Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi

Adilov  Ravshan  Irkinivich

Ilmiy darajasi: Texnika fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: Dotsent

Lavozimi: Ilmiy  innovatsion  ishlanmalarni  tijoratlashtirish  bo’limi boshlig’i

Ixtisosligi: Yuqori molekulyar birikmalar

Tamomlagan yili: TKTI 1991 yil

 

TKTI ishlashi: 1991 yildan  hozirgi kungacha                   

Ilmiy ishlari: 53

Mualliflik guvohnomasi: 1

Tel: (98) 1237172;

Tel./faks:(371) 2449248;

E-mail: Adilov_ravshan@mail.ru

Ilmiy  innovatsion  ishlanmalarni  tijoratlashtirish  bo’limi (IIITB) –O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va soxalariga innivatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3698-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 avgustdan tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3855-sonli qaroriga asosan institutda innivatsion jamg’arma ochildi. Innivatsion jamg’armaga tushgan mablag’larni to’g’ri taqsimlanishini olib borish uchun Innovatsion Kengash tuzildi.

Ilmiy  innovatsion  ishlanmalarni  tijoratlashtirish  bo’limi innovatsion ishlanmalardan tushgan mablag’lar, to’lov shartnoma xisobidan tushgan mablag’ning 5% (oylik, stipendiya va boshqa xarajatlarni qoplangandan so’ng) xamda xomiylar xisobidan  o’z faoliyatini olib boradi.

Asosiy maqsadi: Ilmiy innovatsion ishlanmalarni yaratish, sinovadan o’tkazish, tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilishdan  iborat.

Rejasi:  TKTI xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini litsenziya shartnomalari tuzib transfer qilish va kichik korxonalar yaratish ishlari bo’yicha faoliyat olib boradi. Ishlab chiqarishga tayyor ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun investorlarni, hamkorlarni jalb qiladi. Ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda professor o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan yangi texnologiya hamda yangi maxsulotlar ishlab chiqarish uchun hamkorlikda aloqalar olib boradi. Bitiruvchi va iqtidorli yoshlarni innovatsion ishlanmalar, texnologik loyixalar startaplarga jalb etadi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari, “O’zkimyosanoat” AJ va “O’zqurilishmateriallari” AJ va boshqa ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida o’zaro manfatli innivatsion xamkorlikni yo’lga qo’yadi. Innovatsion ishlanmalarni patentlashtirish, sertifikatlash ishlarini tizimli ravishda takomillashtirish, bu yo’nalishda konsalting xizmatlarini joriy etish. Isntitutdagi ilmiy ishlanmalar natijalarini xalqaro miqyosida targ’ib qilishdan iborat.