Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Ichki nazorat va monitoring bo`limi

Bo’lim boshlig’i:  Xamdamov Davron Abduqodirovich

Telefon: (8 371) 244-79-23

e-mail: Tkti_monitoring@edu.uz

«ICHKI NAZORAT VA MONITORING» BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida nazorat va tahlil qilish va istiqboli rejalarni ishlab chiqish. Fakultetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va modemnomalari, universitet ichki buyruqlari va Ilmiy kengash qarorlari bajarilishini  nazorat qiladi va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazoratini va monitoringini olib borilishini tashkil qiladi. Universitet ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tatbiq etilishini bo‘lim xodimlari hamda vaqtinchalik tuzilgan ishchi gurux bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.

Universitetda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Universitetda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi Talabalar bilimini  reyting tizimi  asosida xolis  va  adolatli baxolanishini nazorat qiladi.  Zarur xollarda yakuniy nazoratdan   keyin   fanlar   bo‘yicha   ekspertlar   bilan birgalikda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazadi. Universitetda va unga tegishli ta’lim muassasalarida (fakultetlar,kafedralar, malaka oshirish fakultetlari, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy xujjatlarga amal qilinishini tekshiradi. . Kadrlar tayyorlash sifatini
yaxshilash maqsadida  kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy   mashg‘ulotlarni   nazorat  qiladi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida kirim qilingan hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli taminlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari tug‘risida”gi 12-sonli qarori, 1999 yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respuyulikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28-avgustda 11-10 – son bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va xuddudiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 8-sentyabrdagi 309 – sonli va 2010 yil 21-maydagi 195 – sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilib universitet rektori tomonidan tasdiqlangan  “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMASI”ga asosan olib boriladi.