Fundamental fanlar” kafedrasi