“Enologiya” kafedrasi

“ENOLOGIYA” KAFEDRASI TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi „Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-3573 sonli qarorining 17- va 19-bandlarida keltirilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida TKTI rektorining 15 avgust 2018 yildagi 611-sonli Institutda “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida buyrug‘iga asosan “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti tasarrufida “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining “Qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi” sikli asosida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab “ENOLOGIYA” kafedrasi tashkil etildi.

«Vinochilik va bijg’ish mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi 1938 yilda O’rta Osiyo Davlat universitetida katta olim professor M.A.Xovrenko tashabusligida tashkil etilgan va o’zi raxbarlik qilgan. 1940 yilda kafedra O`rta Osiyo industrial institutiga o`tkazilgan. 1941 yildan 1958 yillarda kafedrani dots. Motalev S.V., 1958 yildan 1960 yillarda prof. I.F.Zelikman boshqarib kelishgan.

1960-1990 yillarda kafedrani dotsent S.X.Abdurazaqova, 1990-1995 yillarda dots. S.U.Umarov, 1995-2003 yillarda dots. Sapaeva Z.Sh.,  2003-2011 yillarda dots. X.T.Xasanov boshqarib kelishgan. Kafedra yuqori malakali professor- o’qituvchilar bilan ta’minlangan. Kafedra tashkil bo`lgandan buyon 10 ta dan ortiq fan doktorlari, 25 ta dan ortiq fan nomzodlari, 2000ga yaqin vino, spirt, pivo hamda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bundan tashqari sut-go’sht, konserva va qand ishlab chiqarish bo’yicha ham yetuk kadrlar tayyorlangan. Kafedra laboratoriyalari mikrobiologiya, biokimyo, tehno-kimyoviy nazorat, avtoklav, zamonaviy biorganik laboratoriya jihozlari bilan ta`minlangan.

Har qanday mutaxassis o‘ziga mansub sanoatni rivojlantirish, takomillashtirish harakatida bo‘lishi tabiiy xoldir. Shu sohaning zaxmatkashlari kechayu-kunduz izlanishdadirlar. Bunday yutuqlarga o‘z xissasini qo‘shgan tarmoq tashkilotlari va uni davom ettirgan soha xodimlari shu kafedrani tamomlagan mutaxassislardir.

Kafedra bitiruvchilari ichida olimlar, yirik korhonar rahbarlari va vazirlik hodimlari bor. Shulardan, fan doktorlari: Y.L.Rogosov, N.Korolkov, S.H Abdurazakova, S.M.Turobjonov, B.Qasimhodjaev, H.T.Salomov, N.K.Mo’minov D.T.Mirzarahmetova va boshqalar.  Mazkur kafedrasi bitiruvchilari ishlab chiqarishni turli sohalarida yuqori lavozimlarda faoliyat ko`rsatishgan: Abdullaev O.A., Musurmanov B., Ma’rupov J.,  Otabekov Sh.I., Avakov V.S., Saidaxmedova R.B., Saidjalolov S.B.,  Topilov Z., Yusupova M.X.,  Mamadjanov G‘.X., Efremov A.N., Abdullaev A.O., Ilyasov T.M., Islomov M.I., Ortiqova X.T., Qosimxo‘jaeva D.A., To‘ychiev R., Ishmuxamedova S.

1999 yilda kafedra nomi «Qand va bijg’ish mahsulotlari texnologiyasi»ga o`zgartirilgan. 2011 yilda kafedra “Yog’-moy va don mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi bilan birlashtirilib, “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi deb yuritila boshlagan. 2011-2016 yillarda t.f.n., dots Serkayev Q.P., 2016-2018 yillarda t.f.n. Abdullayev U.K. kafedra mudiri vazifasini bajardilar.

Kafedraning Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (Qand va bijg’ish mahsulotlari texnologiyasi) yo`nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda 5A321001 « Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash  texnologiyasi» (Vino va spirt ishlab chiqarish texnologiyasi) mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanyapti.

KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT IShLARI

 

Kafedra professor o’qituvchilari malakali muxandis-texnolog, bakalavr va magistrlar tayyorlash bilan bir qatorda ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

 

Kafedraning ilmiy potentsiali asosan quyidagi mavzu bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boryapti:

1. Resurs tejamkor ekologik toza yuqori sifatli vinolarni texnologiyasini yaratish

2. Quvvatlangan sharob va sharob maxsulotlari ishlab chiqarishda kislorodli ishlov berishni takomillashtirish

3. Immobilizatsiyalangan fermentlar va achitqi xujayralari asosida sharob ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish

4. Kraxmalli xom ashyolarni qayta ishlashda biokatalitik jarayonlarni takomillashtirish.

5. Vino antioksidantlari va ularni tehnologiyaga ahamiyati

6. Uzumni qayta ishlash va vino tayyorlash tehnologiyasini innovatsion takomillashtirish

 

Ushbu ilmiy tadqiqot ishlarni bajarishda kafedra xodimlari, aspirantlari va magistrlari jalb qilingan.

KAFEDRANING ILMIY ALOQALARI

Kafedrani «Toshkentvino kombinati» da filiali tashkil etilgan bo’lib kafedra talabalarini nazariy bilimlari amaliy darslar asosida muntazam mustaxkamlanayapti. O`zR FA Mikrobiologiya instituti, O`zbekiston Milliy Universiteti va Zangiota vinochilik unitar eksperimental korxonasi bilan ilmiy-ijodiy shartnoma tuzilgan bo’lib, bu erda kafedra bakalavr, magistrlari va tadqiqotchilari dissertatsiya mavzulari bo’yicha xamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarib kelmoqda.

O’QUV-USLUBIY, MA’NAVIY VA TARBIYAVIY ISHLAR

Kafedra faoliyatida tarbiyaviy ishlarga ham katta e’tibor berilmoqda. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali-tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chikilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustvorligini ta’minlash, umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, talabalar orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib borilmoqda. Kafedra xodimlari har bir guruh talabalari orasida muntazam ravishda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boradilar.

Kafedrada bakalavr va magistr talabalariga 15 dan ortiq fanlar bo’yicha darslar beriladi. Jumladan:

Qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi yo’nalishida:

1. Ixtisoslikka kirish

2. Oziq-ovqat kimyosi

3. Oziq-ovqat mikrobiologiyasi

4. Bijg‘ish mahsulotlari texno-kimyoviy nazorati

5. Qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi korxonalar jixozlari

6. Alkogolli mahsulotlar xom ashyosi

7. Qand va bijg’ish maxsulotlari texnologiyasi

8. Bijg’ish maxsulotlari texnologiyasining nazariy asoslari

9. Qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasining biokimyoviy asoslari

10. Ichimliklar ekspertizasi

 

5A321001 « Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash  texnologiyasi» (Vino va spirt ishlab chiqarish texnologiyasi) mutaxassisligi bo`yicha

 

11.                Sharobchilik va spirt korxonalari uskunalari

12.                Maxsus sharoblar texnologiyasi

13.                Spirt ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi

14.                Sharobchilik va spirt korxonalarining ekologik aspektlari

15.                Sharobchilik va spirt mikrobiologiyasi

16.                Sharob va spirt biokimyosi

17.                Soxa korxonalarini loyihalash

 

Vinochilik texnologiyasi ta`lim yo’nalishi bo`yicha bakalavriat talabalariga quyidagi fanlar o`qitilishi rejalashtirildi

  1. Ixtisoslikka kirish
  2. Ampelografiya
  3. Vinochilik mikrobiologiyasi
  4. Vino kimyosi
  5. Sharob ishlab chiqarish korhonalarining  uskunalari
  6. Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishning nazariy asoslari
  7. Vinochilik texnologiyasi
  8. Sanoat korxonalarida qayd va hisobot

 KAFEDRANING PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI:

 

  1. Abdullayeva Barno Atabekovna, t.f.n., dotsent, kafedra mudiri
  2. Abdurazakova Sobira Xodjayevna, t.f.d., professor
  3. Zakirova Muyassar Raximovna, t.f.n., dotsent
  4. Sapaeva Zamira Shavkatovna, t.f.n., dotsent
  5. Abdullayev Umid Kuychiyevich, t.f.n.
  6. Akbarova Nodira Abduvasikovna, katta o‘qituvchi
  7. Egamberdiev Po‘lat Ergashovich, katta o‘qituvchi
  8. Malikov Azim Ne’matovich, assistent
  9. Abduraxmanov Obidjon Xamidovich, assistent
  10. Boboev Akmal Xotamovich, doktorant