Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i      

Karabaev Dilshod Timurovich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

E-mail dtkinfo@umail.uz

Telefon +99871  244-77-25

 

 

“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘ining lavozim vazifalari:

• Bo‘limning barcha faoliyati va hodimlarini umumiy boshqarish;

• Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

• Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

• O‘quv muassasasi bilan korhona, tashkilot, hususiy korhona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Ilmli va madaniyatli mutaxassislar tayyorlashda hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish borasida ma’naviy- ma’rifiy ishlarning juda muhimligini e’tiborga olib, TKTIda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tadbirlar olib borilmoqda:

  • Ma’naviy–axloqiy tarbiya mohiyati, shaxsning kamol topishi, milliy, umumbashariy, diniy meros va qadriyatlardan samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirib borish.
  • Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar jarayonini boshqarish tizimini takomillashtirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini samarali qondirish, bu borada amaliy qoidalar va metodik tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
  • Institutda sport-sog‘lomlashtirish majmualari, kommunal xizmati, talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish va madaniy dam olish muassasalari faoliyatini kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga yordam berish, mahalla va turli jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni bevosita mustahkamlash.
  • Talabalar o‘rtasida turli tanlovlar, festivallar, olimpiada, spartakiadalar o‘tkazish va badiiy havaskorlik to‘garaklarini hamda ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil etib borish.
  • Talabalarni musiqa–badiiy madaniyat darajasini ko‘tarish, yoshlarni jahon va milliy badiiy, musiqaviy durdonalari bilan muntazam tanishtirib, radio, televideniya va matbuotda ma’naviy – ahloqiy, tarbiya mavzuda chiqishlar tashkil etish, milliy ma’naviyat va ahloq masalalari borasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirib borish.

Bo‘lim maqsadi:

Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularningma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib etishtirishdan iborat.

Bo‘lim vazifalari:

  • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o‘tkazish;
  • Talaba-yoshlar orasid axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni tashkil etish;
  • Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;
  • Institutda ma’naviy, ma’rifiyva tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlabc hiqish;
  • Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olibborayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etish.

Hozirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor hamda “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ioste’dodli yoshlarni qidirib toppish va ularga imkoniyat yaratib berish maqsadida “Yosh iste’dod” deb nomlangan loyiha ustida ishlamoqda. G‘oya muallifi “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi uslubchisi Behzod Poyanov.

 

 

“YOSH ISTE’DOD” KLUBLAR BIRLASHMASI

Tarkibida 5 ta klubni birlashtirgan “Yosh iste’dod” klublar birlashmasi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor qoshida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi, iste’dodli yoshlarni topish, ularga o‘zlarini namoyish etishda imkoniyatlar yaratish va iste’dodli talabalarning qobiliyatlaridan unumli foydalangan holda talabalar orasidagi ma’naviy muhidni yanada yaxshilash va talabalikning oltin davridan talaba-yoshlarning to‘la qonli bahramand bo‘lishlarini ta’minlashdir.

“Yosh iste’dod” klublar birlashmasining tarkibiy klublari yoshlarning qiziqishlarini o‘rgangan holda ularni guruhlarga taqsimlash natijasida taqsimlangan. Xususan, birlashma tarkibidagi klublar quydagilardan iborat:

1. “Art club” – badiiy mahorati va iqtidori yuqori bo‘lgan, san’atga qiziqishi yuqori bo‘lgan talabalarni o‘z atrofida birlashtiradi. Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan ishlar olib boradi. Turli ko‘rik tanlovlarga tayorlaydi va yo‘llanmalar beradi.

2. “Itellect club” – aqliy salohiyati kuchli, mantiqiy fikrlashi te’ran bo‘lgan, chuqur ilmiy asoslangan ilmlarga qattiq qiziqadigan talabalarni o‘z atrofida birlashtiradi. Ularga aqliy imkoniyatlarini yuksaltirishda sharoitlar yaratib beradi.

3. “Sport club” – sport sohasiqa qiziquvchan, jismoniy imkoniyatlari yuqori bo‘lgan yoshlarni atrofida birlashtiradi. Turli sport musobaqalari, to‘garaklarni tashkil etadi.

4. “Smile club” – badiiy mahorati yuqori bo‘lgan talabalar orasida hazil mutoyibaga qiziqadigan talabalar ko‘p ekanligini inobatga olib, bunday talabalaruchun “Smile club” alohida tashkil etilgan. O‘z nomidan ma’lumki, bu klub o‘z atrofida yumorga moyilligi bo‘lgan, hazil mutoyibada mahoratli bo‘lgan yoshlarni atrofida birlashtiradi. Turli ko‘rik tanlovlarni tashkil etadi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan ishlar olib boradi!

5. “Matbuot-media klubi” – ijodkorlik va jurnalistikaga qiziqadigan, yangilik qidiruvchi iqtidorli yoshlarni o‘z atrofida birlashtiradi. Klub a’zolari institute hayotini va undagi yangiliklarni yoririshda to‘la qonli journalist sifatida faoliyat yuritishiga imkoniyatlar yaratiladi. Klub a’zolari me’yorlardan chiqmagan holda, uchrashuvlar, intervyular, suhbatlar uyushtirish imkoniga ega. Bundan tashqari institute radiosida turli loyihlalar bilan faoliyat yuritishiga ham sharoitlar yaratiladi.

“Yosh iste’dod”ga talabalar a’zo bo‘lishlari bilan bir qatorda 30 yoshdan oshmagan institute hodimlari ham a’zo bo‘lishlari mumkin. Tashkilotga a’zo bo‘lishlik boshqa jamoatchilik tashkilotlariga a’zo bo‘lishligiga taqiq qo‘ymaydi. Yoshglar bir paytning o‘zida bir nechta klublarga va boshqa tashkilotlarga ham a’zo bo‘lishlari mumkin.