Institut kengashi kotibi: Yunusov Mirjalil Yusupovich
Telefon: (8 371) 244-81-19
Elektron manzili: ilmiy_kengash@tcti.uz
Mirjalil Yusupovich Yunusov 1950 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1967- 1973 yillar D.I.Mendeleev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyasi institutiga o‘qishga kirib institutnng “Fizika-kimyoviy muxandislik” fakultetini tugatib “Muxandis texnolog” diplomini olgan.
1974-1986 yillar Toshkent politexnika instituti, “Kimyo texnologiya fakulteti”da kichik ilmiy xodim, ilmiy va katta ilmiy xodim lavozimlarida ishladi.
1986-1988 yillar Toshkent politexnika institutini Navoiy shaxridagi filialining “Noorganik va bog‘lovchi materiallar” kafedrasida ishni boshlab shu kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordi.
1988-1991 yillar Toshkent politexnika instituti kunduzgi bo‘limi doktoranturasini tugatdi.
1991-1997 yillar davomida Toshkent politexnika instituti “Keramika va shisha kimyoviy texnologiyasi“ kafedrasi dotsenti va professori lavozimlarida ishladi.
M.Yu.Yunusov 1979 yil Toshkent politexnika instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Melilitning ayrim shisha va kristall hosilalarini olish, xossalari va qo‘llanishi” mavzusida texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasini , 1992 yil esa Sankt-Peterburg Texnologik universiteti qoshidagi Kengashda “Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Melilit va diopsidning kristall va shisha xosilalari: hosil qilish, xossalari va qo‘llanishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2006 yildan xozirgi vaqtgacha Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kengashi kotibi lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Prof.M.Yu.Yunusov - 1989 yili Bolgariyaning Varna shaxrida o‘tkazilgan AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Latviya, Estoniya va Rossiya davlatlari olimlari ishtirokida o‘tgan “Silikat materiallarni dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro anjumanda o‘z ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 2002 va 2005 yillar AQShda va 2010 yil Latviya davlati Texnika universitetida sohasi bo‘yichi o‘z malakasini oshirdi. Ishdagi jonbozligi va jamoat ishlaridagi faolligi tufayli 2004 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofatlangan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti kengashi Nizomi doirasida bajariladigan ishlar:
- kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini ko‘rib chiqadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan qo‘yilgan masalalarni bajarilishini ko‘rib chiqadi;
- xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda birlashgan Ilmiy kengashlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi;
- institutga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar bilan uchrashuv va o‘zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga oid masalalarni muhokama qiladi;
- fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, shuningdek, institutga biriktirilgan hamda turdosh akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik natijalari, institut qoshidagi akademik litsey bilan ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining, xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmalar bilan aloqalar to‘g‘risida marketing xizmatining hisobotlarini eshitadi;
- talabalarning yirik malakaviy amaliyotiga yakun yasaydi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi;
- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalarini va professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish masalalarini muhokama etadi;
- xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- fakultet va kafedralarni ochish, bekitish, o‘zgartirishga bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
- marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarni) ochish to‘g‘risida taklif kiritadi;
- «Oliy o‘quv yurtlari pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom»ga muvofiq kafedra mudiri va professor lavozimlarini egallash uchun tanlov asosida saylov o‘tkazadi;
- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning attestatsiya hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
- katta ilmiy xodim izlanuvuchi va mustaqil tadqiqotchi va institut ta’limidan keyingi boshqa shakllarga nomzodni tavsiya etadi va katta izlanuvchi ilmiy xodim va mustaqil tadqiqotchilarni doktorlik dissertatsiya mavzusini tasdiqlab beradi;
- har o‘quv yilida katta izlanuchi ilmiy xodimlarni bajargan ilmiy – tadqiqot ishlari hisobotlarini eshitib, tasdiqlab keyingi o‘quv yiliga o‘tkazishni masalasini muhokamadan o‘tkazib, shahodatlab beradi;
- o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda institut qoshida tashkil etilgan tuzilmalarga (jamiyat va kengashlar) oid Nizomlarni muhokama qilib tasdiqlab beradi;
- nufuzli tanlovlar va grantlarga ishtirok etish uchun nomzodlarni tavsiya etib, ushbu tadbirlarning yakuniy natijalari haqida ma’lumotlar berib boradi va g‘oliblarini taqdirlash masalasini ko‘rib chiqadi;
- iqtidorli, a’lochi talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod”, Prezident, Davlat va boshqa jamg‘armalari orqali xorijiy oliy o‘quv yurtlariga malaka oshirishga tavsiya etadi;
- ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi;
- ushbu institutning bitiruvchilari safidan nomzodlarni aspiranturaga qabul qilishga tavsiya etadi, shuningdek, institut fakultet-larga bo‘linmagan yoki fakultetda kengash tashkil etilmagan hollarda, aspirantlarning shaxsiy rejalarini va nomzodlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;
- institut professor-o‘qituvchilari safidan nomzodlarni hukumat, Davlat mukofotlariga, iqtidorli talabalari va aspirantlari safidan nomzodlarni esa atoqli olimlar hamda O‘zR Prezidenti stipendiyalarini olishga tavsiya etadi;
- fakultet dekanlarining fakultetni tamomlaganlar va aspi-ranturani bitirganlar bilan aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi, kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
- “Talabalarni ijtimoiy himoya qilish” doimiy komissiyasi tavsiyasi asosida o‘rnatilgan tartibda institut talabalarni ijtimoiy himoya qilish, hamda ularning ayrimlarini oilaviy moddiy sharoitlari yomonligi sababli o‘qish to‘lov shartnomasi mablag‘larini to‘lay olmayotganliklari va oilaviy sharoitida moddiy qiyinchiligi tufayli to‘lov-shartnoma mablag‘larini institutning homiylar tomonidan berilgan mablag‘lar va nobyudjet mablag‘lari foydalari hisobidan to‘lashni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqadi;
- institut talabalari va xodimlarining sog‘liqlarni yaxshilash, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi;
- tegishli me’yoriy xujjatlar asosida yuqori tekshiruv organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ko‘ra institut moliyaviy-ho‘jalik faoliyatida qo‘yilgan xato va kamchilarni muhokama qilib, chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalarni beradi;
- institut rivojlanishining joriy (yillik) istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini eshitadi;
- oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarining loyihalarini muhokama etadi, institutning malaka oshirish tarmoqlari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
- Kengash, o‘z ishini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq institut tarkibidagi fakultet, bo‘lim va boshqa tuzilma rahbarlarining hisobotini eshitadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruqlari, modemogrammalari hamda institut rektori buyruq-lari asosida belgilangan tartibda kengashga kiritiladigan masalalarni ham ko‘rib chiqadi;
- Kengashning umumiy tartib-qoidalari va vakolatlariga muvofiq kengashning har o‘quv yilida tasdiqlanadigan ish rejasiga kiritilgan boshqa asosiy masalalarni ham ko‘rib chiqadi;
O‘quv va ilmiy ishlarining barcha masalalari bo‘yicha kengashning qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallashga o‘tkaziladigan tanlovlar, professor va dotsent ilmiy unvonlarini berishga taqdimnomalar esa yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Kengash qarorlari, institutning rektori tasdiqlanganidan so‘ng, kuchga kiradi.
Kengashning majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengashning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Kengash raisi, muntazam ravishda, ilmiy kengash qarorlari bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etadi va kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida axborot beradi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 9 dekabr 345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risida”gi va 2007 yil 28 sentyabrdagi TKTI Ilmiy kengashining 1-sonli majlisi qarori bilan tasdiqlangan “TKTI Ilmiy kengashi” nizomlari.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2019-2020 o‘quv yil uchun tasdiqlangan Kengash a’zolari ro‘yxati
№ |
Familiyasi, ismi sharifi va otasining ismi |
Lavozimi |
Ilmiy unvon va ilmiy daraja |
1 |
Usmonov Botir Shukurillaevich - kengash raisi |
Rektor |
Dotsent, tex.fan.nomzodi |
2 |
Yunusov Mirjalil Yusupovich - kengash kotibi |
Kengash kotibi |
Prof., tex.fan., doktori |
3 |
Adilov Ravshan Irkinovich. |
Kafedra mudiri |
Dotsent, tex.fan., doktori |
4 |
Aripdjanov Oybek Yusupdjanovich. |
Kafedra mudiri |
T.f.b.f.d (PhD) |
5 |
Akmalova Go‘zal Yusufovna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, kimyo fan., nomzodi |
6 |
Abduraxmanov Abdusattor Qaxxorovich |
Kafedra mudiri |
Tex.fan., nomzodi |
7 |
Aripova Gulnora Shuxratullaevna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, ped.fan., nomzodi |
8 |
Abduraximova Aziza Urazalievna |
NMKTF dekani |
Dotsent,t.f.b.f.d (PhD) |
9 |
Alimbaev Sabit Axmadovich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, yurid.fan., nomzodi |
10 |
Alimov Iskandar Maxamadalievich |
Ta’lim sifatini boshq., bo‘l.,boshlig‘i |
Tex.fan., nomzodi |
11 |
Abdullaeva Barno Atabekovna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, tex.fan., nomzodi |
12 |
Adilova Shaxnoza Raximovna |
Kafedra mudiri |
F.f.b.f.d (PhD) |
13 |
Aripova Mastura Xikmatovna |
Kafedra mudiri |
Prof., tex.fan., doktori |
14 |
Boltaboev Ulugbek Norboevich |
YovaOBKTF dekani |
Dotsent, t.f.b.f.d (PhD) |
15 |
Buxorov Shuxrat Burievich |
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i |
Dotsent, kimyo.fan., nomzodi |
16 |
Djalilov Abdulaxat Turopovich |
Toshk., kimyo-texn., ilm., tadq., inst., direktori, akademik |
Prof., kimyo fan., doktori |
17 |
Djandullaeva Munavara Saparbaevna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, t.f.b.f.d (PhD) |
18 |
Igitov Farrux Baxtiyarovich |
Kafedra mudiri |
K.f.b.f.d (PhD) |
19 |
Mirzaqulov Xoltura Chorievich |
Pedagog kadr., qayta tayyor., va malak., oshir., tarmoq markazi” direktori |
Prof., tex.fan., doktori |
20 |
Mamatov Sherzod Mashrabjanovich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, tex.fan., doktori |
21 |
Nabiev Abduraxim Abduxamidovich |
Kafedra mudiri |
T.f.b.f.d (PhD) |
22 |
Tavaldieva Gulbaxor Nishanovna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, fil., fan., nomzodi |
23 |
Safarov ToyirTursunovich |
O‘quv ishlari prorektori |
Dotsent, tex.fan., nomzodi |
24 |
Sidiqov Djamshid Tajimatovich |
Ishlar boshqarmasi boshlig‘i |
|
25 |
Sirojov Oybek Ochilovich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, s.f., doktori |
26 |
Safarov Ismoil Ibroximovich |
Kafedra mudiri |
Prof., f.m.f., doktori |
27 |
Safarov Yodgorjon Toyirovich |
Kafedra mudiri |
Katta ilm., xodim, t.f.b.f.d (PhD) |
28 |
Ruziboev Akbarali Tursunboevich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, tex., fan., nomzodi |
29 |
Xamraqulov Gafurdjan |
MKTF dekani |
Prof., kimyo fan., doktori |
30 |
Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixolikovich |
VTSUF dekani |
Prof., b.f., doktori |
31 |
Xudayberdieva Arofat Israilovna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, ped., fan., nomzodi |
32 |
Xandamov Davron Abdikodirovich |
Magistratura bo‘limi boshlig‘i |
Dotsent, kimyo fan., doktori |
33 |
Xakimova Gulnoz Nigmanovna |
Kafedra mudiri |
Dotsent, t.f.b.f.d (PhD) |
34 |
Xamidov Bahodir Tadjidinovich |
Kafedra mudiri |
Tex.,fan., nomzodi |
35 |
Xasanov Xasan Tursunovich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, b.f ., nomzodi |
36 |
Xoliqova Sevara Djasurovna |
Kafedra mudiri |
Dotsent , tex., fan., nomzodi |
37 |
Xolmirzaev Zulfiqor.Jo‘raevich. |
Yunusobod akdemik litsey direktori |
|
38 |
Choriev Abdusattar Juraevich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, tex.,fan., nomzodi |
39 |
Yo‘lchiev Asilbek Baxtiyarbekovich |
OOMTF dekani |
T.f.b.f.d (PhD) |
40 |
Pulatov Xayrulla Lutfullaevich |
Ilmiy ishlar va innovas., bo‘yicha prorektor |
Dotsent, kimyo fan., doktori |
41 |
Shermuxammadov Bahodirjon Shermuhammadovich |
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor |
Ped., fan., doktori |
42 |
Shernaev Anvar Normamatovich |
Kafedra mudiri |
Dotsent, t.f.b.f.d (PhD) |
43 |
Adhamov Azizjon Rustam o‘g‘li |
Yoshlar itti., inst., bosh., tashk., yetakchisi |
Kengash raisi B.Sh.Usmonov