Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 Pochta Virtual qabulxona

Kerakli hujjatlar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Maxsus sirtqi bo‘limga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yonalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda sohada kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yich o‘qishga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar

  • Rektor nomiga ariza (joyida to’ldiriladi);
  • Bakalavr ma’lumoti haqidagi hujjatning asli;
  • 086/U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • Doimiy turar joyidan ma’lumotnoma;
  • 3,5×4,5 sm hajmdagi fotosurat (6 dona);
  • Xalqaro, respublika, shahar bosqichidagi fan olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalarida qo‘lga kiritilgan g‘olibligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  • Pasportining nusxasi;
  • Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatni shaxsan abiturient ko’rsatadi.