TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI MARKAZIY QABUL KOMISSIYASI TARKIBI

 

B.Sh.Usmonov

– Qabul komissiya raisi, TKTI rektori – p.f.d., professor. Qabul jarayoniga oid barcha ishlarni boshqarish hamda muvofiqlashtirishga ma’ul;

Qabul komissiya rais oʻrinbosarlari:

T.T.Safarov

– Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, t.f.d., dotsent. Qabul jarayoniga oid barcha me’yoriy hujjatlarning toʻgʻri yuritilishi hamda ota-onalar va abituriyentlar murojaatlari boʻyicha mas’ul;

B.B.Qodirov

Moliya iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, yu.f.d., dotsent. Qabul jarayoniga oid barcha Moliya-iqtisod ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish, Call center hamda maslahat markaziga internetga ulangan kompyuter, telefon aloqasi hamda tegishli sharoitlar yaratishga mas’ul;

B.N.Boborajabov

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.v.b, t.f.f.d. (PhD), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisidaPQ-279-son qarori hamda “2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davalat buyurma parametrlari toʻgʻrisida” F-60-son Farmoyishi mazmun-mohiyatini institut rahbar xodimlariga va fuqarolarga yetkazish bo‘yicha mas’ul;

Mas’ul kotib:

M.D.Vapayev

Menejment va kasb ta’limi fakul­teti dekani, t.f.f.d. (PhD), yuqori tashkilotlardan kelgan qabul komissiyasi faoliyatiga oid buyruq va koʻrsatmalar ijrosi yuzasidan ichki buyruqlar, talabalar qabul buyruqlarini rasmiylashtirishga mas’ul;

Mas’ul kotib oʻrinbosarlari:

Sh.B.Buxorov

– Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli qabuli boʻyicha mas’ul kotib oʻrinbosari, sirtqi boʻlim boshligʻi t.f.d., dotsent. Sirtqi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va rasmiylashtirishga mas’ul;

Gʻ.Hamroqulov

– Magistratura mutaxassisliklari qabuli boʻyicha mas’ul kotib oʻrinbosari, magistratura boʻlimi boshligʻi k.f.d., professor. Magistratura mutaxassisliklari qabulini tashkil etish, Magistratura mutaxassisliklariga tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va qabul buyruqlarini rasmiylashtirishga mas’ul;

U.R.Qodirov

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabuli boʻyicha mas’ul kotib oʻrinbosari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan texnikum bitiruvchilarining tizimga yuklangan hujjatlarini o‘rganish, tekshirish, suhbat komissiyasini tuzish hamda oʻrnatilgan tartibda talabgorlarning buyruqlarini rasmiylashtirishga mas’ul;

A.N.Shernayev

Xalqaro qoʻshma ta’lim dasturlari qabuli boʻyicha mas’ul kotib oʻrinbosari, Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻi t.f.f.d. dotsent. Xalqaro qoʻshma ta’lim dasturlari qabulini tashkil etish, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va qabul buyruqlarini rasmiylashtirishga mas’ul;

A’zolari:

A.Sh.Abdullayev

Fakultet dekani, YoOBKT fakulteti tasarrufidagi ta’lim yoʻnalishlariga Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va rasmiylashtirish va mas’ul kotibga taqdim etish ishlarini tashkil etishga mas’ul;

U.N.Boltaboyev

Fakultet dekani, OOMT fakulteti tasarrufidagi ta’lim yoʻnalishlariga Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va rasmiylashtirish va mas’ul kotibga taqdim etish ishlarini tashkil etishga mas’ul;

Yo.T.Safarov

Fakultet dekani, NMKT fakulteti tasarrufidagi ta’lim yoʻnalishlariga Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va rasmiylashtirish va mas’ul kotibga taqdim etish ishlarini tashkil etishga mas’ul;

U.K.Abdullayev

Fakultet dekani, VTSU fakulteti tasarrufidagi ta’lim yoʻnalishlariga Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlar yigʻma jildini qabul qilish va rasmiylashtirish va mas’ul kotibga taqdim etish ishlarini tashkil etishga mas’ul;

Z.A.Babaxonova

– Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi, chet el fuqarolari murojaatlari hamda xorijiy abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha mas’ul;

R.A.Xabibullayev

Akademik faoliyat va registrator ofisi bo‘limi boshligʻi, talabalikka tavsiya etilgan abitiriyentlarning yigʻma jild hujjatlarini qabul qilish, yangi akademik guruhlar tashkil etishga hamda talabalarni o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha mas’ul;

X.Sh.Boʻtayev

– Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi v.v.b, yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalari hamda fan dasturlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi mas’ul;

R.B.Usmonov

Bosh hisbchi, talabalikka tavsiya etilgan abitiriyentlarga shartnomalar rasmiylashtirishga masul;

M.Sh.Shuhratov

RTTM boshligʻi, rasmiy veb-saytlarda xabar berish orqali Call center hamda maslahat markazining faoliyati toʻgʻrisida alohida malumot yetkazilishi taʻminlash hamda zarurat boʻlganda imtihon suhbatlarini yozib olish, internet tarmogʻida jonli efirga uzatish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish va tashkillashtirish boʻyicha mas’ul;

B.E.Radjabov

– Katta yurist-maslahatchi, Fuqarolar va abiturientlar murojaatlari boʻyicha mas’ul;

A.A.Tursunov

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat tizimini boshqarish boʻlimi” boshligʻi, qabul jarayonini adolatli va shaffof oʻtkazilishiga mas’ul;

A.Adhamov

Institut matbuot kotibi, Institutning rasmiy web-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qabul komissiyasi faoliyati, ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ma’lumotlar va e’lonlar berib borish hamda televideniye va radiolarda chiqishlarni tashkil etishga mas’ul;

D.Ernazarov

– Institut “Yoshlar ittifoqi” ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkilot yetakchisi, hududda tartibni saqlash hamda test natijalarini e’lon qilish taxtalarini tayyorlash boʻyicha mas’ul.