«VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI» FAKULTETI

Fakultet dekani:

biologiya fanlari doktori, professor Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixoliqovich

 

 

 

«Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti 2018 yil 23 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekvinosanoat-xolding» Aksionerlik jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3239-son, 2018 yil 28 fevraldagi «Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3573 son qarorining 17, 19 bandlarida belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3239-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida»gi 616 son va 2018 yil 6 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3573-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida»gi 211 son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining 611-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

«Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti, «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti tasarrufidagi «Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi» kafedrasining «Qand bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi» sikli hamda «Biotexnologiya» kafedrasi asosida tashkil etilgan.

Fakultet dekani: biologiya fanlari doktori, professor Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixoliqovich.

Ta’lim yo‘nalishlari:

5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (vinochilik texnologiyasi);

5321000–Oziq-ovqat texnologiyasi (bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi);

5320500-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi).

Magistratura mutaxassisliklari:

5A321001 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (pivo texnologiyasi);

5A321001 – oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (vino va spirt ishlab chiqarish texnologiyasi);

5A320501-Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi uchun biopreparatlar ishlab chiqarish

Fakultet tarkibida sharobchilik sohasi korxonalaridagi mavjud muammolarni hal etish hamda mamlakatimizda biotexnologik jarayonni amaliyotga keng joriy etish maqsadida quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy maktablar faoliyat olib bormoqda:

Sharob ishlab chiqarishning biokataliktik asoslarini o‘rganish;

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish;

Sharobchilikda keng qo‘llaniladigan tok navlari seleksiyasi va biotexnologiyasi;

Tok navlarining kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish uchun biologik vositalar ishlab chiqarish;

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, quritish va qayta ishlash biotexnologiyalari.

 

Hozirgi kunda mazkur fakultetda quyidagi kafedralar mavjud:

“Biotexnologiya” (mudir, t.f.d., dos. Mamatov Sh.M.);

“Enologiya” (mudir, t.f.n., dos. Abdullaeva B.A.);

“Bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” (t.f.n., dos. Xasanov X.T.).

Fakultet «O‘zsharobsanoat» AJ tasarrufidagi barcha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Fakultetda talabalarning malakaviy amaliyotlari bevosita ishlab chiqarish korxonalarida o‘tashlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Zangiota vinochilik unitar eksperimental korxonasi hamda “Toshkent vino” aksionerlik jamiyatida “Enologiya” va “Bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” kafedralarining filiali tashkil etilgan. Mazkur filiallarda mutaxassislik fanlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda magistrantlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, “O‘simlik moddalari kimyosi” va “Bioorganik kimyo” institutlarida “Biotexnologiya” kafedrasi filialida mutaxassislik fanlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.