Markaz direktori:
Mirzakulov Xoltura Chorievich
Markazi faoliyati haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4732 sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 242–sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 sentyabrdagi 273-sonli qarori asosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzurida “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” tarmoq markazi tashkil etildi. Hozirgi kunda tarmoq markazi qoshida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyat yuritmoqda:
- kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi);
- oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha).
Tarmoq markazi huzurida Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi pedagog kadrlari va ishlab ta’lim ustalari hamda ta’lim xizmati servizi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan.
Tarmoq markazi tarixiga nazar solsak, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1999 yil 19 fevraldagi 57-sonli buyrug‘iga asosan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshida “Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash” fakulteti turdosh oliy o‘quv yurtlari pedagog muhandislari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va korxona rahbarlari, muhandis-texnologlari hamda texnik xodimlarining malakasini oshirish maqsadida tashkil qilingan. Fakultetda 2012 yilgacha respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida malaka oshirish kurslari tashkil etilib, o‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagog kadrlar o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib bordilar. 2012 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-sonli qarori asosida fakultetda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlari uchun:
- Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Mutaxasisliklari bo‘yicha quyidagilar:
– Kimyo sanoati korxonalari axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan foydalanish;
– Zamonaviy mexanik jixozlar, qurilmalar va uskunalar;
– Zamonaviy energetika, turlari, tarmoqlari, mexanikasi va texnologiyasi;
– YUqori molekulali birikmalar sintezi va ularni qayta ishlash;
– Asosiy organik sintezi texnologiyasi;
– Kimyo sanoati chiqindilari rekuperatsiyasi va atrof-muhit muhofazasi;
– Kimyoviy texnologiya jarayon va qurilmalar;
– Avtomatlashtirish va boshqaruv, nazorat o‘lchov uskunalari;
– Noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar texnologiyasi;
– Kimyoviy biotexnologiyasi;-metrologiya, standratlashtirish va sertifikatlashtirish;
– Fizik va fizik-kimyoviy tahlil usulllari yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy malakasini oshirish kurslari tashkil qilingan bo‘lib, institutimiz va boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari xodimlari jalb etilgan holda, zamonaviy usullarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar olib boriladi.
Pedogog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari
Rabbimov A’zam Sur’atovich
Bosh hisobchi
Aloqalar:
Tel.: +99894-356-87-87
E-mail:tkti.tm@mail.ru
Qarshieva Nodira Hotamovna
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish bo`limi boshlig`i
Aloqalar:
Tel.: +99890-999-38-10
E-mail:nodira_mominova@mail.ru
Maxmadieva Husniya Raxmonqolovna
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim dasturlari va ilg`or tajribani joriy etish bo`lim boshlig`i
Aloqalar:
Tel.:(0-371) 244-79-28
E-mail: tkti.tm@mail.ru
Ibragimova Nargiza Ermanovna
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim dasturlari va ilg`or tajribani joriy etish bo`limi o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha uslubchisi
Aloqalar:
Tel.:(0-371) 244-79-28
E-mail: tkti.tm@mail.ru
Mamadiyorova Dilnoza Alimovna
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish bo`limi o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha uslubchisi
Aloqalar:
Tel.:(0-371) 244-79-28
E-mail: husan_berdiev85mail.ru
Umarov Ibrohim Sulton o'g'li
Muxandis-dasturchi
Aloqalar:
Tel.:(0-371) 244-79-28
E-mail: tkti.tm@mail.ru
Berdiev Husan Uralovich
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish bo`limi o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha uslubchisi
Aloqalar:
Tel.:(0-371) 244-79-28
E-mail: husan_berdiev85mail.ru
Eshbo’riyev Siroj Sherqulovich
Kotib
Tel.: (0-371) 244-79-28
E-mail: tkti.tm@mail.ru
Ashurov Navfal Burxonjon o’g’li
G'aznachi
Aloqalar:
Tel.: (0-371) 244-79-28
E-mail: tkti.tm@mail.ru
2014 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot–kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 73-sonli qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 31 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi 73-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 110-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, fakultet negizida tayanch o‘quv markazi tashkil etildi.
TKTI huzuridagi “PKQT va MO” tarmoq markazida 2018 yil Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish etilgan:
1. Kimyoviy texnologiya (noorganik mahsulotlar ishlab chiqarish turlari bo‘yicha fanlarini o‘qitishda);
2. Kimyoviy texnologiya (organik mahsulotlar ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);
3. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
4. Oziq-ovqat xavfsizligi
5. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha).
Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” tarmoq markazi Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar haqida
№ |
Horijiy mutaxassisning F.I.Sh. |
Horijiy OTM nomi |
Horijiy davlat nomi |
Seminar mavzusi |
Tashrif buyurgan sana |
1 |
Denis Galvin |
Alikante universiteti |
Ispaniya |
Oliy ta’lim tizimida sifatni baxolash madaniyati |
05.09.2017y. |
2 |
Agnese Risakova |
Latviya universiteti |
Latviya |
Ta’limdagi innovatsion texnologiyalar |
06.09.2017y. |
3 |
Soren Balling Yengelsin |
Kapenxagen universiteti |
Daniya |
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqishdagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan muammolar |
12.09.2017y. |
4 |
Klavs Martin Sorensen |
Kapenxagen universiteti |
Daniya |
Go‘sht va sut sanoatida analiz metodlari |
12.09.2017y. |
5 |
Bekzod Xakimov |
Kapenxagen universiteti |
Daniya |
Metobolitika fanining biologik tizimlariga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi faktorlar |
12.09.2017y. |
6 |
Mihai Teopen Korches |
Ruminiya davlatidagi"1-dekabr 1918 nomli" universiteti |
Ruminiya |
Sanoat ekologiyasi (Oziq-ovqat texnologiyasi va biotexnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ekologik muammolari) |
22.09.2017y |
7 |
Xideku Shimada |
“Kyushu” universiteti |
Yaponiya |
Pedogogik soxadagi zamonaviy texnologiyalar |
12.10.2017y. |
8 |
Takashi Sasaoka |
“Kyushu” universiteti |
Yaponiya |
Oziq-ovqat maxsulotlarini olishda yer resurslaridan foydalanish |
12.10.2017y. |
9 |
Ofitserov Yevgenii Nikoloevich |
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti |
Rossiya |
Biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha pedogogik kadrlarni kasbiy faoliyatini barqaror rivojlantirish |
18.10.2017y. |
10 |
Yog-Ill Lee
|
Changvon Milliy universiteti |
Koreya |
Biotasfirlash va biokimyoviy molekulalarni tanlov opto-sensor jarayonini ta’minlash uchun zamonaviy nanomateriallar |
20.11.2017y. |
11 |
Tae-Young Kim |
Gvanju fan va texnologiya insitut |
Koreya |
Mass-spektrometriya asoslar |
20.11.2017y. |
12 |
Yang Hetong |
Shandun fanlar akademiyasi, |
Xitoy |
Tuproq tarkibidagi fosfor va kaliyni mikroorganizmlar o‘zlashtiruvchi holatga o‘tkazish |
20.12.2017y. |
13 |
Li Jinping |
Shandun fanlar akademiyasi |
Xitoy |
Tuproq tarkibidagi fosfor va kaliyni mikroorganizmlar o‘zlashtiruvchi holatga o‘tkazish |
20.12.2017y. |
14 |
Liu Changheng |
Shandun fanlar akademiyasi |
Xitoy |
Tuproq tarkibidagi fosfor va kaliyni mikroorganizmlar o‘zlashtiruvchi holatga o‘tkazish |
20.12.2017y. |