XORIJIY OLIY TA'LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIKDAGI QO'SHMA TA'LIM DASTURLARI

   

 

Bo'lim boshlig'i

Shernaev Anvar Normamatovich

Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent

E-mail: a_shan@bk.ru

 

“Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim" haqida

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1991 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning 60 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Institutda 15 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Xorijiy hamkorlar Janubiy Koreya, Germaniya, Vengriya, Avstriya, Xitoy xalq respublikasi, Rossiya federatsiyasi, Belorus respublikasi va shu kabi etakchi davlatlar OTMlari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391 11.07.2019 qarori ko‘ra TKTI rektorining 2019 yil 12 avgustdagi №734-sonli “Belorusiyaning belorus davlat texnologiya universiteti va mogilyev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlari faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Belarus davlat texnologiya universiteti hamkorligida TKTI tarkibida “Xalqaro Qo'shma ta'lim dasturlari asosida o’qitish bo'limi” tashkil etildi.

2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etildi. Jumladan Belorussiya davlatining Belorussiya davlat texnologiya universiteti (BDTU) bilan 4+1 sirtqi ta’lim shaklida 4 ta ta’lim   o‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 ta’lim shaklida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Xorijiy hamkor OTMlaridan asosan Belorussiyaning Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti hamda Rossiyaning Qozon (Volgabo‘yi filiali) federal universiteti bilan 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 277 nafar talaba va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 6 nafar magistrlar tahsil olmoqdalar. 

Bakalavriatura bo‘yicha 2+2 kunduzgi ta’lim shakli, 4+1, 3+2 sirtqi ta’lim shakli va magistratura bo‘yicha 1+1 shaklda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha  mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kunduzgi shaklda 2+2 dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan 46 nafar talabalar va 5 nafar magistrlar o‘qishning birinchi bosqichini tugatib, Belorussiya davlatiga jo‘natildi va o‘qishning 2-bosqichini hamkor universitetda xorijda davom ettirishmoqda.  Talabalarga 15% chegirma asosida aviabiletlar olish tashkil etildi, 5 nafar otasi yoki onasi yo‘q va oilasi nochor yoshlar daftariga kiritilgan talabalarga Xalqaro qo‘shma ta’lim mablag‘lari hisobidan homiylik asosida Toshkent-Minsk aviabiletlari sotib olib berildi.

2021-2022 o‘quv yili uchun qabul kvotalari olish uchun barcha xujjatlar tayyorlanib, OTVdan kvotalar olindi. Qabul komissiyasi ish faoliyati davomida onlayn tartibda abiturientlardan xujjatlar yangi tashkil qilingan platforma orqali onlayn tartibda qabul qilindi.

         Qabul kvotalari uchun 10 ga yaqin iqtisodiyot tarmoqlarining yirik ishlab chiqarish korxonalaridan kadrlar tayyorlash bo‘yicha talabnomalar olindi hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda sirtqi shakldagi 3+2 ta’lim shakli bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda bakalavrlar tayyorlashga ta’lim kvotalari ajratildi va ushbu yo‘nalishlarda talabalar o‘qishga qabul qilindi.

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI

BELORUSSIYA DAVLAT TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI bilan 11.06.2018 y. tuzilgan qo‘shma dastur (1+1) shartnomasi asosida  2019-2020 o‘quv yilida 2 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 6 nafar magistrant o‘qishga qabul qilindi hamda o‘qishni muvaffakiyatli tamomlab 3 nafari TKTIda faoliyat yuritmoqda. 2021-2021 y.y. 1 nafar magistrant o‘qishga qabul qilindi hamda hozirda o‘qishni BDTUda davom ettirish uchun jo‘natildi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi yoshlarini ta’lim olishlari hamda Qo‘ng‘irot soda zavodi oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olib, 2019-2020 o‘quv yilidan 4+1 sirtqi ta’lim shaklida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yoshlarni o‘qitish uchun sirtqi ta’limga 4 ta yo‘nalishda bakalavriaturaga talabalar o‘qishga qabul qilindi.

Qo‘ng‘irot Soda zavodi qoshida TKTIning Maxsus sirtqi bo‘limi bazasida TKTI va Belorus davlat texnika universiteti bilan 05.07.2019 y. tuzilgan qo‘shma dastur (4+1) shartnomasi asosida 2019-2021 o‘quv yilida 3 bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha 65 nafar  talaba qabul qilinib, hozirda 3-kursda tahsil olishmoqda 2020-2021 o‘quv yilida 3 ta bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha 59 nafar  talaba qabul qilinib, hozirda 2-kursda o‘qishmoqda.

BELORUSSIYA DAVLAT OZIQ-OVQAT VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI bilan maqullangan “Qo‘sh diplom” (“Double degree”) 2+2 tizimida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab esa 2 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriaturaga va 1+1 ta’lim shakli bo‘yicha 3 ta mutaxassislik bo‘yicha magistraturada talabalar tayyorlanmoqda.

2020/2021 o‘quv yili yakuni bo‘yicha 2 ta bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha 2-kursni tamomlagan 46 nafar talaba 2021 yilning 23-30 avgust kunlari Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘limining 4 nafar professor-o‘qituvchilari boshchiligida talabalarni Belorussiyada o‘qishlarini davom ettirishlari uchun xorijga xizmat safariga jo‘natildi.

2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 19 nafar  talaba 2 kursda  hozirda o‘qishlarini davom ettirishmoqda.

Belorussiya Davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan maqullangan “Qo‘shma diplom” (“Double degree”) 1+1 tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 3 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2019-2021 o‘quv yilida 7 nafar magistrant talaba Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetiga jo‘natildi va 2 kursni tugatib kelishdi.

2020-2021 o‘quv yilida 2 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 4 nafar  talaba o‘qishga  qabul qilindi.

ROSSIYA FEDERATSIYASINING QOZON (VOLGABO‘YI) FEDERAL UNIVERSITETI bilan maqullangan “qo‘shma diplom” (“Double degree”) 2+2 tizimida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda barcha ishlab chiqarish sohalari korxonalarini qamrovini kengaytirish maqsadida “ARTEL” kompaniyasi hamda O‘zdonmahsulot AJning oliy ma’lumotli zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib dunyoning TOP 1000 talik reytingi ro‘yxatida bo‘lgan Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan 4 ta’lim yo‘nalishida 2+2 kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatga 10 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.

 

TA’LIM DASTURLARI

BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI

2+2 kunduzgi ta’lim shakli;

Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda:

5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (non, makaron va qandolatchilik maxsulotlari);

5322800-Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi;

5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha).

 

Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda:

5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha).

 

3+2 sirtqi ta’lim shakli;

Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda:

5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (don mahsulotlari);

5322500 Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi;

5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar(sovutish, kriogen texnikasi va mo‘’tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari).

 

Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda:

5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha);

5320400 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);

5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha).

 

4+1 sirtqi ta’lim shakli

Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda:

5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha);

5320400 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);

5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha).

 

MAGISTRATURA  MUTAXASSISLIKLARI

1+1 kunduzgi ta’lim shakli

5A320407 Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha);

5A320307 Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik;

5A320404 Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi;

5A321001 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);

5A320311 Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari;

5A520103 Oziq-ovqat xavfsizligi va sifati.

 

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI BO‘YICHA QABUL JARAYONINI TASHKIL ETISH

2021-2022 o‘quv yili uchun Qo‘shma ta’lim asosida o‘qitish bo‘yicha abiturientlarni xujjatlarini qabul qilish TKTI rektori buyrug‘i asosida tuzilgan qabul komissiyasi ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasida BDOOKTU va QFU ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun institut bosh binosi A.Navoiy 32 binosida, BDTU bilan hamkorlikda tashkil qilinadigan 3+2 shakldagi bakalavriat sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga xujjatlarni topshirgan abiturientlarga TKTIning Qoraqalpog‘iston respublikasi Qo‘ng‘irot soda zavodi qoshidagi sirtqi bo‘lim binosida tashkil etiladi.

2021-2022 o‘quv yilida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida abiturientlarni talabalikka qabul qilishda hamkor OTM Belorussiyaning MDOOU, BDTU va QFUning qabul komissiyasi mas’ul kotiblari va rahbarlari ishtirokida kirish imtihonlari tashkil etildi.

Kirish imtihonlari II bosqichdan iborat bo‘lib test shaklida amalga toshiriladi.

I-bosqich fizika, matematika, kimyo fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi;

II-bosqich rus tilidan test ko‘rinishida bo‘lib O‘zbekiston respublikasi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Rossiyaning Qozon(Volgabo‘yi filiali) federal universiteti ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, Rossiya davlat test markazi tomonidan qo‘yilgan onlayn imtixon olish orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul qilishda to‘liq Davlat test markazi tomonidan  mutaxassislik fanlari va Rus tilidan test sinovlari o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinadi.

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar qabul komissiyasi xulosasiga ko‘ra institut rektori farmoyishi asosida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 421-sonli qarorida belgilangan tartibda test sinovlaridan tegishli barcha test savollarining 30% ballarni to‘plagan abiturientlar talabalikka tavsiya etiladi va to‘lov-shartnomasi mablag‘larining 50%dan kam bo‘lmagan qismini to‘laganlaridan so‘ng talabalar safiga rasmiylashtiriladi. To‘lov-shartnoma mablag‘larini to‘lagan abiturientlarga talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi rektor buyrug‘i rasmiylashtiriladi va hamkor OTMga jo‘natiladi, bir vaqtning o‘zida xorijiy hamkor OTM rektorining buyrug‘i rasmiylashtiriladi. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish faqat to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Davlat grantlari mavjud emas.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2021/2022 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)to‘g‘risida

MA’LUMOT

SHifr

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar nomi

Hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi nomi

To‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari

Ta’lim shakli

Ta’lim tili

O‘qish muddati (OTM+

hamkor OTM, yil)

2021/2022 o‘quv yilida xujjat topshirgan abiturientlar soni

 

Bakalavriat

 

400

 

 

 

 

5321000

Oziq-ovqat texnologiyasi (non, makaron va qandolatchilik maxsulotlari)

Belarus Respublikasi, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti

20

kunduzgi

rus

2+2

11 ta

5322800

Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

20

kunduzgi

rus

2+2

10 ta

5320300

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

20

kunduzgi

rus

2+2

11 ta

5321000

Oziq-ovqat texnologiyasi (don mahsulotlari)

30

sirtqi

rus

3+2

33 ta

5322500

Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi

30

sirtqi

rus

3+2

13 ta

5320300

Texnologik mashinalar va jihozlar(sovutish, kriogen texnikasi va mo‘‘tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari)

30

sirtqi

rus

3+2

28 ta

5320300

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

Belarus Respublikasi, Belorussiya davlat texnologiya universiteti

20

kunduzgi

rus

2+2

16 ta

5320400

Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar)

20

kunduzgi

rus

2+2

10 ta

5320400

Kimyoviy texnologiya (silikat  materiallar)

20

kunduzgi

rus

2+2

-

5320300

Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

30

sirtqi

rus

3+2

29 ta

5320400

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

30

sirtqi

rus

3+2

40 ta

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

30

sirtqi

rus

3+2

36 ta

5320300

Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish, kriogen texnikasi va mo‘‘tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari)

Rossiya Federatsiyasi, Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti

20

kunduzgi

rus

2+2

23 ta

5312600

Mexatronika va robototexnika

20

kunduzgi

rus

2+2

8 ta

5640200

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

20

kunduzgi

rus

2+2

9 ta

5320100

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

20

kunduzgi

rus

2+2

4 ta

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar buyicha)

20

kunduzgi

rus

2+2

20 ta

 

Magistratura

 

36

 

 

 

 

5A320407

Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha)

Belarus Respublikasi,
Belorussiya davlat texnologiya universiteti

6

kunduzgi

rus

1+1

4 ta

5A320307

Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik

6

kunduzgi

rus

1+1

1

5A320404

Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

6

kunduzgi

rus

1+1

1 ta

5A321001

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Belarus Respublikasi, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti

6

kunduzgi

rus

1+1

6 ta

5A320311

Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari

6

kunduzgi

rus

1+1

1 ta

5A520103

Oziq-ovqat xavfsizligi va sifati

Vengriya, Debretsen universiteti

6

kunduzgi

ingliz

1+1

-

 

ILMIY-TADQIQOT YO‘NALISHLARI

 

  • Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi;
  • Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi;
  • Hayot faoliyati xavfsizligi;
  • Kimyo va oziq-ovqat jarayonlari va qurilmalari;
  • Qurilish materiallari;
  • Oziq-ovqat texnologiyasi

HAMKORLIKDAGI XALQARO XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI

 

  • Belorussiya davlat texnologiya universiteti;
  • Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy  texnologiyalar universiteti;
  • Belorussiyaning YAnki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti;
  • Rossiya federatsiyasining Qozon Federal(Volgabo‘yi) universiteti;
  • Vengriya Debretsen universiteti.

 

ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIK

 

  • “Fan va taraqqiyot” DUK;
  • O‘zRFA M.T.O‘razboev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;
  • Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti;
  • O‘zRFA Umumiy noorganik kimyo instituti ;
  • BelFA Beliy nomidagi Mexanika va metallopolimer tizimlari ilmiy-tadqiqot instituti, Belorussiya.

 

HAMKOR ZAMONAVIY ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI

  • “ARTEL” brendi ostidagi kompaniyalar guruhi;
  • “Artel” innovatsion o‘quv markazi;
  • “Texnopark” MCHJ;
  • “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ;
  • “O‘zdonmahsulot” AK;
  • “Toshkentdonmahsulotlari” AJ;
  • “G’alla-Alteg” AJ;
  • “Mogilyovximvolokno” MCHJ, Belorussiya.

 

Qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishda ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi

Familiyasi, ismi, sharifi

Ilmiy darajasi va unvoni

Lavozimi

Ta’lim berayotgan

fanlari

E-mail

Shernaev Anvar Normamatovich

Texnika fanlari falsafa doktori(PhD), Dotsent

Bo‘lim boshlig‘i

Nazariy mexanika, texnik mexanika

a_shan@bk.ru

Razakova Laylo Sayfievna

 

Bosh mutaxassis

Texnik mexanika

lali_safitte@mail.ru

Jamalova Fotima Rustam qizi

 

Bosh mutaxassis

Mutaxassislik

fanlari

Jamolovafotim9292@mail.com

Lepesbaev Isa Berdaxovich

 

Etakchi mutaxassis

Mutaxassislik

fanlari

isa_94@bk.ru

Berdiev Dorob Murotovich

Texnika fanlari doktori (DSc), Professor

Professor v.b.

Materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiyasi

berdiyev_mf@mail.ru

Muxamedov Qobiljon G‘ofurovich

Texnika fanlari doktori (DSc), Dotsent

Professor v.b.

Xayot faoliyati xavfsizligi:

Yong‘in xavfsizligi:

Ekologiya:

mukamedovkg@gmail.com

Ivanov Aleksandr Vasilevich

Texnika fanlari doktori, professor

Akademik

Texnik mexanika, mashina detallari

ivanov_av_612@mail.ru

Nurullaev Shavkat Payzievich

Kimyo fanlari nomzodi, professor

Professor

Fizik-kalloid ximiya

nurullayev-sh50@mail.ru

Abdullaeva Sadoqat Shonazarovna

Texnika fanlari falsafa doktori(PhD), dotsent

Dotsent

Issiqlik texnikasi,  Issiqlik va sovitish texnikasi, soha texnologik jarayon va qurilmalari, gidravlika

Sadshon1975@yandex.ru

 

Xakimov Abror Maksimovich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent v.b.

Dotsent v.b.

Umumiy noorganik kimyo, fizik-kalloid kimyo

hakimovabror1967@gmail.com

Rasulov Erkin Xasanovich

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Falsafa, dinshunoslik

e.x.rasulev@gmal.com

Abdullaeva Barno Atabekovna

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Oziq-ovqat kimyosi, Mikrobiologiya, Bioximiya  va biotexnologiya

abd.barno@mail.ru

Djaxangirova Gulnoza Zinatillaevna

Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent

Dotsent

Mutaxassislik fanlari bakalavriatura va magistratura

djaxangirova@77mail.ru

Muxammedov Abdushukur Abdugafurovich


Fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Fizika

mabdushukur@mail.ru

Fayzullaev Sa’dulla Xikmatovich

 

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Informatika

fayzullav47@mail.ru

Tavbaev Jumaboy Saparovich

Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Nazariy mexanika, materiallar qarshiligi

Tavbayev57@bk.ru

Aripova Gulnora Shuxratullaevna

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Psixologiya

 

shuhgul711@gmail.com

Ivanova Natalya Vladimirovna

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent

Texnik mexanika, mashina detallari

ivanov_av_612@mail.ru

Suyunova Ozoda Abduvahitovna

 

Katta o‘qituvchi

Ingliz tili

Ozodasuyunova0404@gmail.com

Roziqov G‘olib Abduraxmonovich

 

Katta o‘qituvchi

Oliy matematika

golib78@bk.ru

Mirsagatova Umida Zoxidovna

 

Katta o‘qituvchi

Rus tili

umida.mirsagatova.70@mail.ru

Dadaboeva Dilnoza Irkinovna

 

Katta o‘qituvchi

Muhandislik chizmasi, kompyuter grafikasi

dilnoza031971@gmail.com

Radjabov Baxtiyor Eshmanovich

 

 

Katta o‘qituvchi

Huquqshunoslik

bakhtiyorradjabov70@gmail.com

Allanazarov Ruslan Aleo‘atdinovich

 

Assistent

Mutaxassislik fanlari

rus-lan_81@mail.ru