Xalqaro aloqalar bo`limi

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i

Babakhanova Zebo Abdullaevna

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

E-mail: babax2013@yahoo.com

 

Toshkent Kimyo-texnologiya instituti quyidagi horijiy institutlar bilan hamkorlik olib boradi:

 Angliya, Open(Ochiq) universiteti

Ispaniya, Santyago de kompostella universiteti

Fransiya, Tuluza milliy politexnika instituti

Germaniya, Magdeburg universiteti

Germaniya, Myunxen texnologiya universiteti

Germaniya, Georg Agust nomli Goettingen universiteti

Avstriya, Vena texnika universiteti

Avstriya, Vena universiteti

Italiya, Bolonya universiteti

Polsha, Varshava xayotiy fanlar universiteti

Bolgariya, Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya universiteti

Latviya, Latviya universiteti

Norvegiya, Fan va texnologiya universiteti

Janubiy Koreya, Oziq-ovqat tadqiqotlari instituti

Janubiy Koreya, Xanseo universiteti

Xitoy Xalq Respublikasi, Lanjou texnologiya universiteti

Xitoy Xalq Respublikasi, Shandun Fanlar akademiyasi Biologiya instituti

Xitoy Xalq Respublikasi, Shandun Fanlar akademiyasi Avtomatlashtirish instituti

Belorussiya, Belorus davlat texnologiya universiteti

Rossiya, D.I.Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti

Rossiya, M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat nozik kimyoviy texnologiya universiteti

 

 

Hozirgi vaqtda Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari va professor-o’qituvchilari ishtirokida quyidagi horijiy grant loyixalar amalga oshirilmoqda:

  1. Evropa Ittifoqi TEMPUS dasturining CANDI: “Uchebnie kompetentsii i infrastruktura dlyaelektronnogo obucheniya i perepodgotovki” loyihasi;
  2. Evropa Ittifoqi TEMPUS dasturining CIBELES: “Uchebnaya programma v oblasti oxrani okrujayushchey sredi, reformirovannaya s uchetom printsipov Bolonskogo protsessa” loyihasi;
  3. NATO tashkilloti xarbiylashmagan “Nauka radi mira” dasturi doirasida “Otsenka transgranichnogo zagryazneniya vodi Tsentralnoy Azii (proekt Sirdarya)” ilmiy loyihasi.

 

Evropa Ittifoqi TEMPUS dasturining

CANDI: “Учебные компетенции и инфраструктура для e-Learning и переподготовкиloyihasi granti

 

Ushbu loyiha Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida tashkil etilgan bo’lib, uning amal qilish muddati 2010 yilning 15 yanvaridan 2013 yilning 14 yanvariga qadar belgilangan. Unda TKTI bilan birgalikda quyidagi ta’lim muassasalari hamkorlik qiladilar:

 

Avstriyaning Vena universiteti- grantsaqlovchi;

Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti

Germaniyaning  Myunxen Texnika universiteti

Qozog’iston Al-Farobiy nomidagi Milliy Universiteti hamda

Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti

O’zbekiston milliy universiteti

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Urgench Davlat universiteti

 

Loyihaning TKTI dagi muvofiqlashtiruvchisi: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bo’yicha prorektor, dots. Qoraboev D.T.

 

Loyihaning maqsad va vazifalari: Evropalik hamkorlar bilan birgalikda mustahkam e-Learning, ya’ni masofaviy o’qitish tizimini Qozog’iston va O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida joriy etish ; ushbu tizimga bo’lgan talabni o’rganish hamda oddiy e-Learning platformalarini yaratish, shu sohani yuksaltiruvchi  yosh  mutaxassislarni tayyorlash.

Loyixani amalga oshirish uchun ishchi gurux:

Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi, Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi kafedrasi, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari, Xalqaro aloqalar bo’limi xamda Axborot texnologiyalari markazi xodimlari.

 

2010 yilda  loyiha rejasiga ko’ra 3 ta seminar uchrashuv bo’lib o’tdi:

–          Ilk yig’ilish 2010 yilning 15-22 fevral kunlari Avstriyaning Vena universitetida bo’lib, unda loyiha muvofiqlashtiruvchisi  dots. Qoraboev D.T.  ishtirok etdi. Seminarda 2010 yil uchun Evropa hamda regional hamkorlar bilan bajariladigan ishlar haqida kelishib olindi.

–          Ikkinchi seminar-uchrashuv 2010 yilning 8 aprelida TKTIda  bo’lib o’tdi. Unda  Vena universiteti, Angliya Ochiq universiteti, Damshtat Texnika universiteti, Myunxen Texnika universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy Universiteti, Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk Xalqaro universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoalari qatnashib, ularning har biri tomonidan bajarilayotgan ishlar muxokama etildi. Loyiha bo’yicha xamkor oliy ta’lim muassasalariga keltirilishi rejalashtiprilgan kompyuter texnikalari va jihozlar, jumladan, multimediya vositalarining spetsifikatsiyasi va qabul qilish vaqti belgilab olindi. DUL ochiq platformasini joriy etish maqsadida ishlatish imkoniyatlari o’rganib chiqildi.

–          Uchinchi seminar-uchrashuv 2010 yil  14-16 iyun kunlari Vena universitetida o’tkazilib, unda TKTI tomonidan institut rektori prof. Turobjonov S.M. va prorektor dots. D.Qoraboevlar ishtirok etdilar. Seminarda loyihaning stiring komitetinig ishi ko’rildi va Candi.uz veb saytining ma’lumotlar bazasi tasdiqlandi va ishga tushirish tavsiya etildi.

 

2011 yilda CANDI loyihasi bo’yicha 4ta seminar  treining o’tkazildi:

–          2011 yilning 15-23 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Ochiq niversitetida o’tkazilib, unda TKTIdan dots. Qoraboev D., Ismailov A.A., O.R. Maksudovlar qatnashdilar. Treningda masofaviy o’qitish portalini tashkil etish uchun muxim bo’lgan moodle dasturi yordamida o’quv majmualarini veb-saytga joylashtirish bo’yicha o’quv kursida ishtirok etdilar va sertifikat bilan taqdirlandilar. Dasturga aloqador ma’lumotlar quyidagi kurslar shaklida distance.candi.uz portaliga joylashtirildi:

1-kurs. Analitik kimyo va texnik parametrlarni o’lchash metodlari.

2-kurs. Molekula va jarayonlarni modellashtirish.

–          2011 yilning 13-18 iyun kunlari loyihaning navbatdagi seminur  uchrashuvi Urgench Davlat universitetida bo’ldi, unda hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. TKTI dan rektor Turobjonov S.M, prorektor Qoraboev D., Ismailov A., B.Qosimovlar qatnashdilar. Uchrashuvda qo’yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi borasidagi masalalar ko’rildi. Vena universiteti mutaxassislari tomonidan ma’lumotlarni veb-saytga joylashtirish bo’yicha qo’shimcha kurslar ham tashkil etildi.

–          2011 yil 28- oktyabrda  O’zbekiston Milliy universitetida o’tkazilib, unda Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari M.Karimov, loyiha koordinatori P.Liberzayt, Evropa Ittifoqi monitoring bo’limi vakili D.Bekturova va O’zbekistonlik hamkor OTM professor-o’qituvchilari, stajyor-tadqiqodchilari, magistrlari qatnashdilar.

–          201 yil 31 oktyabr – 3 noyabr kunlari Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk Xalqaro universitetida loyihaning 4- seminari bo’lib o’tdi. Unda TKTIdan prorektor D.Karabaev, A.Ismailov va O.Maksudovlar ham ishtirok etidilar.

2012 yilda loyiha rejasiga ko’ra :

–          Hamkor OTMlar bilan quyidagi kurslar joriy etildi:

1-kurs. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

2-kurs. Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

3-kurs. Yuqori molekulyar moddalarning kimyoviy texnologiyasi

4-kurs. Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarini modellashtirish

5-kurs. Texnologik o’lchov uskunalari va metoodlari

6-kurs. Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari

Va ushbu kurslar loyihaning masofaviy o’qitish portaliga http:// www.candi.uz joylashtirildi.

–          2012yilning 6 aprel kuni loyiha bo’yicha seminar TKTIda  monitoring tarzida bo’lib o’tdi, unda TEMPUSning O’zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi A.Abdurahmanova ishtirok etdi.

–          CANDI loyihasi bo’yicha keyingi monitoringi 2012 yilning 1-iyunida O’zbekiston Milliy universitetida EPRD konsortsiumi vakilasi Elizabet Kadri Xonim ishtirokida  o’tkazilib,  unda TKTIdan barcha ishchi gurux a’zolari, yaratilgan kurslarning mualliflari ishtirok etdilar. Monitoring jarayonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan o’quv dasturlari va o’quv majmualari (Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, yuqori molekulali birikmalar texnologiyasi, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, Texnologik jarayonlarni modellashtirish kurslari bo’yicha), xamda ushbu majmualarning bir qismi Moodle dasturi yordamida Distance.candi.uz masofaviy o’qitish portalida joylashtirilgani xaqida axborot berildi. Tashqi ekspert Elizavetta Kadri xonim ushbu loyixada ishtirok etayotgan professor-o’qituvchilar va xodimlar bilan suxbatlashib, loyixa reja bo’yicha faollik bilan amalga oshirilayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.

–   2012 yilning 25 iyun kuni Avstriyaning Vena universitetida O’zbekiston va Avstriya o’rtasida ta’lim soxasida xamkorlik masasalariga bag’ishlangan davra suxbati xamda 25-30 iyun kunlari loyixaning navbatdagi seminari bo’lib o’tdi. Davra suxbatida O’zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi, vazirlik va idoralar xamda turdosh tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar, TKTI tomonidan rektor prof. TurobjonovS.M., dots. Qoraboev D.T., Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi assistenti B.Qosimov va Axborot texnologiyalari markazi muxandis-programmisti O.Maksudovlar ishtirok etdilar. 25-30 iyun kunlari davom etgan seminarda loyihaning barcha hamkorlari bilan birga bajarilish holati va uning bajarilish aniq reja asosida ko’rib chiqildi. Multimediya kurslarini tayyorlash kurslari va uning spetsifikatsiyasi, E Learning “Moodle” tizimidan foydalanish va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.

2010-2012 yillar davomida TKTIga 40206.32 evro miqdorida kompyuter texnikalari va multimediya jixozlari keltirildi.

 

 Evropa Ittifoqi Tempus dasturining

CIBELES: “Учебная программа в области охраны окружающей среды, реформированная с учетом принципов Болонского процессаloyihasi granti

http://www.tempus-cibeles.eu/

Loyiha Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida tashkil etilgan bo’lib, uning amal qilish muddati 2010 yilning 15 oktyabrdan 2013 yilning 14 oktyabriga qadar belgilangan. Unda TKTI bilan birgalikda quyidagi ta’lim muassasalari hamkorlik qiladilar:

 

Germaniyaning  Georg -Avgust nomidagi Gyottingen Universiteti – grantsaqlovchi

Polshaning Varshava Hayotiy fanlar universiteti

Bolgariyaning Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya  universiteti

G’arbiy Vengriya Universiteti

Germaniyaning Oldenburg Universiteti

Ispaniyaning Alikante Universiteti

Belgiyaning Gent Universiteti

Bryussel Erkin Universiteti

Turin politexnika Universiteti (Italiya)

Udina Universiteti (Italiya)

Akvila Unviersiteti (Italiya)

Iliya Milliy Universiteti

Yakob Gogebashvili Universiteti (Gruziya)

Tojikiston: Tojikiston agrar Universiteti

M.Nazarshoev nomidagi Xorog Milliy Universitet

Tojikiston  Milliy Universiteti

Tojikiston Texnologiya Universitetining Kulobdagi filiali

Oliy ta’lim Vazirligi

 

Qirg’iziston: Skryabin nomidagi Qirg’iziston Milliy agrar Universiteti

Talas Davlat Universiteti

Razzoqov nomidagi Qirg’iziston Davlat Texnika Universiteti

Tinistanov nomidagi Issiq-ko’l Davlat universiteti

OTMlarda ta’limni takomillashtirish bo’yicha “TeachEx” Akademiyasi

Adishev nomidagi Osh texnologiya universiteti

Milliy attestatsiya komissiyasi

Ta’lim va fan vazirligi

Eko-auditorlar palatasi

Tabiatni muhofaza qilish va o’rmon xo’jaligi davlat agentligi

 

Qozog’iston: Axmet Baytursinov nomidagi Kostanay Davlat universiteti

Seyfulin nomidagi Qozog’iston agrotexnika universiteti

Qozog’iston  Britaniya texnika universiteti

Sh.Valixanov nomidagi Kokchetav Davlat universiteti

Akademik Buketov nomidagi Karaganda Davlat universiteti

Ta’lim va fan Vazirligi

 

Turkmaniston: Niyazov nomidagi Turkman qishloq xo’jaligi universiteti

Maktimguli nomidagi Turkman Davlat universiteti

 

O’zbekiston: Toshkent  kimyo-texnologiya instituti

Urgench Davlat universiteti

Buxoro Davlat universiteti

Samarqand qishloq-xo’jaligi instituti

“Solar Plus Ltd.” kompaniyasi

Fanlar Akademiyasining  Fizika-texnika instituti

“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspektsiyasi

 

 Loyihaning TKTIdagi muvofiqlashtiruvchisi: “Tsellyuloza va yog’ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi dotsenti I.Alimov

 

 

   Loyihaning maqsad va vazifalari: Bolonya jarayonlarini atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida O’zbekiston, Turkmaniston orqali Markaziy Osiyoning Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston kabi 3ta davlati va Gruziyaga to’liq va keng ko’lamda joriy etib, bakalavriyaturada uchta alohida yo’nalishlarning o’quv dasturini qayta shakllantirish (o’rmon xo’jaligi, sanoat xavfsizligi, suv va er resurslarini muhofaza qilish); atrof-muhitni muxofaza qilish sohasida bakalavriyat, magistratura yo’nalishlarini yaratish; yuqoridagi uchta yo’nalish bo’yicha Markaziy Osiyo va Gruziyada yangi Doktorantura yo’nalishlarini ochish; talabalarni ishga joylashish imkoniyatlarini yaxshilash; Atrof-muhitni muxofaza qilish sohasida Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari hamkorligida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash. Ushbu loyiha Bolonya jarayonlariga asoslangan holda Bakalavriyat, Magistratura va Doktorantura darajalari doirasida Atrof-muhitni muxofaza qilish sohasidagi oliy ma’lumotni mukammallashtirishga qaratilgan. Loyiha, shuningdek, Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o’rtasida Atrof-muhitni muxofaza qilish sohasi bo’yicha hamkorlik olib borishni ko’zda tutadi va ushbu yo’nalish bo’yicha bo’lajak menejer va mutaxassislarni aynan Markaziy Osiyoda yanada mukammal darajada etishishini ta’minlaydi.

 

Loyihani TKTIda amalga oshiruvchi ishchi guruhO’quv-uslubiy birlashma, Sanoat ekologiyasi kafedrasi, Tsellyuloza va yog’ochsozlik texnologiyasi kafedrasi xamda Xalqaro aloqalar bo’limi.

 

2011 yilda bo’lib o’tgan seminar-treining va uchrashuvlar:

–         Loyiha rejasiga ko’ra ilk seminar-treining 2011 yilning 1-5 mart kunlari Germaniyaning Oldenburg universitetida bo’lib o’tdi. TKTIdan institut rektori S.M.Turobjonov va loyihaning institutdagi muvofiqlashtiruvchisi – dots. I.Alimovlar ishtirok etdilar. Ushbu uchrashuv – tanishuv uchrashuvi bo’lib, loyixada xamkor sifatida ishtirok etayotgan barcha korxona va oliy ta’lim muassasalari vakillari ko’rgazmali ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Loyixaning rejalari muxokama qilindi xamda xar bir yo’nalish bo’yicha ish olib borishi lozim bo’lgan guruxlar aniqlab olindi.

–         2011 yilning 18-21 aprel kunlari TKTIdagi  ikkinchi seminar-uchrashuvda  Turin politexnika Universiteti (Italiya), Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya  Universiteti (Bolgariya) hamda O’zbekistondagi barcha hamkor oliy ta’lim muassasalari va korxonalar ishtirokida CIBELES loyihasining Sanoat xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha reja asosida o’tkazilgan monitoringi tahlili va ta’lim jarayonlari tanlovi  muxokamasi bo’lib o’tdi. Markaziy Osiyo davlatlari va EI davlatlari etakchi universitetlari vakillari, (Turin politexnika Universitetidan Mikoelo Demichelo, gurux rahbari), Sofiya  Kimyo ” texnologiya va metallurgiya universiteti vakili Rossitsa Betcheva, Tempusning O’zbekistondagi koordinatori A.Abdurahmonovalar ishtirokida Sanoat xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha bo’lajak mutaxassislar tayyorlashning ustuvor vazifalari muxokama etildi va ular asosida  o’quv rejaning fanlar bloki tanlandi.

2011 yilning 30 iyulida  TEMPUSning O’zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi A.Abduraxmonova va CIBELES loyihasi rahbari doktor Karlos Machado xamda O’zbekiston xamkor oliy ta’lim muassasalari Samarqand qishloq xo’jaligi instituti, Buxoro davlat universiteti, Urgench davlat universiteti vakillari ishtirokida TKTIda loyiha bo’yicha monitoring  o’tkazildi va u qoniqarli baholandi.

2011 yil 25 avgust- 3 sentyabr kunlari Karaganda davlat universitetida  Sanoat havfsizligi yo’nalishining Markaziy Osiyodan hamkor universitetlari ishtirokida o’quv rejalarni yaratish, rivojlantirish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.Unda TKTIdan dots. I. Alimov, Sanoat ekologiyasi kafedrasi katta o’qituchisi X.Po’latov, assistent N.Abdutalipovalar ishtirok etishdi. Seminarda ishchi guruh a’zolari ishtirokida Sanoat xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha o’quv rejani ishlab chiqish va kredit tizimini joriy etish masalalar muxokama etildi.

 

2012 yilda loyiha rejasiga ko’ra:

  • 2012 yilning 15-17 mart kunlari  Bolgariyaning Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya universitetida loyihaning seminari bo’lib o’tdi. Unda loyiha muvofiqlashtiruvchilari 2011 yilda bo’lib o’tgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar va 2012 yilga mo’ljallangan rejalar muxokama qilindi.
  • Ikkinchi seminar monitoring tarzida o’tkazilib, 2012 yil 6 aprelda TKTIning katta majlislar zalida TEMPUS dasturining O’zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi –  A.K.Abduraxmanova, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspektsiyasi vakili O.Jo’raevlar ishtirok etdilar. Seminarda TKTI ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida loyiha muvofiqlashtiruvchisi I.Alimov batafsil ko’rgazmali axborot berdi. Monitoringda 4 oy davomida loyixaning rejasida belgilangan vazifalarning ijro etilishi, bajarilgan ishlar, loyixa doirasida amalga oshirilgan xizmat safarlari xaqidagi ma’lumotlar umumlashtirildi va nazoratdan o’tkazildi. Seminar ishtirokchilari TKTIning H.Abdullaev-41 manzilida joylashgan o’quv binosida “CIBELES” loyihasi uchun ajratilgan maxsus auditoriya hamda ushbu loyiha doirasida keltirilgan jihozlar bilan tanishdilar. Monitoring kuni yakunida TEMPUS milliy ofisi tomonidan loyixaning bajarilishi ijobiy baxolandi va tegishli ko’rsatmalar berildi.

–        2012 yilning 29 may kuni 14:30 da Samarqand qishloq xo’jaligi institutida CIBELES loyihasi ishtirokchilari guruhi amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan monitoring bo’lib o’tdi. Unda TempusIV dasturi doirasidagi oraliq baholashni o’tkazish bo’yicha bosh direktori – EPRD konsortsiumi vakilasi Elizabetta Kadri xonim ham ishtirok etdi. Monitoringda Toshkent kimyo-texnologiya instituti katta o’qituvchisi X.Po’latov ishtirok etib,hamkor Oliy o’quv yurti sifatida faoliyat yuritayotgan Buxoro Davlat Universiteti, Urgench Davlat Universiteti, Samarqand Davlat qishloq xo’jaligi va agrar instituti kabilar bilan birga “Sanoat havfsizligi” sohasida bakalavriyat yo’nalishi ochish bo’yicha tegishli vazifalar amalga oshirilgani, O’zbekiston Respublikasidagi yirik sanoat korxonalaridan bo’lgan “O’zkimyosanoat” Davlat Aktsiyadorlik Kompaniyasi, Qo’ng’irot soda zavodi, Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati va boshqa korxonalarning buyurtmalari asosida qabul kvotalari shakllantirilgani, Bolonya jarayonlarini hisobga olgan holda o’quv reja va dasturlari ishlab chiqilgani va 2012-2013 o’quv yilida ushbu yo’nalish bo’yicha bakalavriyaturaga talabalar qabul rejalashtirilayotgani bayon etildi

  • 2012 yilning 18-23 iyun kunlari S.Seyfulin nomidagi Qozog’iston agrotexnika Universiteti (Qozog’iston)da loyixa doirasida amalga oshirilgan ishlarning muxokamasiga bag’ishlangan seminar-trening hamda xalqaro anjuman o’tkazildi. TKTI “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi X.Po’latov ishtirok etdi. Seminarda Sanoat xavfsizligi bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog’iston-Britaniya texnika universiteti, Karaganda davlat universiteti (Qozog’iston), Kulob texnika universiteti (Tojikiston) va Qirg’iziston texnika universiteti) Evropa hamkor universitetlari (Turin Politexnika universiteti (Italiya), Sofiya kime-texnologiya universiteti (Bolgariya) ekspertlari ishtirokida bajarilgan ishlar yuzasidan davra suhbatlari bo’lib o’tdi. Turin politexnika universiteti professori Mikaella Domichelli (loyixa doirasidagi sanoat xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha gurux raxbari), Bolgariyaning Sofiya kimyo texnologiya va metallurgiya universiteti xalqaro aloqalar fakulteti dekani Rossi Betcheva xamda O’zbekiston sanoatkontexnazorat davlat inspektsiyasi direktor muovini Ashurov Begzod o’zlari tomondan amalga oshirilgan ma’lumotlar asosidagi prezentatsion ” ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Seminarda Sanoat xavszligi buyicha bakalavriatura va magistratura yo’nalishlari bo’yicha kompetentsiya shakllantirish, o’quv rejaning birlamchi shaklini ishlab chiqish kabi masalalar ko’rib chiqildi. Seminarda o’quv me’yoriy xujjatlarning monitoringi va ularga berilgan taqrizlar bo’yicha muxokama qilindi. Markaziy Osiyodan ekspert sifatida “Solar plyus” MChJ va  O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti xodimlari qatnashdi.
  • 2010-2012 yillar davomida TKTIga 5000.0 evro miqdorida kompyuter texnikalari va multimediya jixozlari keltirildi.

 

  

NATO Harbiy bo’lmagan bo’limining

“НАУКА РАДИ МИРА”  bo’linmasi granti asosida

“ОЦЕНКА ТРАНСГРАНИЧНОГО ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОДЫ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ  loyihasi

 

Loyiha NATO harbiy bo’lmagan bo’limining “аука ради мира”  doirasida amalga oshirilayotgan bo’lib, ijro etilish muddati 2011 yil 1 iyuldan 2014 yil 1 iyulgacha belgilangan. Unda TKTI bilan birgalikda quyidagi ta’lim muassasalari hamkorlik qiladilar:

-Norvegiya fan va texnologiya Universiteti – grantsaqlovchi

-Qirg’iziston milliy universiteti

-Tojikiston tog’-kon-metallurgiya instituti

-Toshkent kimyo-texnologiya instituti

-Janubiy-Qozog’ison davlat universiteti

 

Loyihaning TKTIdagi ilmiy raxbari: Analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori N.P.Ismoilov

 

Loyiha maqsad va vazifalari: Uch yil mobaynida suv tarkibidagi asosiy 9 ta elementlarning kontsentratsiyasini kuzatib, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston va Qozog’iston chegaralaridagi ushbu metallarning ifloslantirish darajasini aniqlash. Shuningdek, hamkorlik dasturining doimiy hududiy monitoringini yaratishga asos qo’yishdir. Qolaversa, transchegeraviy suvning ifloslanishi, uning kelib chiqish sabablari, irrigatsiya va ichimlik uchun yaroqli suvdan foydalanishda Markaziy Osiyodagi davlatlarni hamkorlikda ushbu muammo ilmiy echimining potentsialini yaxshilash; toza suvni hududlararo saqlab  qolishning yo’llarini izlab topish, toza suvni ichki migratsiya orqali topish yo’llarini to’xtatish, hududda  havfli bo’lgan  ifloslangan suv omborlarini tozalash hamda loyihadan olingan natijalarga asoslanib, muammolarga echim topish.

Loyihani amalga oshiruvchi ishchi guruhUmumiy va noorganik kimyo kafedrasi, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi, Analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi.

 

2011 yilda loyiha bo’yicha o’tkazilgan seminar-uchrashuvlar:

– 2011 yilning 4-8 sentyabr kunlari Bishkekdagi Qirg’iziston Milliy Universitetida bo’lib o’tgan seminarda ilmiy loyixaning bajarilish muddatini uzaytirish, labaratoriyada ishlash uchun asosiy labaratoriya jixozlari va asbob-uskunalarini sotib olish xamda ularni ishtirok etayotgan 4 ta respublikaga jo’natish masalasi ko’rildi.

 

2012 yildagi bo’lib o’tgan seminarlar:

– 2012 yilning 27 maydan 8 iyungacha Qirg’iziston Respublikasining Milliy Universitetiva Kara-Balta shahrida joylashgan OsOO “Styuart Essey end Invayronmental Leboritoris” labaratoriyasida yosh mutaxassislarni o’qitish dasturida TKTIning Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi assistenti T.Eshbo’riev va Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi M.Samadiylar qatnashdilar. U erda loyiha bo’yicha kelgan “AANALYST 800″ markali Atom- adsorbtsion spektrometrini pechda, agangali nurlanishda va  FIAS100da ishlatishni o’rganish va ishga tushirish, shuningdek suvlardan namuna oluvchi kichkina o’lchovli uskunadan foydalanishni o’rganish bo’yicha treining  bo’lib o’tdi. Seminarda shuningdek “Reprocess” redaktorida ma’lumotlarni qayta ishlash, “Data Manager” dasturida ishlash, rabota spektrometrning  s programmnim obespecheniem “WinLab32” dasturi yordamida amalga oshirish bo’yicha ta’lim va yo’riqnomalar berib o’tildi. Neytralizator, ya’ni suvni barcha ionlardan tozalovchi apparat. Uchinchi pribor poliviya-multiparametrlar  asbobi keltirishi mo’ljallandi.