Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436 sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” va  2006 yil 10 oktyabrdagi “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatini qo’llab quvvatlash va uning samaradorligini yanada oshirish to’g’risida”gi  qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, O’zROvaO’MT Vazirligining 1998 yil 10 iyuldagi “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to’g’risidagi” 185-sonli, 2001 yil 11 oktyabrdagi “Iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” 249-sonli hamda 2002 yil 30-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish to’g’risidagi” 279-sonli  buyruqlarini bajarish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, ustoz-shogird tizimi asosida yoshlarning vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish, yosh ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini tayyorlashga doir tashkiliy, uslubiy, me’yoriy masalalarni hal etishda ko’maklashish maqsadida institut tarkibida “Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati” (TIIJ) 2006 yilda Institut Ilmiy Kengashi qaroriga asosan tashkil etilgan.

O’tgan vaqt oralig’ida TIIJ tomonidan institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi va vazifalar belgilab olindi. Institutda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, o’z bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashlari uchun institut bo’yicha 18 ta ilmiy-ijodiy, 2 ta “Hayotga tayyorlash va kasbga yo’naltirish”, 5 ta ma’naviy-ma’rifiy to’garak va klublar, 8 ta turli xil “Sport va sog’lomlashtirish” to’garaklari faoliyat olib bormoqda.

TOSHKENT KIMYO- TEXNOLOGIYA INSTITUTI

TALABALAR ILMIY-IJODIY JAMIYATINING

2011-2012 o’quv yili uchun tadbirlar rejasi

 

Ushbu tadbirlar rejasi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi Qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436 sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” va  2006 yil 10 oktyabrdagi “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatini qo’llab quvvatlash va uning samaradorligini yanada oshirnish to’g’risidagi” qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, O’zROvaO’MT Vazirligining 1998 yil 10 iyuldagi “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to’g’risidagi” 185-sonli, 2001 yil 11 oktyabrdagi “Iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” 249-sonli hamda 2002 yil 30-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish to’g’risidagi” 279-sonli  buyruqlarini bajarish maqsadida tuzilgan bo’lib, TKTI ilmiy kengashida muhokama qilingan va maqullangan.

 

 

Bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar

Bajarilish muddati

Mas’ullar

1

Institut bo’yicha iqtidorli talabalarni aniqlash bo’yicha monitoring o’tkazish, talabalar ilmiy-ijodiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish

2011 yil sentyabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

2

O’qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasida iqtidorli-larini aniqlash maqsadida monitoring o’tkazish

2011 yil

sentyabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

3

Kamolot YoIH Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun o’tkaziladigan tanlovga 30 yoshgacha bo’lgan yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish

2011 yil

sentyabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

4

Iqtidorli talabalarni maqsadli chet tillarini o’rgatish maqsadida va respublika tillar o’qitish markaziga 3-6 oylik kurslarida tahsil olishlarini tashkillashtirish

2011 yil

sentyabr-oktyabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

5

Respublika iqtidorli talabalar ko’rik tanloviga ishtirok etish uchun bakalavr, magistr talabalari va aspirantlarni tanlash uchun institut ichki tanlovini tashkil etish va institut ilmiy kengashiga nomzodlar tavsiya etish

2012 yil

fevral

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

6

Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan institut va respublika miqyosida tashkillash-tiriladigan tadbirlarda institut iqtidorli talabalarining chiqish-lari va ishtirokini tashkillash-tirish

2012 yil

mart

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

7

Iqtidorli talabalarni institutda o’tkaziladigan “Umidli kimyogar-2012” ilmiy-texnikaviy anjumanida faol ishtirokini ta’minlash.

2012 yil mart

Kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar

8

Talabalarni ma’naviy va ma’rifiy dunyo qarashlarini shakllantirishda san’at va madaniyat ishlariga e’tibor qaratish maqsadida ularni «O’zbekiston – vatanim manim» qo’shiq tanlovida faol qatnashishlarini tashkil etish

2012 yil

mart-aprel

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

9

Bakalavr, magistr va aspirantlarni Respublika prezidenti, Beruniy davlat stipendiyasi hamda institutda joriy etilgan akademik K.S.Axmedov., X.R.Rustamov va Institut ilmiy kengashi stipendiyalariga institut miqyosida tanlov o’tkazish

2012 yil

may-iyun

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

10

Eng yaxshi bakalavrlar bitiruv malakaviy ishi va magistr dissertatsiyasi tanlovini tashkil etish

2012 yil iyun

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

11

Institut kasaba uyushmasi va Kamolot YoIH tashkiloti bilan hamkorlikda talabalarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash va maroqli dam olishlarini tashkillashtirishda hamda Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirlarda ishtirok etish

2012 yil

iyul-avgust

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

11

Talabalarning murabbiylar kuni, davlat tili hamda ramzlarining qabul qingan kuni munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirlarda ishtirokini ta’minlash

2011 yil

oktyabr-noyabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

12

Iqtidorli talabalarni Respublika va xalqaro miqyosida o’tkaziladigan turli xil maqsadli tanlovlarda ishtiroki uchun tayyorlash va institut ichki tanlovlarini tashkil etish: fakultetlararo va institut miqyosida.

2011 yil

noyabr-dekabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

13

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati hamda yangi yil munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirlarda TIIJ faoliyatini ta’minlash

2011 yil

dekabr

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

14

Ilmiy professional maktablarni saqlash va rivojlantirish borasida professor-o’qituvchilar hamkorligida ilmiy-texnikaviy faoliyat va ishlab chiqarishni kuchaytirish borasida ilmiy ma’ruzalar uyushtirish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

15

Talabalar ilmiy anjumanlari va seminarlarini tashkillashtirish

Belgilangan muddatda

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

16

Talabalarga kompyuter saboqlari, internet tarmog’ida ishlash, axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va va chet mamlakatlarning ilmiy axborotlaridan foydalanishni o’rgatish kurslarini tashkillashtirish

O’quv yili davomida

Kutubxona va axborot resurslari markazi

17

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ijrosini aks ettiruvchi ko’rgazma va devoriy lavxalarni tashkil etish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

18

Institutda, fakultetlar va kafedralar hamda talabalar uyida TIIJ xonalari va ko’rgazmali stendlarini tashkillashtirish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

19

TIIJ ning ota-onalar, mahalla qo’mitalari, jamoat tashkilotlari, turli jamg’armalar bilan hamkorligini yo’lga qo’yish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

20

Talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyo-qarashini shakllanishida hamda ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qiluvchi kutubxona, sport maydonlari va havaskorlik to’garaklari ishining samaradorligini oshirishda ishtirok etish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

21

Prezident asarlari, nutqlari va ma’ruzalari asosida davra suhbatlarini tashkil etish hamda Oliy majlis sessiyasi masalalari to’g’risida talabalar bilan uchrashuvlar o’tkazish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

22

Mutaxassislik fanlari professor-o’qituvchilari bilan birgalikda yurtimiz tarixi, boy merosimiz, ilmiy maktablar va ilg’or texnologiyalarga talabalarni jalb etish maqsadida taniqli soha mutaxassislari va institutda hurmatga sazovor bo’lgan ustozlar bilan turli mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

23

Talabalarni sog’lomlashtirish va bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishlari uchun o’qishdan tashqari vaqtda sport bilan shug’ullanishlarini tashkil etish, turli xil ilmiy to’garaklar tuzish, moddiy muhtoj talabalarni aniqlash va ularga yordam ko’rsatishni tashkillashtirish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

24

Mustaqillik yillarida O’zbekiston erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi risolalar, plakatlar va albomlar bilan TIIJ burchagini institut, fakultetlar va kafedralarda tashkillashtirish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

25

Institutda tahsil olayotgan etim, ota-onalarining vasiyligisiz qolgan, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan iqtidorli talabalarni nazorat ostiga olish, ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini o’rganishmoddiy rag’batlantirishni kuchaytirish bo’yicha rektoratga takliflar berish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

26

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga ekskursiyalar uyushtirish.

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

27

Fidoiy professor-o’qituvchilar, murabbiylarning talabalar bilan ishlashdagi faolliklarini keng targ’ib etish va taqdirlash choralarini ko’rish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

28

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari etakchi olimlari bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari uyushtirish.

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

29

Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida xuquqni muhofaza etish organlari bilan hamkorlikdagi faoliyat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish

O’quv yili davomida

Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, TIIJ raisi

 

Ilmiy ijodiy to’garaklar

Ilmiy-ijodiy to’garak nomi

Tashkil etilgan vaqti

To’garak rahbari

“Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi” fakulteti bo’yicha

1 “Biotexnologiya” kafedrasi: “Sanoat biotexnologiyasi” ilmiy to’garagi

2008

Dots. Xo’jamshukurov N.A.
2      

3

4“Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi: “Yog’shunos”

“G’allakor”,

“Sharobsoz”ilmiy to’garaklari

2004

Dots. Serkaev Q.P.,

prof. Tursunxodjaev P.

dots. Xasanov X.T.5“Oziq-ovqat havfsizligi” kafedrasi: «Sharbat»to’garagi

2004

Prof. Dodaev Q.O.6«Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi: “Yosh avtomatchilar” ilmiy to’garagi

2005

Dotsent B.T.Xamidov

“Yoqilg’i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi” fakulteti bo’yicha

7“Organik kimyo va og’ir organik sintez texnologiyasi” kafedrasi: “Organik sintez” ilmiy to’garagi

2004

Ass.Urinov U.8.Tsellyuloza va yog’ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi: “Tsellyuloza” ilmiy to’garagi

2004

Ass. Egamberdiev E.9.“Yuqori molekulali birikmalari va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi: “Polimerlar” ilmiy   to’garagi

2004

Dots. Tadjixodjaeva U.B.10.Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi: «Neft va gaz kimyosi»

2004

Dots. Karimov Q.G.

“Noorganika moddalar texnologiyasi” fakulteti bo’yicha

11.

12.“Silikat materiallar texnologiyasi” kafedrasi: “Silikatchi”  va

“Spektr” ilmiy tugaraklari

2004

dots. Babaxanova Z.A.13.«Sanoat ekologiyasi» kafedrasi: «Ekolog» ilmiy to’garagi

2004

Dots.. Adilova K.M.14.«Texnologik jarayon va kurilmalar» kafedrasi: “Konstruktor” to’garagi

2004

Dots. Nig’matjonov  S.K.15.Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi: “Noorganik” ilmiy to’garagi

2004

Dots. Badalvabeva I.T.

“Menejment va kasb ta’limi” fakulteti bo’yicha

16.“Kasb ta’limi” kafedrasi: “Yosh pedagog” ilmiy to’garagi

2004

Dots. Abdullaeva Sh.Sh.17. “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi: “Yosh menejer” to’garagi

2004

Ass.Sapaev D.X.18.“Maxsulot sifat menejmenti” kafedrasi: “Sifat menejmenti”  to’garagi

2010

prof.Xamroqulov G’.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limiga mas’ullar 

F.I.Sh.

Lavozimi

Telefon

1.

Ikromov Abduvaxob TKTI, “Ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha rektor muovini, mas’ul shaxs, professor

244-79-21;

faks:

244-92-48

2.

Pulatov Xayrulla Lutpullaevich Institut “Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati” raisi (TIIJ),kata o’qituvchi

267-30-86

3.

Adinaev Xidir Abdullaevich Noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti bo’yicha TIIJ ga ma’sul, katta o’qituvchi

267-23-68

4.

Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi” fakulteti bo’yicha TIIJ ga ma’sul, katta o’qituvchi

244-92-35;

5.

Ostonov O’ktam Yuldashevich Yoqilg’i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi fakulteti bo’yicha TIIJ ga ma’sul, katta o’qituvchi

244-19-72

6.

Aripova GulnoraShuxratullaevna  “Menejment va kasb ta’limi” fakulteti bo’yicha TIIJ ga mas’ul, katta o’qituvchi  

TKTI, kafedralar bo’yicha ma’sullar

Noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti bo’yicha

1.

Abdutalipova Nellya Mudarrisovna “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, assistent

267-83-08

2.

Ismatova Ra’no Dilmurodovna  “Texnologik jarayon va qurilmalar” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, assistent

267-92-06

3.

Badalbaeva Iltifot Turobjonovna  “Umumiy kimyo” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, dotsent  

4.

Boboxonova Zebo Abdullaevna  “Silikat materiallar texnologiyasi” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, t.f.n.,dotsent

267-23-68;

 

5.

Mirmusaeva Kamola Sayfullaevna “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, assistent

267-23-68

6.

Mavlonova Mavjuda «Analitik, fizik va kolloid kimyo» kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, dotsent  

“Yoqilg’i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi” fakulteti bo’yicha

7.

Ilxomov Giyos  “Tsellyuloza va yog’ochsozlik sanoati texnologiyasi kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, assistent

244-19-72

8.

Karimov Qo’chqor Ganievich  “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, dotsent

244-19-72

9.

Todjixodjaeva UmidaBaxtiyorovna “Yuqori molekulyar birikma-lar va plastmassalar texno-logiyasi” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga ma’sul, dotsent

244-19-72

10.

O’rinov Ulug’bek

“Organik kimyo va asosiy organik sintez texnologiyasi” kafedrasi bo’yicha TIIJga ma’sul,  assistent

244-19-72

“Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi” fakulteti bo’yicha

11.

Xo’jamshukurov Nortoji Abdixoliqovich “Biotexnologiya” kafedrasi  bo’yicha TIIJ ga mas’ul, dotsent

244-79-28

12.

Boboev Akmal Xotamovich “Qand bijg’ish maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi  bo’yicha TIIJ ga mas’ul, assistent

244-79-28

13.

Choriev AbdusattorJo’raevich    

“Konservalangan maxsulotlar texnologiyasi” kafedra bo’yicha TIIJ ga mas’ul, katta o’qituvchi

244-79-33

14.

Saidxodjaeva MamlakatAbdullaevna“Yog’, moy va don maxsulotlari texnologiyalari” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, katta o’qituvchi

244-92-35

15.

Xamidov Boxodir Tadjiddinovich“Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” bo’yicha TIIJ ga mas’ul, kafedra mudiri

244-79-03

“Menejment va kasbiy ta’lim” fakulteti bo’yicha

16.

Manazarov Begzod“Kasb ta’lim” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, assistent

17.

Sapaev Dilshod“Sanoat menejmenti”  kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, kafedra mudiri, assistent

18.

Eshchanova Go’zal Erkinovna“Tillar”  kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, kafedra mudiri, katta o’qituvchi

19.

Ismailov Asror“Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, assistent

Ijtimoiy-gumanitar va jismoniy tarbiya kafedralari bo’yicha

20

Sultonov Asliddin“Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, katta o’qituvchi

244-84-03

21

Abduraximov Sultonboy RaxmatovichO’zbekiston tarixi va siyosiy fanlar kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, dotsent

244-35-72

22

Almakaeva Rumiya MuxamadievnaJismoniy tarbiya va sport kafedrasi bo’yicha TIIJ ga mas’ul, kafedra mudiri, dotsent

242-77-82

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish bo’yicha namunaviy

NIZOM

Ushbu namunaviy Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi Qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436 sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, ustoz-shogird tizimi asosida yoshlarning vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish, yosh ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini tayyorlashga doir tashkiliy, uslubiy, me’yoriy masalalarni o’zida mujassamlashtirishdan iboratdir.

 

1. UMUMIY QOIDALAR

 

1.1.   Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini TKTI ning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi yagona o’quv-tarbiyaviy, ilmiy va amaliy-o’quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.

1.2.   Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyati talabalarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish hamda ularning ilmiy va texnikaviy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali TKTI bitiruvchilarining professional-kasbiy mahoratlarini yuqori darajaga ko’tarishning muhim vositalaridan biridir.

1.3.   TKTI talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va uni  faoliyatini amalga oshirish Institut “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti bilan birgalikda tashkillashtiriladi;

1.4.   TKTI da talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi Qonunlari, TKTI Nizomi va mazkur “namunaviy Nizom” orqali muvofiqlashtiriladi.

 

2. Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatining maqsad va vazifalari

2.1. TKTI da talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini etishdan asosiy maqsad:

–       talabalarning kasbiy-ijodiy tayyorgarligi darajasini ko’tarish, ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish shakllarini mukammallashtirish, ilmiy maktablarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish;

–        fan va texnikaning dolzarb masalalarini hal etishda talabalarning ijodiy salohiyatidan unumli foydalanish, talabalarni ilmiy-ijodiy mehnatga tayyorlash, ularning ilmiy-texnikaviy hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z kasbi va mutaxassisligining ilmiy uslublarini o’rgatish;

–       talabalarning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, malakali mutaxassis yoki tadqiqotchi uchun muhim bo’lgan sifatlarni, ko’nikmalarni va mahoratni shakllantirish;

–       talabalarning TKTI ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnikaviy foliyatida keng ishtirok etishini ta’minlash, ilmiy maktablar va yuqori malakali ilmiy jamoalarni shakllantirish yo’li bilan mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga hamda o’quv-ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanishga ko’maklashish;

–       TKTI dagi ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiyaviy ishlarning samarali amalga oshirilishida, ayniqsa talaba-yoshlarning milliy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni egallashlari uchun professor-o’qituvchilar jamoasiga hamda institut “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotiga ko’maklashish;

–       “Sog’lom avlod”, “Barkamol avlod” kabi mamlakat miqyosida sog’lom va barkamol avlodlarni shakllantirish, yoshlarning aqliy fikrlash doirasini kengaytirish ishlarini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkillashtiriladigan “Universiada”, “Barkamol avlod” sog’lomlashtirish sport o’yinlari, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi yirik tadbirlarda TKTI talabalarining ishtirokini ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatishdan iboratdir.

 

2.2. TKTI talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish hamda yosh ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasidagi asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

–       ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanishga hohishi va qobiliyati bo’lgan iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish hamda ularning ilmiy va texnikaviy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

–       TKTI da olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning keng ishtirokini ta’minlash, yoshlarning turli shakldagi ilmiy ijodini rivojlantirish uchun tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

–       kafedralar va fakultetlarda talabalar ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ruyobga chikarish imkonini beruvchi o’quv-ilmiy laboratoriyalar, markazlar tashkil etish;

–       talabalarning o’quv mashg’ulotlari va ilmiy tadqiqot ishlari integratsiyasini ta’minlash, mustaqil ish, kurs loyihasi, malakaviy bitiruv ishi doirasida turli xildagi faol o’quv-tadqiqot jaryonlarini tashkil etish;

–       TKTI da talaba-yoshlarning fakultetlar, institut, boshqa oliy o’quv yurtlari va respublika miqyosida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport va sog’lomlashtirish hamda erkin ijodiy (san’at va gumanitar-ijtimoiy sohalar bo’yicha) tadbirlarda ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratish.

 

2.3. TKTI talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-kuvvatlash va rivojlantirish maqsadida:

–       talabalarni TKTI da olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari va ularning natijalari bilan tanishtirib boradi hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga talabalarni jalb etish xizmatini tashkil etadi;

–       fakultetlar, institut va oliy ta’lim muassasalari doirasida olimpiadalar, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari, erkin ijodiy (san’at, sport va ijtimoiy-gumanitar sohalar bo’yicha) tanlovlarni hamda talabalar ilmiy konferentsiyalarini tashkil etadi;

–       tanlov asosida iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ular ichidan eng, bilimdon va iqtidorlilarini Davlat stipendiyalariga tavsiya etadi;

–       ilmiy kengash qaroriga muvofiq e’tiborga loyiq ilmiy va ijodiy natijalarga erishgan talabalar va ularga rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun rektorga, institut ilmiy kengashiga tavsiya beradi.

 

3. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatining tashkiliy tuzilmasi

 

3.1. TKTI da talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijodini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

–       ta’lim-tarbiya, o’quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlari integratsiyasini ta’minlash;

–       TKTI da o’quv-ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijodini tashkil etishning turli shakllarini joriy etish hamda uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash;

–       talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijodi ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning turli shakllarini joriy etish;

–       talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijodini tashkil etishda TKTI professor-o’qituvchilari, doktorant va aspirantlarini, shuningdek, sohalar bo’yicha muvofiq muassasalar xodimlarini keng jalb etish.

 

3.2. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatining tashkiliy shakllariga quyidagilar kiradi:

–       o’quv rejaga muvofiq amalga oshiriladigan o’quv-tadqiqot ishlari, talabalar ilmiy va ijodiy to’garaklari hamda ilmiy seminarlar;

–       muammolar buyicha talabalar ilmiy guruxlari, laboratoriyalar va boshqa ilmiy-ijodiy uyushmalar;

–       turli manbalardan moliyalashtirilayotgan (davlat byudjeti, shartnomalar, grantlar va h.k.) ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga talabalarni jalb etish;

–       kafedra, fakultet ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida professor-o’qituvchilarning bevosita ilmiy rahbarligi ostida talabalarning mustaqil ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarini tashkil etish;

–       ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, simpoziumlar, musobaqalar, talabalar ilmiy ishlari ko’rgazmasi, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha olimpiadalar hamda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini namoyon qiladigan tanlovlar;

–       o’quv va ilmiy jarayonni kompyuterlashtirish, talabalarning zamonaviy uslublar va hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanishni o’zlashtirishi uchun yagona axborot muhitini yaratish;

–       ilmiy-texnikaviy tadbirkorlikni va innovatsion biznesni o’rgatish maqsadida talabalarni ilmiy-texnologik parklar va boshqa innovatsion tuzilmalarga jalb etish.

 

3.3. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish fakultet va TKTI ilmiy kengashi, ilmiy bo’linmalari va kafedralar tomonidan amalga oshiriladi.

 

3.4. TKTI da talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlashga institut rektori, ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha rektor muovini, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari mas’uldirlar.

 

4. Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish

4.1. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

–       turli ta’lim bosqichlarida talabalarning ilmiy-ijodiy ishlarini baholash natijalarini qayd etish;

–       ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijod bilan faol shug’ullanayotgan talabalarni turli jamg’armalar, tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan stipendiyalarga tavsiya etish, faxriy yorliqlar, medallar, diplomlar va laureat nomi bilan taqdirlash, turli maxalliy va chet el talabalar ilmiy forumlarida qatnashish uchun safarlarga yuborish;

–       aspiranturada tahsil olish yoki TKTI ni bitirgandan so’ng ishga joylashish uchun tavsiyalar berish;

–       talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati tizimida faol ish olib borayotgan kafedralar, laboratoriyalar, ilmiy jamoalarni, professor-o’qituvchilarni moddiy va ma’naviy taqdirlash.

4.2. Ilmiy-ijodiy ishlarda ishtirok etayotgan talabalar, ilmiy to’garaklar va boshqa ilmiy-ijodiy uyushmalar a’zolari, TKTI o’quv va ilmiy bo’linmalarining jihozlari, laboratoriya uskunalari, hisoblash va boshqa texnik vositalaridan, kommunal xizmatlardan bepul foydalanadi.

4.3. TKTI tavsiyasiga binoan fakultet Ilmiy kengashi qarori bilan talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirishda alohida jonbozlik ko’rsatayotgan, bu borada salmoqli natijalarga erishayotgan professor-o’qituvchilarning o’quv ko’lamalari 1540 soatli yillik yuklamaning umumiy hajmini saqlab qolgan holda 20% gacha kamaytirilishi mumkin.

4.4. TKTI da talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatiga tizimli asosda iqtidorli talabalarni jalb etishga erishayotgan, “ustoz-shogird” tizimi asosida o’zining ilmiy maktabini yaratayotgan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga salmoqli xissa qo’shib kelayotgan professor-o’qituvchilar TKTI Ilmiy kengashi qarori bilan 100% gacha ustama xaq bilan  rag’batlantiriladilar.

 

5. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati bo’yicha hisobotlar

 

5.1. TKTI ning NMT, YoIChOBT, OOMT, MKT fakultetlari kafedralari va ijtimoiy kafedralari mustaqil ravishda o’zining talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati rejalari ta’lim muassasasining mutaxassislarni tayyorlash ixtisosligidan hamda asosiy ilmiy yo’nalishlaridan kelib chiqib ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiyaviy masalalarni hisobga olgan holda tuziladi.

5.2. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati rejalari fakultet va TKTI ning Ilmiy Kengashlari tomonidan ko’rib chiqiladi va rektor yoki ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha rektor muovini tomonidan tasdiqlanadi. Rejalarning bajarilish natijalari har o’quv yilining dekabr oyida Ilmiy Kengash tomonidan ko’rib chiqiladi.

5.3. Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati natijalari kafedra yig’ilishlarida, ilmiy seminarlarida va fakultet ilmiy kengashlarida doimiy muxokama qilib boriladi.

5.4. TKTI, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’rnatilgan tartib va shakllarga muvofiq talabalar ilmiy-ijodiy faoliyati va ilmiy-texnikaviy ijodi rejalarini bajarilishi va talabalar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar yuzasidan yillik hisobot topshirib boradi.