Magistratura bo‘limi

 

 

 

 

 

 

 

Bo‘lim boshlig‘i:

Baltabaev Ulug‘bek Narbaevich

e-mail: ulug85bek77@ mail.ru

Ma’lumoti: Oliy

Mutaxassisligi: injener-texnolog

Ilmiy daraja:

Texnika fanlari bo‘yicha f.d (PhD)

Chet tillarni bilishi: Rus tili (erkin), ingliz va turk tillari (lug‘at asosida)

Bo‘lim metodisti:

Kayumova Dilbar Alisherovna

Tel: +998 71 244-79-05

Qabul kunlari: Har kuni 14:00-17:00

 

 

 

Magistratura faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekimton Respublikasi ..prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash” 2012 yil 24 iyundagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqidagi” 36-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib malakali pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura mutaxassisliklari va ularda o‘quv jarayonlarinining tashkil etilishi

Magistratura bo‘limida 2017-2018 o‘quv yilida jami 337 nafar talaba, ya’ni, 1-kursda 192 nafar va 2-kursda 145 nafar talaba, 143 nafar talaba davlat granti asosida va 194 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.

Magistratura bo‘limida professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ular fan doktori, professor ilmiy darajalariga va fan nomzodi, dotsent ilmiy unvonlariga ega pedagoglardir.

Magistratura bo‘limida ta’lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarni tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib ushbu ishlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. O‘quv jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilingan.

Bugungi kunda Magistraturada jami 13 ta mutaxassislik kafedralar faoliyat olib borishmoqda shu kafedralarda 26 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Magistratura mutaxassisliklari va kontingenti to‘g‘risida ma’lumot

Mutaxassislik nomi

Shifri

1kurs talabalar soni

2kurs talabalar soni

1.

Maxsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi

5A310901

5

7

2.

Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish

5A310902

6

6

3.

Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

5A311001

9

7

4.

Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonalari mashina va apparatlari

5A320305

8

6

5.

Sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari

5A320306

4

4

6

Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik

5A320307

4

3

7

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (NMKT bo‘yicha)

5A320401

8

6

7.1

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (MO‘KT bo‘yicha)

5A320401

5

2

7.2

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (KTMKT bo‘yicha)

5A320401

7

8

8

Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (AOST bo‘yicha)

5A320402

14

13

8.1

Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (NOMKT bo‘yicha)

5A320402

6

4

9

Silikat va qiyin eriydigan materiallar texnologiyasi

5A320404

7

3

10

Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi

5A320405

8

4

11

Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

5A320407

8

5

12

Biotexnologiya (maxsulot turlari bo‘yicha)

5A320501

10

8

13

Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi   ( VIChT bo‘yicha)

5A321001

6

3

13.1

Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi   ( DMT bo‘yicha)

5A321001

6

2

13.2

Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi   (YoMTbo‘yicha)

5A321001

4

10

13.3

Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi   (KGSBMT bo‘yicha)

5A321001

7

6

13.4

Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi   (PT bo‘yicha)

5A321001

2

2

14

Oziq-ovqat xavfsizligi

5A321003

18

8

15

Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi

5A321302

16

17

16

Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

5A321303

6

4

17

Rezinotexnika buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi

5A321801

8

7

18

Xizmatlar soxasi (ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish)

5A610101

5

-

19

Atrof muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha)

5A630101

5

-

 

Jami

 

192

145

 

Magistraturada o‘quv jarayoni respublikamizning ko‘zga ko‘ringan nufuzli tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda turli dolzarb mavzularda o‘quv seminarlari, muammoli ma’ruzalar, “Master klass”lar tashkil etilmoqda.

Magistratura bo‘limida dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxassislik kafedralar bilan hamkorlikda bitiruvchi magistrlarni ish joylariga taqsimlash maqsadida “Karera kunlari” mehnat yarmarkasi tadbirlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra bitiruvchilarni ishga taqsimot natijasi bo‘yicha korxona va tashkilotlardan olingan takliflar umumlashtirilib borilmoqda.

Magistratura bo‘limining ilmiy-tadqiqot jarayoni

Magistratura bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari dastur va tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

Magistr talabalar tanlagan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash va dissertatsiya himoyasi chog‘ida Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi a’zolariga taqdim etmoqda. Bundan tashqari, magistr talabalarining respublikamiz turli jurnal, gazetalari va ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy maqola hamda tezislari chop etilmoqda.

Institutimizda har yili an’anaviy tarzda magistratura talabalarining “Umidli kimyogar" mavzudagi ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilinmoqda va unda talabalarning ilmiy-tadqiqot mavzusi yuzasidan ma’ruzalari tinglanib, tezislar shaklida chop etilmoqda.

Bugungi kunda Toshkent kimyo texnologiya instituti magistr  talabalari ilmiy-tadqiqot faoliyatini ilmiy tekshirish institutlari, shuningdek, davlat, jamoat, tijorat va notijorat tashkilotlari, korxonalar va boshqa muassasalarda o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra 2017-yilning fevral,mart  oylarida 2- kurs magistr talabalari stajirovkaga yuborildi.

Ilmiy-pedagogik amaliyotni o‘tash magistratura mutaxassisliklari magistrantlarining ilmiy-pedagogik mahoratini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi - magistrantlarni zamon talablariga javob beruvchi ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashdir.

Ilmiy-pedagogik amaliyotning vazifasi - qo‘yilgan maqsadga mavjud tegishli qonuniy-me’yoriy hujjatlarda qo‘yilgan talablarga erishishni ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda Toshkent kimyo texnologiya instituti magistr talabalari ilmiy-pedagogik amaliyotni institutning mutaxassislik kafedralarida hamda,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi boshqa kimyoviy oliy o‘quv yurtlari kafedralarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘tkazmoqdalar.

Magistratura bo‘limida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar

Har bir jamiyatning ma’naviyat darajasi uning iste’dod egalarini, umuman, qobiliyatli o‘quvchi-talabalarni qadrlashi, ularga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi, kamol topishi uchun yetarli shart-sharoitlarni ta’minlab berishi bilan ham belgilanadi.

Magistratura bo‘limida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlardan asosiy maqsad magistrantlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, talaba yoshlarni boy ma’daniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona-vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga, ularda nafaqat kasbiy, balki ma’naviy dunyoqarashni yanada yuksaltirishdan iboratdir.

Magistratura bo‘limida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lami kengayib bormoqda.

 Jumladan:

Ustoz-shogird tizimi asosida ta’lim tarbiyani yanada jonlantirish yo‘lga qo‘yilgan.

Ta’lim-tarbiya maslahat kengashi, Ota-onalar kengashi tashkil etilib, unda talabalar va ota-onalar bilan muloqotlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, doimiy ravishda darsdan bo‘sh vaqtlarida magistrantlar bilan turli dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish, turli hashar tadbirlarini tashkil etish, qariyalar holidan xabar olish, nogironlar uylariga borib ularning turmush tarzi bilan tanishib, turli sovg‘a-salomlar ulashish kabi ishlar olib borilmoqda.