Bakalavriat

Mustaqillikka tengdosh Toshkent kimyo-texnologiya instituti(TKTI) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi 203-sonli Farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kimyoviy texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida tashkil topdi. institut o’tgan davr ichida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga 10 mingdan ziyod yuqori malakali muhandis texnologlar, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mingdan ortiq bakalavr va 30 ga yaqin mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlab berdi. Shuningdek, kafedra va ilmiy- tadqiqot laboratoriyalarida bajarilgan katta hajmdagi izlanishlar natijalariga ko’ra 40 dan ortiq fan doktorlari va 138 nafar fan nomzodlari tayyorlandi. Institutda tahsil olgan mutaxassislar respublikamizning hamda ayrim MDH davlatlarining ko’plab hukumat tashkilotlarida va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko’rsatib kelyaptilar. Hozirgi kunda TKTI Respublikamiz oliy talim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli yuqori reyting ko’rsatkichlari bilan oliy o’quv yurtlari orasida munosib etakchi o’rinni egallab turibdi.

 

 TKTIda ta’lim jarayonida yo’lga qo’yilgan bakalavriatura yo’nalishlari ro’yxati:

 

1. 5111019 Kasb ta’limi:
1.1. 5111019 Kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya)
1.2. 5111030 Kasb ta’limi (ozik-ovkat texnologiyasi)
2. 5230200 Menejment (tarmoklar va soxalar bo’yicha)
3. 5320300 Texnologik mashina va jixozlar (tarmoklar bo’yicha)
3.1. 5320300 Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonalari mashina va apparatlari
3.2. 5320300 Ozik-ovqat sanoati mashina va jixozlari
3.3. 5320300 Yog’ochsozlik texnologiyasi va yog’ochshunoslik
3.4. 5320300 Tsellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari
4. 5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqaruv (tarmoklar bo’yicha)
5. 5320400 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)
5.1. 5320400 Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)
5.2. 5320400 Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)
5.3. 5320400 Yukori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi
5.4. 5320400 Kauchuk va rezina kimyoviy texnologiyasi
5.5. 5320400 Qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi
5.6. 5320400 Kimyoviy materiallar qarshiligi va korroziyadan saqlash
6. 5321300 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
7. 5320500 Biotexnologiya (tarmoqlar bo’yicha)
8. 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti(tarmoklar bo’yicha)
9. 5321000 Ozik-ovqat texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo’yicha)
9.1. 5321000 Ozik-ovkat  maxsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (maxsulot turalari bo’yicha
9.2. 5321000 Ozik-ovkat xavfsizligi
10. 5640100 Xayot faoliyati xavfsizligi
11. 5630100 Ekologiya va atrof muxit muxofazasi (tarmoklar bo’yicha)